Buxoro davlat universiteti



Yüklə 44,54 Kb.
səhifə1/3
tarix06.06.2020
ölçüsü44,54 Kb.
#31575
  1   2   3
Imomova Kibriyo kurs ishi Mo'M

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

Maktabgacha va boshlangich talim fakulteti



Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi

Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish yo’nalishi 3-kurs talabasi



Imomova Kibriyoning

“Matematika o’qitish metodikasi” fanidan

KURS ISHI

MAVZU: “Boshlang’ich sinflarda matematik tushunchalarni umumlashtirish uslublari”

Ilmiy rahbar: Rustamova G

Mavzu. Boshlang’ich sinflarda matematik tushunchalarni umumlashtirish uslublari

REJA:

KIRISh


1-BOB. Boshlang’ich sinflarda matematik tushunchalarni umumlashtirishning ilmiy – nazariy asoslari 1.1. Boshlang’ich sinflarda matematik tushuncha haqida

1.2. Boshlang’ich sinflarda matematik tushunchalarni umumlashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari 1.3. O‘quvchilarning matematikadan o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini o‘rganish 1.4. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining matematikadan uslubiy tayyorgarligi

II-BOB. Boshlang’ich sinflarda matematik tushunchalarni o’rganish metodikasining usullari va shart-sharoitlari 2.1. Boshlang’ich sinflarda algebra elementlarini umumlashtirish metodikasi 2.2. Boshlang’ich sinflarda matematik tushunchalarni shakllantirish

