Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetenstiyasi- aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iktisodiy rejalarini tuza olish;
- shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda xisob-kitob bilan ish yuritish;
- kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o’qiy olish va foydalanish;
- inson mehnatini engillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalana olish.
Amaliyotda maktabda yoki akademik listeyda bilimlarini yaxshi o’zlashtirgan ayrim kuchli o’quvchilar dars paytida hamda hayotida uchraydigan nostandart vaziyatga tegishli masalalarni echishda o’rgangan bilim va ko’nikmalarini qo’llay olmaydilar. Buning sababi o’quvchilarda kompetenstiyalar shakllantirilmaganligidadir.
O’quvchilarda mazkur kompetenstiyalarni shakllantirish uchun darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish tavsiya etiladi. Darslarda axborotlarni mustaqil ravishda izlash, ulardan foydalanish bo’yicha kompetenstiyalarni shakllantirishda darslikdan, turli gazeta, jurnal, qo’shimcha adabiyotlar, lug’atlar, internet resurslaridan foydalanishni, o’qib-o’rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olishni, o’zining fuqarolik huquqlarini bilishni, Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lishni, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iktisodiy rejalarini tuza olishni o’rgatish kerak.
“Fizika” fani bo’yicha o’quvchilarda xususiy kompetenstiyadan tashqari tayanch kompetenstiyalar birgalikda shakllantiriladi.
Dostları ilə paylaş: |