Uslubiy ko’rsatmalar: Tirsaklar orqaga chaqqon va oxirigacha harakatga qo’yiladi, bunda yelka va bo’yin kuchlanmasligi zarur.
5 – vazifa: Yuqori start va start tezlanishi texnikasiga o’rgatish.
Vositalari:
1. Ko’rsatish va tushuntirish.
2. «Startga» komandasini bajarish.
3. «Diqqat» komandasini bajarish.
4. Yugurishni mustaqil ravishda signalsiz bajarish.
5. Yugurish signal bilan bajarilib, start tezlanishi ko’proq engashgan holda va sonni oldinga-yuqoriga chaqqon ko’tarish bilan.
6. Yugurishni signalsiz, gavdani ko’p engashtirgan holda boshlash.
Dostları ilə paylaş: |