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH


Keyingi 20 yil mobaynida mamlakatimiz talimida, xususan o’rta maktabda matematika o’qitish ayniqsa, boshlang’ich ta’lim tizimida o’z ko’lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo’lgan o’zgarishlarni amalga oshirildi va oshirmoqda. Ayniqsa, respublikamizning mustaqilligidan keyin, Ta”lim to’g’risidagi Qonun va boshqa farmonlarning chiqarilishi buning yaqqol isbotidir. Masalan, 1997 yil 27 avgustdagi "Ta’lim to’g’risida"gi Qonunning 12 - moddasi I-IV sinflarni o’qitishga bag’ishlangan. 1997 yil 6 oktyabrdagi "O’zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning 3.3.1 bandi uzluksiz ta’limni rivojlantirishda I-IV sinflarda o’qitishni tashkil qilishning rejalari ko’rsatilgan. Ayniqsa, “Barkamol avlod yili” davlat dasturi to’g’risidagi Qarorida “o’qitishning sifatini oshirish, DTS, o’quv dasturlari va o’quvuslubiy adabiyotlarni takomillashtrish bilan birga, ta’lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida zamonaviy turdagi o’quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash ... samarali tizimini yanada rivojlantirish choratadbirlarini amalga oshirish” muhim vazifalarimizdan ekanligi alohida ta’kidlangan. Maktab oldiga prinsipial yangi maqsadlarning qo’yilishi matematika o’qitish mazmunining tubdan o’zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlangich kursi mazmunida ham, darslik va qo’llanmalar uni o’qitish metodikasida ham kattagina o’zgarishlar qiladi. Hozirgi ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun talablari B.S.MO’Mga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qo’ymaydi, balki muhim o’zgarishlar talab etib, har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi oldida ulkan vazifa qo’yadi. Boshlang’ich sinf uchun darslik va o’quv qo’llanmalari (K.Qosimova, R.A. Mavlonova, L.Sh. Levenberg), o’qituvchilar uchun qo’llanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.Sh.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o’quvchilar uchun, tajriba-sinov qo’llanmalari (M.Ahmedov, N. Abduraxmonova, R.Ibragimov, Yu.M. Kolyagin, P.M. Erdniyev) mualliflari mashqlar to’plami (o’quv materiallari) orqali boshlang’ich maktab o’quvchilarining algebrik bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to’xtalib o’tishgan. Didaktika va ta’lim metodikasining xususiy masalalariga bag’ishlangan ishlarda (P.M.Erdniyev, N.U.Bikbayeva, L.Sh. Levenberg, R.A. Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) bu muammo umumiy holatda ko’zda tutiladi, biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan. Shuningdek, boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan matematik tushunchalarni o’rgatish vositasi sifatida ta’lim texnologiyasi, mustaqil ishlash, o’yin elementlaridan foydalanish masalalari yetarli darajada o’rganilmagan. Boshlang’ich ta’lim nazariyasida kichik yoshdagi o’quvchilarning mustaqil bilish faoliyatining mohiyati va uni tashkil etish uslubiyati mustaqil ishlash texnologiyasining ilmiy asoslash bilan birga “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi”ni ma’lum darajada takomillashtirib borishni hisobga olib, malakaviy bitiruv ishimizning mavzusini “Boshlang’ich sinflarda matematik tushunchlarni shakllantirish metodikasi” deb nomladik. Tadqiqot ob’ekti Boshlang’ich sinflarda matematik tushunchalarni o’qitish jarayoni. Tadqiqotning predmetini Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan matematik tushunchalarni o’qitilishini bir tizimiga keltirishni tashkil etadi. Tadqiqot maqsadi. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan matematik tushunchalarni o’rgatishda bolalar tasavvurini kengaytirishning nazariy asoslarini aniqlab, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqot farazi – Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan matematik tushunchalarni o’rgatishda o’quvchilarning fikrlash qobiliyati mustahkamlanadi, agar: - amallar bajarishga doir tasavvur komponentlari alohida-alohida tuzilib, matematikadan mashg’ulotlar jarayonida ularning uzviy aloqalari ta’minlansa; - tushunchalarni o’rgatish mashg’ulotlari subekti sifatida boshlang’ich sinf o’quvchilarining tafakkuri rivojlanishi ta’minlana borilsa; Qo’yilgan maqsad va farazlarga asoslanib, tadqiqotning vazifalari: 1. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan matematik tushunchalarni o’rganish faoliyati shakllanganligining mohiyati va bosqichlarini tashxis qilish; 2.Matematika kursi materialida boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan matematik tushunchalarni o’rgatish mazmuni va o’rgatish jarayonining texnologik shart-sharoitlarini aniqlash. Tadqiqotning nazariy va metodologik asosi sifatida ta’lim va boshqaruv sohasidagi shaxs nazariyasi, o’qitish metodikasi faoliyati, psixologik va pedagogik qonuniyatlari va yondashuvlar, umuminsoniy qadriyatlarga tayandik. Ishning metodologik asosini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning barkamol shaxsni tarbiyalash haqidagi dasturiy fikrlari tashkil etadi. Tadqiqot bosqichlari: Muammoni tadqiq etish quyidagi tartibda amalga oshirildi: Birinchidan tadqiqotning dastlabki ilmiy farazi ifodalandi. Bitiruv ishiga mavzusiga doir adabiyotlar o’rganildi. Tadqiqot mazmuni, mohiyati, mashg’ulotlar, taxminlar ishlab chiqilib, keng ko’lamli tekshirish ishlari olib borildi. Ikkinchidan tajriba va nazorat guruhlaridagi o’quvchilarda algebrik tasavvurni hosil qilish faoliyatini shakllantirishga qaratilgan tajriba-tadqiqot ishlari tashkil etildi. Tadqiqot metodlari mavzuga oid adabiyotlarni o’rganishga asoslangan nazariy va tarixiy tahlillar; tajribalar, kuzatishlar, anketa so’rovlarini uyushtirish, suhbatlar Respublika foydalanilayotgan o’quv qo’llanmalari, darsliklarini didaktik tahlil qilish, algebra elementlari o’rgatishga doir ishlanmalarini yozish va sinab ko’rish va h.k lardan foydalanildi. Malakaviy bitiruv ishi maktab metod birlashma seminarlarida ma’ruza qilindi, ochiq darslar tashkil etilganligi bilan ishonchilik darajasi tasdiqlandi. Malakaviy bitiruv ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



1-BOB. Boshlang’ich sinflarda matematik tushunchalarni umumlashtirishning ilmiy – nazariy asoslari

1.1. Boshlang’ich sinflarda matematik tushuncha haqida Har qanday matematik ob’yekt ma’lum xossalarga ega. Masalan: kvadrat to'rtta tomon to'rtta to'gri burchak, teng diogonallarga ega. Kvadratning boshqa xossalarini ham ko'rsatish mumkin. Ob’ektning xossalari orasida uni boshqa ob’yektlardan ajratish uchun muhim va muhim bo'lmagan xossalari farq qilinadi. Agar xossa ob’yekt uchun o'ziga xos va bu xossasiz ob’yektning mavjud bo'lishi mumkin bo'lmasa, bu xossa ob’yekt uchun muhim xossa hisoblanadi. Muhim bo'lmagan xossa – bu shunday xossalarki ularning bo’lmasligi ob’yektning mavjud bo'lishiga ta’sir etmaydi. Masalan: kvadratning yuqorida aytib o'tilgan xossalari muhim xossalardir, «ABCD kvadratning AD tomoni gorizontal holatda» xossa muhim xossa emas. Shuning uchun berilgan ob’yekt nimani anglatishini tushunib olish uchun uning muhim xossalarini bilish yetarli. Bunday holda bu ob’yekt haqida «tushuncha mavjud» deyishadi. Ob’yektning barcha o'zaro bog’langan muhim xossalari to'plami bu ob’yekt haqidagi tushunchalar mazmuni deyiladi. Umuman tushunchaning hajmi – bu aynan bir termin bilan belgilanuvchi barcha ob’yektlar majmuidir. Shunday qilib har qanday tushuncha termin, hajm va mazmun bilan xarakterlanadi. Tushunchaning hajmi va uning mazmuni orasida bog’lanish mavjud: tushunchaning hajmi qancha «katta» bo'lsa, uning mazmuni shuncha «kichik» bo'ladi va aksincha. Masalan: «to'g’ri burchakli uchburchak» tushunchasining hajmi «uchburchak» tushunchasining hajmidan «kichik», chunki birinchi tushunchaning hajmiga hamma uchburchaklar kiravermaydi, faqat unga to'g’ri burchakli uchburchaklar kiradi. Biroq birinchi tushunchaning mazmuni ikkinchi tushunchaning mazmunidan «katta»: to'g’ri burchakli uchburchak faqat barcha uchburchaklarning xossalarigagina ega bo'lib qolmay, balki faqat to'g’ri burchakli uchburchaklarga xos bo'lgan boshqa xossalarga ham ega. Ob’yektni bilish uchun yetarli bo'lgan uning bu muhim xossalarini ko'rsatish ob’yekt haqidagi tushunchaning ta’rifi deyiladi. Umuman, ta’rif –bu tushunchaning mazmunini ochuvchi logik (mantiqiy) opyerasiyadir. Tushunchani ta’riflash usullari turlichadir. Dastlab oshkor va oshkormas ta’riflar farqlanadi. Oshkormas ta’rif tenglik, ikki tushunchaning mos kelishlik shakliga ega. Masalan, to'g’ri burchakli uchburchak – bu to'g’ri burchagi bo'lgan uchburchakdir. Agar «to'g’ri burchakli uchburchak» tushunchasini a bilan, «to'g’ri burchagi bo'lgan uchburchak» tushunchasini b bilan belgilasak, u holda to'g’ri burchakli uchburchakka berilgan maskur ta’rifning sxemasi quyidagicha bo'ladi: «a, b ning o'zi». Oshkormas ta’rif ikki tushunchaning mos kelishlik shakliga ega emas. Bunday ta’riflarga kontekstual va ostensiv ta’rif deb ataluvchi ta’riflar misol bo'la oladi. Kontekstual ta’riflarda yangi tushunchaning mazmuni kiritilayotgan tushunchaning ma’nosini ifodalovchi tekst parchasi orqali, konteks orqali, konkret vaziyatning analizi orqali ochib beriladi. Kontekstual ta’rifga II – sinf uchun sinov darslarida keltirilgan tenglama va uning yechimi ta’rifi misol bo'la oladi. Bu yerda 3+x=9 yozuvi hamda sanab o'tilgan 2, 3, 6 va 7 sonlardan keyin matin keladi, «x – topilishi kerak bo'lgan noma’lum son. Tyenglik to'g’ri bo'lishi uchun bu sonlardan qaysi birini x ning o'rniga qo’yish kerak. Bu 6 sonidir». Bu tekstdan tenglama – topilishi kerak bo'lgan noma’lum son qatnashgan tenglik ekanligi, tenglamani yechish esa – x ning Ta’riflanuvchi tushincha

