Buxoro davlat universiteti


K I R I SH Tadqiqot mavzusining dolzarbligi



Yüklə 110,82 Kb.
səhifə2/59
tarix01.01.2022
ölçüsü110,82 Kb.
#50793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Fizika fanini bosqichli o’qitish xususiyatlari

K I R I SH

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi “Ijtimoiy hayotimizni isloh qilish va yangilash boshlanib ketganligi bois ma’naviy madaniyatning qudratli qatlamlarini ochdi. Ular halq ruhiyatini vatanparvarlik, milliy iftixor, butun dunyo uchun bag’ri kenglik tomon keskin o’zgartirib yubordi. Bu esa halq ruhiyati qudratining birinchi belgisi”1- degan edi Prezident I.A.Karimov. Darhaqiqat, halqimizning milliy isiqlolni qo’lga kiritishi katta bir tarixiy hodisa sifatida, eng avvalo, uning ruhiy barkamollikka erishuvi, dunyoqarashi, tafakkuri va ma’naviy olamida o’ziga xos o’zgarishlarning vujudga kelishi uchun keng imkoniyat yaratdi. Darvoqe, borliq, olam, ijtimoiy muhit doimo inson ruhiyati va tafakkuriga o’z ta’sirini o’tkazib kelgan.

O’quv yurtlarida fizika ta’limi mazmunini ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil etish ta’lim samaradorligini oshiradi. Jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari qatoridan o’rin egallash va uni mustahkam saqlab turish uchun fizika ta’limi taraqqiyoti jahon sandarti talabi darajasiga javob berishi kerak.

Demak, o’quv yurtlarida fizika ta’limi mazmunini tako­mil­lashtirish haqida fikr yuritilganda, dasavval, bunda o’quvchilarning darslarda erkin va mutsaqil fikrlashlari, mantiqiy mushohada qilishlari, faol­lik va ijodkorlik kabi qobiliyatlarini rivojlantirish, nazariy bili­mi, amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantirish zarurligi nazarda tutilishi tabiiy.

Bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilariga fizikadan tayyor bilimlarni berishgina emas, balki qanday qilib, mutsaqil bilim olish metodlarini, yo’llarini va vositalarini o’rgatish, kasb tanlashga yo’naltirish, oquvchilar qobiliyatini aniqlash muhim hisoblanadi. O’quvchilarning fizika darslarida o’quv jarayonini ilmiy-ijodiy tashkil etish hamda mavjud dastur va darsliklardan foydalanib oquv jarayonini to’gri tashkil etish uchun ularda nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllan­ti­rish lozim.

Hozirgi paytda o’quv yurtlarida fizika ta’limi mazmunini takomillashtirishni bozor iqtisodiyoti sharoitida ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda namoyishli tajribalar bajarish orqali tadqiq qilish zarurligini davr taqozo etmoqda.

Shu bois, tadqiqot mavzusining dolzarbligiga asos bo’luvchi quyidagi ikkita muhim jihat mavjud:

1) o’quv yurtlarida fizika fanini bosqichli o’qitishni ilmiy jihatdan to’gri tashkil etish, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga yordam berishi

2) mutsaqillik davri talablari asosi­da mazkur muammoni tadqiq etishga ehtiyojning mavjudligi.



BMI maqsadi. O’quv yurtlarida fizika fanini bosqichli o’qitish xususiyatlari, fizika ta’limi mazmunini aniqlash,o’quv jarayonini rejalashtirishni o’rganish.


Yüklə 110,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin