1.3. QISQA MASOFAGA YUGURISH TEXNIKASINI
O’RGATISH USLUBIYOTI
Qisqa masofaga yugurish texnikasini o’rgatish uslubiyotini o’rta masofaga va kross yugurishdan bir necha mashg’ulot o’tkazilgandan so’ng boshlansa maqsadga muvofiq bo’ladi.
1 – vazifa: Shug’ullanuvchilarni yugurishning xususiyatlari bilan tanishtirish.
Vositalari:
1. O’rtacha tezlikda 60-80 m ga qayta-qayta yugurish.
2. Shug’ullanuvchilar bilan yugurish texnikasi to’g’risidagi tushunchani aniqlash maqsadida suhbat o’tkazish.
3. Musobaqa o’tkazish joyi va uning qoidalari bilan tanishtirish.
4. Ko’rgazmali qurollardan foydalanib, uning texnikasini tushuntirish.
5. Maxsus mashqlarni ko’rsatish va tasavvur hosil qilish. Uslubiy ko’rsatmalar. Yugurish mashqlarini o’rgatishda shug’ullanuvchilarga bajarib ko’rishga imkoniyat yaratish zarur.
Dostları ilə paylaş: |