Jins jihatdan tushincha

Tur jihatdan farq

tenglamaga qo’yganda to'g’ri tenglik hosil bo'ladigan qiymatini topish ekanligi kelib chikadi. Ostensiv ta’riflar ob’yektlarni namoyish qilish yo'li bilan terminlarni keltirib chiqarish uchun ishlatiladi, bunda ob’yektlar mana shu terminlar bilan belgilanadi. Shuning uchun ostensiv ta’riflar yana ko'rsatish yo'li bilan ta’riflanadigan ta’riflar deb ham ataladi. Masalan: boshlang’ich maktabda tenglik va tengsizlik tushunchalari mana shunday usul bilan ta’riflanadi 2·7  2·6 9·3=27 78-9  78 6·4=4·6 39+6  37 17-5=8+4 Bular tengsizliklar Bular tengliklar Yuqorida aytib o'tilgani dek, oshkor ta’riflarda ikki tushuncha bir biriga tenglashtiriladi. Ulardan biri ta’riflanuvchi tushuncha, ikkinchisi ta’riflovchi tushuncha deb aytiladi. Ta’riflovchi tushuncha orqali ta’riflanuvchi tushunchq mazmunini ochib beradi. Masalan: kvadrat ta’rifining strukturasini tahlil qilamiz: «Kvadrat deb hamma tomonlari teng bo'lgan to'g’ri to'rtburchakka aytiladi». U mana bunday: dastlab ta’riflanuvchi tushuncha «kvadrat» ko'rsatiladi, keyin esa ushbu: to'g’ri to'rtburchak bo'lishlik, hamma tomonlari teng bo'lishlik xossalarini o'z ichiga oluvchi ta’riflovchi tushuncha kiritiladi. Maktab matematika kursining boshqa ta’riflari ham xuddi shunday strukturaga ega. Bunday ta’riflar strukturasini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin: = +

Tariflovchi tushincha

Tushunchalarni bunday sxema bo'yicha ta’riflash jins va tur jihatdan ta’riflash deyiladi. «Uchburchak deb bir to'g’ri chiziqda yotmagan uchta nuqta va ularni juft – jufti bilan tutashtiruvchi uchta kesmadan iborat figuraga aytiladi».Bunday ta’riflash genetik ta’riflash deb ataladi. «Arifmetik progressiya deb ikkinchi hadidan boshlab har bir hadi oldingi hadga ayni bir sonni qo’shish natijasiga teng bo'lgan sonli ketma-ketlikka aytiadi». Bunday ta’rif induktiv yoki rekurrent ta’rif deb ataladi.

3. Tushunchalar ta’rifiga qo’yiladigan talablar Oshkor ta’riflarning to'g’riligini baholash uchun tushunchalarni ta’riflash qoidasini bilish zarur. Hammadan oldin ta’riflanuvchi va ta’riflovchi tushunchalar o'lchovdosh (mutanosib) bo'lishi zarur.

Ta’riflashning ikkinchi qoidasi nuqsonli doirani man etadi: tushunchani o'z – o’zi bilan ta’riflash yoki o'zi shu tushuncha bilan ta’riflanadigan boshqa tushuncha orqali ta’riflash mumkin emas. Sonlarni ko’paytmasi deb ularni ko'paytirish natijasiga aytiladi. Tushunchani mantiqan to'g’ri ta’riflashning uchinchi muhim talabi quyidagicha: ta’rifda ta’riflanuvchi tushunchaning hajmiga tegishli bo'lgan ob’yektlarni bir qiymatli ajratishga imkon beruvchi barcha xossalar ko'rsatilishi kerak. Masalan: “qo’shni burchklar” tushinchasining ushbu ta’rifini qaraymiz: “Yig’indisi 1800 ga teng bo’lgan burchaklar qo’shni burchaklar” deyiladi. Manashu ta’rif bo’yicha nafaqat 5 – rasmda ko’rsatilgan va haqiqatdan qo’shni burchaklar bo’lgan burchaklarni, balki 6 – rasmda tasvirlangan burchaklarni ham ko’rish qiyin emas. Ya’ni tarifda xossalar to’la ko’rsatilmagan.

