Buxoro davlat universiteti


I-Bob. ADABIYOTLAR TAHLILI



Yüklə 337,03 Kb.
səhifə16/47
tarix02.01.2022
ölçüsü337,03 Kb.
#44807
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
(boshlang’ich tayyorgarlik qisqa masofaga yugurishda musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirish

I-Bob. ADABIYOTLAR TAHLILI
1.1. QISQA MASOFALARGA YUGURISHNING RIVOJLANISHI
Qisqa masofaga yugurish (sprint) – maksimal intensivlikda qisqa vaqt davomiyligida ish bajarish bilan tavsiflanadi. Qisqa masofalarga yugurishda 60, 100, 200 va 400 metr masofalar belgilanadi. Angliya, AQSh, Avstraliya va boshqa bir qator mamlakatlarda qisqa masofalarga yugurish bo’yicha sprint musobaqalari 100, 220 va 440 yard masofa bo’yicha o’tkazilib, bu masofalar mos ravishda 91,44, 201,17 va 402,34 metr masofaga to’g’ri keladi.

Qisqa masofalarga yugurish tarixi Qadimda Olimpia o’yinlari tashkil qilinishi tarixi bilan bog’liq hisoblanadi (eramizgacha 776 yilgacha). Bu davrda ikkita masofaga yugurish musobaqalaridan foydalanish ommalashgan – jumladan, bitta bosqichli (192,27 metr) va ikki bosqichli yugurish musobaqalari qo’llanilgan. Yugurish musobaqalari alohida yugurish yo’laklari bo’ylab amalga oshirilib, start chizig’idan marra chizig’igacha belgilangan va bunda yo’laklar tanlanishi ishtirokchilar uchun qur’a tashlash yo’li bilan hal qilingan. Yugurish maxsus buyruq asosida boshlangan. Belgilangan vaqtdan oldin yugurishni boshlagan atletlar xivchin bilan savalangan yoki pul mablag’i qiymatida jarima to’lagan. Ayollar uchun Olimpia o’yinlari alohida tartibda o’tkazilgan. Ular uchun yugurish bitta tur bo’yicha – ya’ni, stadionining 5/6 qismiga teng bo’lgan (160,22 metr) yugurish masofasida belgilangan.

Ko’pgina yengil atletika sport turlari kabi sprinter yugurish sport turi XIX asrda paydo bo’lgan. Zamonaviy Birinchi Olimpia o’yinlari 1896 yilda Grestiyada Afina shahri stadionida o’tkazilgan. Bu musobaqalarda sprinter yugurish erkaklar o’rtasida ikkita masofada – ya’ni, 100 metr va 400 metr masofalar bo’yicha belgilangan. Bunda har ikkala masofa bo’yicha yugurish musoqabalarida AQShlik sportchi – T.Berk g’alabani qo’lga kiritgan (uning ko’rsatgan natijasi mos holatda – 12,0 va 54,2 sm ni tashkil qilgan). II Olimpia o’yinlarida (Parij shahri, 1900 yil) musobaqalar tarkibiga yana ikkita sprinterlik yugurish masofalari kiritilgan, ya’ni – 60 va 200 metr. Bu musobaqalarda barcha sprinterlik yugurish masofalarida AQShlik sportchilar birinchilikni qo’lga kiritishgan (60 metr masofada – Krenstleyn (7,0 s); 100 metr masofada – F.Djarvis (11,0 s); 200 metr masofada – D.Tyuksberi (22,2 s); 400 metr masofada – M.Long (49,4 s) g’oliblikni qo’lga kiritgan). IV Olimpia o’yinlarida (London shahri, 1908 yil) 60 metrlik yugurish musobaqalarini dastur tarkibiga kiritish to’xtatilgan. Bu musobaqalar yo’nalishida Berlin shahrida o’tkazilgan XI Olimpia o’yinlari g’olibi (1936 yil) – sprinter D.Ouen sezilarli yuqori natijalarni qo’lga kiritgan, uning qayd etgan natijasi 100 va 200 metr masofada mos holatda – 10,3 va 20,7 s ni tashkil qiladi. U tomonidan o’rnatilgan 100 metr masofaga yugurish bo’yicha dunyo rekordi (10,2 s) 20 yil davomida o’zgarmasdan qolgan.

XXVIII Olimpia o’yinlarida (Afina shahri, 2004 yil) qisqa masofalarga yugurish musobaqalarida 100 metr masofaga yugurishda – D.Getlin (AQSh) tomonidan – 9,85 s; 200 metrga yugurishda – Sh.Krouford (AQSh) tomonidan – 19,72 s; 400 metr masofaga – D.Uoriner (AQSh) tomonidan – 44,00 s natijalar qayd qilingan. Qisqa masofalarga yugurish bo’yicha musobaqalarda Amerikalik sportchilarning ustunlik qilishiga qaramasdan, 1960 yilda qisqa masofaga yugurish bo’yicha (100 metr) Germaniyalik A.Xari tomonidan 10,0 s natija qayd qilingan, shuningdek 1966 yilda 200 metr masofaga yugurishda T.Smit (AQSh) tomonidan 20,0 s natija qayd qilingan. 400 metr masofaga yugurishda 1968 yilda L.Evans tomonidan birinchi marta 44,0 s natija qayd qilingan. Hozirgi vaqtda sprint bo’yicha dunyo rekordi 100 – 200 metr masofalarga yugurishda Useyn Boltga (Yamayka, 2009 yil) tegishli bo’lib, 9,58 s va 19,19 s ga teng natijalarni qayd qilgan bo’lsa. 400 metr masofaga yugurish M.Djonsonga (AQSh, 1999 yil) tegishli bo’lib, 43,18 s natija qayd qilingan.

Ayol sportchilar Olimpia o’yinlarida qisqa masofalarga yugurish musobaqalari bo’yicha birinchi marta 1928 yilda (IX Olimpia o’yinlari, Amstyerdam shahri) ishtirok etishi qayd qilinadi. Bu musobaqalarda ayollar o’rtasida 100 metr masofaga yugurish bo’yicha bellashuv tashkil qilingan.

Bu sport turi bo’yicha g’olib sifatida AQShlik E.Robinson g’oliblikni qo’lga kiritgan va u tomonidan 12,2 s natija qayd qilingan. Ayollar o’rtasida 200 metr masofaga yugurish musobaqalari XIV Olimpia o’yinlari musobaqalari tarkibiga kiritilgan (London shahri, 1948 yil). Bu musobaqalarda 100 va 200 metrlik sprinter masofalarga yugurish bo’yicha Gollandiyalik F.Blan – Kers – Koen g’oliblikni qo’lga kiritgan va uning qayd qilgan natijasi 100 metrda 11,9 s, va 200 metrda 24,4 s ga teng hisoblanadi. 400 metr masofaga yugurish bo’yicha musobaqalarda ayollar o’rtasidagi medallar faqat XVIII Olimpia o’yinlarida qayd qilingan (Tokio shahri, 1964 yil). Bu musobaqalarda ushbu sport turi bo’yicha Avstraliyalik B.Katbert (52,0 s) g’olib sifatida tan olingan. Qisqa masofalarga yugurish bo’yicha sportda yorqin iz qoldirgan sportchilar – bu S.Valasevich (Polsha, 1935 yil, 200 metr 23,6 s); V. Rudolf (AQSh, 1960 yil, 11,2 va 22,8 s); V.Tayes (AQSh, 1968 yil, 100 metr 11,0 s); I.Shevinska (Polsha, 1974 yil, 200 va 400 metr, 22,5 va 49,3 s); M.Kox (Sobiq Germaniya Demokratik respublikasi, 1985 yil, 200 va 400 metr, 21,71 va 47,60 s) kabilardan tashkil topgan. XXVIII Olimpia o’yinlari (Afina shahri, 2004 yil) g’oliblari sifatida 100 metr masofada ayollar o’rtasida – Yu.Nesterenko 10,93 s (Belorussiya respublikasi); 200 metr masofada – V.Kempbell 22,05 s (Yamayka); 400 metr masofada – T.Uilyame – Darling 49,41 s (Bagam orollari) kabilar shohsupadan o’rin egallashgan.

Hozirgi vaqtda qisqa masofalarga yugurish bo’yicha ayollar o’rtasida dunyo rekordi 100 va 200 metr masofalar bo’yicha AQShlik Florens Griffit – Djoyner (1988 yil, 10,49 va 21,34 s), 400 metr masofa bo’yicha Sobiq Germaniya Demokratik respublikasidan Marita Kox (1985 yil, 47,60 s) kabilarga tegishli hisoblanadi.


Yüklə 337,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin