Taddqiqot ob’ekti. O’quv yurtlarida fizika o’qitish jarayoni, oquv rejalar, o’quv dasturlari, darslik va uslubiy adabiyotlar tahlili.
Tadqiqot predmeti. O’quv yurtlarida fizika ta’limi mazmunini aniqlash, oquv rejalar, o’quv dasturlari tahlili asosidao’qituvchilar ishini loyihalashtirish takomillashtirishning shakllari, metodlari, yo’llari
Tadqiqotning ilmiy yangiligi va nazariy ahamiyati. O’quv yurtlarida fizika ta’limi mazmunini oquv jarayonini loyihalashtirishni takomillashtirishning pedagogik samarasi hamda uni amaliyotga joriy etish metodlari ishlab chiqildi, didaktik va metodik asoslari nazariy jihatdan asoslandi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. O’quv yurtlarida fizika ta’limi mazmunini namoyishli tajribalar asosida takomillashtirish jarayonida o’quvchilarning nazariy bilimi, amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantirish yo’llari, vositalari aniqlandi.
Fizika ta’limi mazmunini takomillashtirishda zamonaviy pedagogik, kompyuter, axborot texnologiyalaridan foydalanib, namoyishli tajribalarni bajarishga doir o’qituvchilar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqildi, metodik qo’llanma va namoyishli tajribalarni bajarish ishlanmalari tayyorlandi. Tadqiqot jarayonida olingan natijalar o’quv yurtlarida fizika ta’limi mazmunini takomillashtirishda o’z aksini topdi.
Tadqiqotning nazariy-metodologik asosi bo’lib, falsafaning bilish nazariyasi; nazariya va amaliyot o’zviyligi; didaktikaning asosiy prinsiplari, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining halq ta’limiga doir Farmonlari; Vazirlar Mahkamasining halq ta’limini rivojlantirishga oid qarorlari; Halq ta’limi vazirligining buyruqlari, me’yoriy va rasmiy hujjatlari; psixologiya, pedagogika, didaktika, falsafa, xususiy fanlarni o’qitish nazariyasi va metodikasiga doir hamda o’quv yurtlarida fizika ta’limi mazmunini takomillashtirishga oid qoidalar tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: |