Tushunchani to'g’ri ta’riflashning yana bir talabi unda ortiqcha narsalarning bo'lmasligidir. Bu shuni bildiradiki, tushunchaning ta’rifida shu ta’rifga kirgan xossalardan kelib chiquvchi boshqa ortiqcha xossalar ko'rsatilmasligi kerak. «To'g’ri to'rtburchak» deb qarama-qarshi tomonlari teng va barcha burchaklari to'g’ri burchaklar bo’lgan to’rtburchakka aytiladi. Ta’rifga kiritilgan teng qarama-qarshi tomonlarga ega bo’lishlik xossasi «to'g’ri burchaklarga ega bo'lishlik» xossasidan kelib chiqishini ko'rsatish mumkin. To'g’ri to'rtburchakning bu ta’rifida ortiqcha narsalar bor va uni quyidagicha to'g’ri ta’riflash mumkin: «To'g’ri to'rtburchak deb hamma burchaklari to'g’ri burchaklar bo'lgan to'rtburchakka aytiladi».Tushunchani mantiqan to'g’ri ta’riflashning yana bir talabi quyidagicha: ta’riflanuvchi ob’yekt mavjud bo'lishi zarur. Masalan: bunday ta’rifni qaraylik: «O'tmas burchakli uchburchak deb hamma burchaklari o'tmas burchaklar bo'lgan uchburchakka aytiladi». Hamma burchaklari o'tmas burchaklar bo'lgan uchburchakning mavjud emasligiga ishonch hosil qilish qiyin emas.

