Buxoro davlat universiteti



Yüklə 337,03 Kb.
səhifə23/47
tarix02.01.2022
ölçüsü337,03 Kb.
#44807
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
(boshlang’ich tayyorgarlik qisqa masofaga yugurishda musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirish

Masofa bo’ylab yugurish. Masofa bo’ylab yugurishad gavdani egiltirish vertikalga nisbatan taxminan 10-15o ni tashkil etadi. Yugurishda egilish o’zgaradi: itarilishda yelkalar bir oz orqaga olinadi, shu orqali egilish kamayadi, uchish fazasida egilish ortadi. Oyoq kaftlari deyarli bir chiziq bo’ylab qo’yiladi.Oqyo kaftining oldingi qismidan boshlab oyoq tos-son bo’g’imi nuqtasi proeksiyasidan to oyoq kaftining distal nuqtasigacha 33-43 sm masofada yerga yumshoq qo’yiladi. Amortizasiya fazasida tos-son va tizza bo’g’imlaridan bukilish va boldir-kaft bo’g’imidan yozilish sodir bo’ladi, bunda malakali sportchilarda butun oyoq kaftiga to’liq tushish kuzatilmaydi. Tizza bo’g’imidan bukilish burchagi eng katta amortizasiya lahzasida 140-148o ga yetadi. Itarilish fazasida yuguruvchi qadam tashlaydigan oyoqni oldinga-yuqoriga chiqaradi, bunda itarildadigan oyoqni tekislash qadam tashlaydigan oyoq soni yetarlicha yuqori ko’tarilgan va uning tormozlanishi boshlanayotgan paytda sodir bo’ladi. Itarilish tayanch oyoqni yozish bilan tugallanadi. Ko’z bilan kuzatganda shuni ko’ramizki, oyoqni tayanchdan uzish oyoq tekislanganda amalga oshiriladi, lekin sekinlashtirilgan tezlik bilan kinotasvirga tushirilgan kadrlarni ko’rayotganda shu narsa ko’zga tashlanadiki, oyoq yerdan uzilgan paytda tizza bo’g’imining bukilish burchagi 162-173o ga etadi, ya’ni yerdan uzilish tekislangan emas, balki bukilgan oyoqda sodir bo’ladi. Bu qisqa masofalarda yugurishda yugurish tezligi ancha yuqori bo’lgan paytda kuzatiladi.Uchish fazasida sonlarning faol, o’ta tez birlashtirilishi sodir bo’ladi.Itarilishdan so’ng oyoq inersiyaga ko’ra birmuncha orqaga-yuqoriga harakatlanadi, qadam tashlaydigan oyoq sonini tez chiqarish boldir-kaft bo’g’imini dumbaga yaqinlashgan holda oldinga harakat qilishga majbur qiladi. Qadam tashlaydigan oyoq soni oldinga chiqarilgandan so’ng boldir oldinga-pastga harakatlanadi va oyoq zagrebayushiy harakat bilan oyoq kaftining oldingi qismiga egiluvchan tarzda qo’yiladi. Tekis masofa bo’ylab sprinterlik yugurishda oyoq kaftlari to’g’riga-oldinga qo’yiladi, oyoq kaftlarini tashqariga ortiqcha burib yuborish itarilishni yomonlashtiradi. Yugurishda o’ng va chap oyoqlar bilan qadam tashlashlar uzunligi har doim ham bir xil emas. Maksimalga nisbatan kamroq tezlik bilan yugurishda – bu muhim emas. Sprintda esa, aksincha, bir xil uzunlikda qadam tashlashga erishish juda muhim. Shuningdek, bir maromda va ravon tezlik bilan yugurish katta ahamiyatga ega.

Sprinterlik yugurishda qo’llarning harakatlari ancha tez va chaqqonroqdir. Qo’llar tirsak bo’g’imidan taxminan 90o burchak ostida bukilgan. Panjalar ortiqcha zo’riqishsiz erkin musht qilingan. Qo’llar oyoqlarga nisbatan qarama-qarshi harakatlanadi: oldinga harakatlanganda – qo’l birmuncha ichkariga harakat qiladi, orqaga harakatlanganda – bir oz tashqariga harakatlanadi. Qo’llarni yon tomonlarga qaratib harakatlarni bajarish tavsiya qilinmaydi, chunki bu gavdaning silkinib ketishiga olib keladi. Qo’llar bilan chaqqon harakatlar elkalarning ko’tarilishini va bukchayishini keltirib chiqarmasligi kerak – bu ortiqcha zo’riqishning birinchi alomatlaridir. Yugurishda harakatlarning qisinib bajarilishi, yugurish texnikasidagi xatolar yuguruvchining ayni paytda ishda qatnashayotgan mushaklar guruhini bo’shashtira olmasligidan dalolat beradi.Yengil, erkin, ortiqcha harakatlarsiz va zo’riqishlarsiz yugurishni o’rganib olish zarur. Qo’llar va oyoqlar bilan harakatlanish bir-biriga o’zaro bog’liq va ba’zan yuguruvchi yugurish tezligini saqlab qolish maqadida qo’llari bilan tezroq va faolroq ishlashi yetarli bo’ladi.




Yüklə 337,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin