Musobaqalarda qatnashishda Yengil atletika mashg`ulotlari
5. Mashqlar me'yorining inson organizmiga ta'siri Xar kanday jismoniy mashqni bajarish tanani ancha yuqori darajadagi funksional faollikka o‘tkazish bilan bogliq. Shunday qilib, «mashg‘ulot yuklamasi» tananing ko‘shimcha faolligini anglatadi.
Tananing ortiqcha faolligi ma'lum miqdorda kuch sarfini talab etadi (bu kuchning kattaligi yuk kattaligiga bog‘lik), bu ma'lum bir vaqtdan keyin charchashga olib keladi va tiklanishga zarurat seziladi.
Mashg‘ulot yuklamasi kuch sarfi va charchashga olib kelish bilan birga tiklanish jarayonlarini qo‘llaydi, ular faqat to‘la tiklanish bilangina emas, balki ish qobiliyatini submaksimal va maksimal yuklamalarda to‘la tiklanishini (superkompensatsiya) ta'minlaydi.
Qo‘yidagi yuklamalar farqlanadi:
- mashq (o‘stiruvchi) - bu sportchi tanasida tarkibiy xususiyatga ega anchagina ijobiy o‘zgarishlarni ta'minlaydi.
- barkarorlashtiruvchi - bu erishilgan moslashish xolatini mustaxkamlaydi.
Shu bilan birga, «mashg‘ulot yuklamasi» tushunchasi mashqning sportchi tanasiga ta'siri darajasi sifatida, birinchi navbatda, bu ta'sirning miqdoriy darajasini belgilaydi. Kam, o‘rtacha, ma'lum darajadagi va yuqori yuklamalarni farqlash zarur.
Yuklamaning turlari va xususiyatlari. Sport amaliyotida qo‘llanilayotgan yuklamalar o‘z xususiyatiga ko‘ra mashq va musobaqa, odatdagi (ma'lum sport ixtisosligi uchun) va noodatiy turlarga bo‘linadi, o‘stiruvchi ta'sir yunalishi bo‘yicha kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik va ularning aralashmasini rivojlantirishga xizmat qiladi, ruxiy tanglik bo‘yicha ko‘p yoki kam ruxiy taranglikni talab qiluvchi, sportchi tanasiga ta'sir darajasi buyicha kichik, o‘rta, sezilarli, katta yuklamarga taqsimlanadi.
Yuklamaning tashqi tomoni - bu mashqlar bajarish davomiyligi, mashg‘ulot mashqlarini takrorlash miqdori, xarakat tezligi, sur'ati, tashilayotgan og‘irlik kattaligi va x.k.
Yuklamaning tashqi ko‘rsatkichlari - murabbiy va sportchini yunaltiradi, mashq jarayoni ayrim mashg‘ulotlar va mashq vazifalarini miqdoriy o‘lchamlarini belgilaydi. Mashq ishlarini rejalashtirish va xisobga olishda ulardan foydalaniladi.
Yuklamaning tashqi va ichki tomonlariga tegishli ko‘rsatkichlarni shartli ravishda farqlash qabul qilingan.
Yuklamaning ichki tomoni - bu tana funksiyasi imkoniyatlarini jalb etish darajasi ( nafas olish xajmi, qon bosimi va boshqa qo‘rsatkichlar).
Yuklamaning ichki ko‘rsatkichlari - (tana funksiyasi siljishlari ko‘rsatkichlari) mashq yuklamalarining maqsadga muvofik xajmini, mashq yuki ta'siri ostida sportchi tanasidagi siljishlar dinamikasini xaqqoniy baxolashga imkon beradi.