1.2. Boshlang’ich sinflarda matematik tushunchalarni umumlashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari



Hozirgi vaqtda ilimiy-texnika taraqqiyoti asrida matematika muhim rol o’ynaydi. shuning uchun keyingi o’n yilliklarda maktab matematikasini bir necha marta dasturiga o’zgarishlar kiritildi. yangi DTS va dastur bo’yicha matematikadan yangi metodik sistema ishlab chiqildi. matematika o’qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o’quvchilarni umumiy sistemada o’qitish va tarbiyalash vazifasini qo’yadi. Umumiy metodika boshlangich sinf matematikasining mazmunini va tuzilishini ochib beradi, har bir bo’limni o’qitishning o’ziga xos xususiy metodlarini o’rgatadi. Xususiy metodika matematika o’qitishning asoslangan metodlarini va o’qitish formalarini, shuningdek o’quv faoliyatlarini tashkil qilish yo’llarini ko’rsatadi. ma’lumki o’qitish tarbiyalash bilan bog’liqdir. metodika o’qitishni tarbiyalash bilan qo’shib olib borish yo’llarini o’rgatadi. Boshlangich matematika o’qitish metodikasi bir necha fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. 1. O’qitish asosi bo’lgan matematika bilan. 2. Umumiy pedagogika. 3. Yosh davrlari psixologiyasi, pedagogik psixologiya. 4. Boshqa o’qitish metodikalari bilan (ona tili, mehnat, ...). Boshlangich matematika o’qitish kursi o’quv predmetiga aylangan. Boshlangich matematika o’qitish metodikasining o’qitish vazifalari: 1. Ta’lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi, 2. Nazariy bilimlar sistemasini o’rganish jarayonini yoritib berishi kerak. 3. O’quvchilarning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashini shakllantirish yo’llarini o’rgatishi kerak. 4. Insonni tarbiyalash vazifasini yoritib beradi. 5. Matematika o’qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o’zining qadrqimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko’rsatib beradi. 6. O’qitish metodikasi I-IV sinflar matematikasining davomi bo’lgan V-VI sinf matematikasi mazmuni bilan bog’lab o’qitishni ko’rsatadi. Boshlang’ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo’yilgan “o’quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, ularda hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni berish, turmushga, kasblarni ongli tanlashga o’rgatish” kabi vazifalarni hal qilishda yordam berishdan iborat. Shunday qilib, boshqa har qanday o’quv predmeti kabi matematika boshlang’ich kursi matematika o’qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi: 1.Matematika o’qitishning umumta’limiy maqsadi. 2.Matematika o’qitishning tarbiyaviy maqsadi. 3.Matematika o’qitishning amaliy maqsadi. Matematika o’qitishning umumta’limiy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: a) o’quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar sistemasini berish. Bu bilimlar sistemasi fan sifatidagi matematika to’g’risida o’quvchilarga yetarli darajada ma’lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo’limlarini o’rganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o’quvchilar o’qish jarayonida olgan bilimlarning ishonchli ekanligini tekshira bilishga o’rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim. b) o’quvchilarning og’zaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish Matematikani o’rganish o’quvchilarning o’z ona tillarida xatosiz so’zlash, o’z fikrini aniq, ravshan va lo’nda qilib bayon eta bilish malakalarini o’zlashtirishlariga yordam berishi kerak. v) o’quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o’rgatish. Bunday bilimlar berish orqali esa o’quvchilarning fazoviy tasavvur qilishlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi. Boshlang’ich matematika o’qitishning tarbiyaviy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: a) o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. b) o’quvchilarda matematikani o’rganishga bo’lgan qiziqishlarni tarbiyalash. Boshlang’ich sinf o’qituvchisining vazifasi o’quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir. v) o’quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish. Matematika darslarida o’rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular orasidagi qonuniyatlar o’quvchilarni atroflicha fikrlashga o’rgatadi. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning amaliy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: a) o’quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tadbiq qila olishga o’rgatish, o’quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o’rgatish, b) matematika o’qitishda texnik vosita va ko’rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda diqqat o’quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan. v) o’quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o’rgatish. O’quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochish, kuchlari yetadigan darajada umumlashtirishlar qilishni, shuningdek og’zaki va yozma xulosalar qilishga o’rganishlari kerak. O’qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o’quvchilarning o’rganilayotgan materialni o’zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan: bu o’quvchilardan og’zaki so’rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlari; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash. Didaktikada dars turiga, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. bog’liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan. Boshlang’ich maktabda matematika o’qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o’quvchilardan individual yozma so’rov o’tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o’zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang’ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo’ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo’ljallangan) o’qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko’proqdir. Boshlang’ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy narsa - topshiriqlarning murakkabligi bo’yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallarni tuzuvchilarning G’oyasiga ko’ra, ma’lum mavzu bo’yicha topshiriqning biror usulini bajarishi o’quvchining bu mavzuni faqat o’zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to’la aniqlangan darajada o’zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi. Matematika o’qitish metodikasida “o’quv materialini o’zlashtirilish darajasi” tushunchasining mazmuni to’la ochib berilmagan. o’qituvchilar uchun qo’llanmalarda didaktik materialning u yoki bu topshiriG’i qaysi darajaga mos kelishini aniqlashga imkon beradigan kriteriylar (mezonlar) yo’q. Amaliyotda o’qituvchilar ko’pincha biror topshiriqning usullaridan biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan bo’lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur G’oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hatto hech qanday o’rgatuvchi mashina o’qituvchining intuisiyasini almashtira olmaydi. Shunday qilib, didaktik materiallarni o’quvchilarning o’quv materialini o’zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga muayyan usul mazkur sinf, mazkur o’qituvchi uchun eng yaxshi usul bo’lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o’qituvchini o’quvchilarning bilim va uquvlarni o’zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun ishlar matnini tuzishdan xalos eta olmaydi. Bu umum metodikaning asosiy vazifalaridan biridir.

