Musobaqalarda qatnashishda Yengil atletika mashg`ulotlari
Reja:
1. So`g`lomlashtiruvch yugurishni inson organizmi uchun tutgan o`rni. 2.Sog‘lomlashtiruvchi yugurishda yuklama 3.Chidamlilik qobilyati va uni tarbiyalash uslubiyati 4.Sog‘lomlashtiruvchi yugurish turi bilan shug‘ullantirishmashg‘ulotlarini bosqichlari 5. Mashqlar me'yorining inson organizmiga ta'siri
KIRISH O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng jismoniy tarbiya va sportga katta e'tibor berilmoqda. Respublikamiz sportchilari Osiyo hamda Jahon miqyosidagi musobaqalarda yuqori natijalarga erishib, mustaqil O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ini yuqori ko‘tarishmokda. Respublikada sportning bu darajaga ko‘tarilishida Prezidentimiz I.A.Karimovning hissasi kattadir.
Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bulardan ilk bor joriy eilgan 1992 yil 14 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonuni, 1993 yil 4 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘lom avlod uchun» ordenini ta'sis qilish to‘g‘risidagi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Sog‘lom avlod uchun» ordenini topshirish marosimida so‘zlagan nutqi, 2004 yil 24 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Perzidentining «O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida»gi Farmoni, 2002 yil 31 oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida»gi karori xamda “Xotin-qizlar sportini rivojlantirish “to‘g‘risidagi farmonlari hamda 2015 yil 5-sentabrda yangi taxrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi” qonunlari fikrimiz dalilidir
Haqiqatan ham, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi murakkab ijitmoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi, ular turli jins va yoshdagi odamlarda ma'naviy va hayotiy asoslarning o‘zgarishini taqozo etadi. Bu odamlar fan va texnikaning ulkan yutuqlari sharoitida yashab, uning kamchiliklarini - “taraqqiyot kasalliklari” hisoblangan yurak-qon tomir va endokrin xastaliklarini o‘z boshlaridan kechiradilar. Ularni davolashdagi ob'ektiv qiyinchiliklar ular bilan kurashni davlat ahamiyatiga molik masalaga aylantirdi.
Tibbiyot bemorlarni davolaydi. Shifokorlarga ularning olijanob mehnati uchun shon-sharaflar bo‘lsin. Lekin xalq bekorga “Odam bo‘lsa bo‘ldi, kasallik topiladi” demaydi. Kasallikni esa davolashdan ko‘ra oldini olish osonroq. Shunga ko‘ra qadim zamonlardayoq ma'lum bo‘lgan haqiqatlarga murojaat qilsak arziydi.
Salomatlikni saqlab qolish va mustahkamlash uchun jadal jismoniy faoliyatning ekvivalenti (tengi) yo‘q. Hyech qanday dori-darmonlar jismoniy mashqlar kabi, xususan, yugurishdan olinadigan samarani bermaydi. Sog‘lomlashtiruvchi yugurish bu salomatlikni saqlash va mustahkamlashning eng oddiy usuli bo‘lib, eng samarali vosita-laridan biridir. Yugurishning alohida qimmati shundaki, yugurish bilan turli yoshdagi, jismoniy tayyorgarligi turlicha bo‘lgan kishilar shug‘ullana oladilar. Yugurish jarayonida organizmning hayoti uchun zarur barcha tizimlar yurak qon-tomir tizimi, nafas olish organlari ish faoliyati faollashadi. Alohida imkoniyatlardan kelib chiqib, yuklamani oson o‘lchab berish mumkin. U harakat-lanishning tabbiy, odatiy usuli bo‘lib, har qanday ob-havo sharoitida, har xil vaqtda amalga oshirilishi mumkin.
Darhaqiqat, bugungi jamiyat sharoitida aholining salomatligini, mustah-kamlash muammosi birinchi darajali masalalar orasidan o‘rin olgan.
Insonning harakat faolligi va uning hayot tetikligini saqlashdagi biologik ahamiyati sog‘lomlashtiruvchi yugurish mashg‘ulotlarining shakl va usullariga bog`liq bo`lib sog‘lomlashtiruvchi yugurish bilan shug‘ullanishda mashg‘ulotni tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari bordir.
Hozirgi kunda xalqaro sport olamida natijalar keskin o‘sib bormoqda. Sport mashg‘ulotlari va musobaqalarda bajariladigan yuklamalarning hajmi va shiddati sportchining funksional imkoniyatlari chegarasida amalga oshiriladi. Shuning uchun sportchilarni jarohatlab qo‘yish va zo‘riqishlardan asrash maqsadida yuklamalarni individual fiziologik imkoniyatlar darajasiga mos qilib berish lozim.
Millatimiz kelajagi bo‘lmish yosh avlodning jismoniy, aqliy va ma'naviy salohiyatini rivojlantirish Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq faravonligi yo`lidagi jamiyatimizning olijanob asosiy maksadidir.
Maktabda o‘quvchi yoshlarni ommaviy sog‘lomlashtiruvchi yugurish turlariga va o‘quv-mashg‘ulotlari va jismoniy tarbiya darslari jarayonini shakllantirish, ularning asosiy jismoniy sifatlarini tarbiyalash va sog`ligini mustaxkamlash kabi vazifalarni qo`yishdan iboratdir.