O’quvchilarni matematika kursini o’rganishga tayyorlash. I-IV sinflarda matematika o’qitishning asosiy vazifasi bo’lgan talim - tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda ulardagi matematika kursini qanday darajada tayyorgarligi borligiga, bolalar bog’chalarining tayyorlov guruhlari dasturi orqali hamda uylarda matematik tushunchalarni o’rganib qanday bilimlarga egaligiga bog’liq. Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning bilimlarini aniqlash, sinf o’quvchilarining bilimlarini tenglashtirish, ya’ni past bilimga ega bo’lgan o’quvchilarning bilimlarini yaxshi biladigan o’quvchilarga yetkazib olish vazifasi turadi. O’qituvchi quyidagi sistema bilan o’quvchilar bilimini maxsus daftarga hisobga olib boradi: 1. Nechagacha sanashni biladi? 2. Nechagacha sonlarni qo’shishni biladi? 3. Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?. 4. >, <,  belgilarini ishlata oladimi? 5. Nomalumlar bilan berilgan qo’shish va ayirishda bu nomalumlarni topa oladimi? 6. Qaysi figuralarning nomlarini biladi va chiza oladi? 7. Nechagacha sonlarni yoza oladi? 8. O’ng, chap, kam, ko’p, og’ir, yengil, teng kabilarni farqlay oladimi? 9. Pul, narx, soat, minut, uzunlik, massa o’lchov birliklari bilan muomala qila oladimi? Bolalarni tayyorlashda asosiy ish metodi tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalash kabi aqliy operasiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Bunday ishlar o’quvchilarnig og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirishga katta yordam beradi, matematik bilimlarni o’zlashtirishga qiziqishi kuchaya boradi. Matematika so’zi qadimgi grekcha – mathema so’zidan olingan bo’lib, uning ma’nosi “fanlarni bilish” demakdir. Matematika fanining o’rganadigan narsasi (obekti) fazoviy formalar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Maktab matematika kursining maqsadi o’quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar sistemasini berishdan iboratdir. Bu matematik bilimlar sistemasi ma’lum usullar (metodika)orqali o’quvchilarga yetkaziladi. “Metodika” grekcha so’z bo’lib, “metod” degani “yo’l” demakdir. Matematika metodikasi pedagogika fanlari sistemasiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog’i bo’lib, jamiyat tomonidan qo’yilgan o’qitish maqsadlariga muvofiq matematika o’qitish qonuniyatlarini matematika rivojining ma’lum bosqichida tadbiq qiladi. Maktab oldiga hozirgi zamon prinsipial yangi maqsadlarning qo’yilishi matematika o’qitish mazmunining tubdan o’zgarishiga olib keldi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematikadan samarali ta’lim berilishi uchun bo’lajak o’qituvchi boshlang’ich sinflar uchun ishlab chikarish MO’M ni egallab, chuqur o’zlashtirib olmog’i zarur. Matematika boshlang’ich ta’limi metodikasining predmeti quyidagilardan iborat: 1.Matematika o’qitishdan ko’zda tutilgan maqsadlarni asoslash (Nima uchun matematika o’qitiladi, o’rgatiladi). 2.Matematika o’qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o’rgatish) sistemalashtirilgan bilimlar darajasini o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o’rganishda izchillik ta’minlanadi, o’quv ishlariga o’quv mashg’ulotlari beradigan nagruzka bartaraf qilinadi, ta’limning mazmuni o’quvchilarning real bilish imkoniyatlariga mos keladi. 3.O’qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o’qitish kerak, ya’ni, o’quvchilar hozirgi kunda zarur bo’lgan ijtimoiy-iktisodiy bilimlarni, malaka, ko’nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o’quv ishlari metodikasi qanday bo’lishi kerak?) 4. O’qitish vositalari–darsliklar, didaktik materiallar, ko’rsatma- qullanmalar va texnik vositalarini ishlab chiqish (nima yordamida o’qitish). 5.Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va ta’limning darsdan tashqari shakllarini qanday tashkil etish)

O’qitish maqsadlari o’qitish mazmuni o’qitish shakllari o’qitish metodlari


Yüklə 44,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin