Buxoro davlat universiteti


-chizma. Fizika o'qitish jarayoni o'zaro ta'sir qiluvchi tarkibiy qismlari



Yüklə 110,82 Kb.
səhifə9/59
tarix01.01.2022
ölçüsü110,82 Kb.
#50793
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59
Fizika fanini bosqichli o’qitish xususiyatlari

1.2.1-chizma. Fizika o'qitish jarayoni o'zaro ta'sir qiluvchi tarkibiy qismlari
-o'qitish, tarbiya va o'quvchilarni rivojlantirishning samarali uslublarini hamda fizika o'qitishda foydalanishga mo’ljallangan o'quv qurollarini ishlab chiqish va ularni tajribada sinab ko'rib, o'qitish amaliyotida qo'llash.

Fizika o'qitish fizika va pedagogikadan tashqari pedagogik psixologiya, odam fiziologiyasi, mantiq, texnik fanlar bilan mustahkam bog'langandir.

Fizika o'qitish uslubining mazmunini asosan quyidagilar tashkil qiladi: umumiy masalalar (nazariy asosi), kursning alohida mavzularini o'qitish masalalari (xususiy uslub), o’quv yurtida fizika kursidagi tajribalarning texnikasi va uslubi.Umumiy masalalarda o’quv yurtidaida fizika o'qitishning maqsadi va vazifalari, kursning mazmuni va tuzilmasi, fizika o'qitishning metodologik va psixologik asoslari, bilimning hayot bilan bog'lanishi, texnik ta'limni amalga oshirish, fizika kursida tajriba, o'quvchilarning fikrlash doirasini rivojlantirish, ularning dialektik-materialistik dunyoqarashlarini shakllantirish, fizik qonuniyatlarni rivojlantirish, fizikadan mash-g'ulotlarni tashkil qilish shakllari va uslublari ko'rib chiqiladi.

Xususiy uslubda kursning har bir mavzusining mazmuni, o'qitish ketma-ketligi, tushunchalarni shakllantirish yo'llari, qonun va nazariyalarning mazmunini ochib berish uslublari, fizika tajribalarining qo'llanilishi, malaka va ko'nikmalarni rivojlantirish, materialning politexnik ahami-yati va boshqalar ko'rib chiqiladi. Bular quyidagicha amalga oshiriladi.

Avval ilg'or o'qituvchilarning tajribalari, tegishli adabiyotlar, o'quvchilarning bilim olishdagi faoliyatlari o'rganiladi. Bundan tashqari sinf jurnali, o'quvchilarning kundaliklari, nazorat yozma ishlari va daftarlari o'rganiladi. Bu o'rganilganlarga asosan gipoteza yaratiladi.Avvalgi o'qitish uslublariga (material mazmuniga, tuzilishiga, o'qitish ketma-ketligiga, bayon qilish uslublariga, tajriba va texnika vositalaridan foydalanishga) muhim o'zgartirishlar kiritib o'qitish uslubi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan uslub pedagogik eksperi-mentda sinab ko'riladi.

Pedagogik eksperiment jarayonida ishlab chiqilgan yangi uslub va vositalarning samaradorligi, tanlangan material o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, material hajmining ajratilgan vaqtga mos kelishi aniqlanadi.

Pedagogik eksperiment bir necha yilgacha o'tkazilishi niumkin. Uni eng ko'p tarqalgan shakli bu eksperimental va nazorat sinflarida olingan natijalarni solishtirishdan iboratdir. Eksperimental sinf yangi ishlab chiqilgan uslubda, nazorat sinfi avvalgi mavjud uslublarda o'qitiladi. Ishlab chiqilgan yangi uslub yaxshi natija bersa uni ommalashtiriladi.

Har bir fanda bo'lgani kabi fizika o'qitish uslubi fani ham ma'lum rivojlanish va shakllanish bosqichlarini bosib o'tdi

O'zbekistonda ham fizika va uning o'qitish uslubiyotining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelgan va kelayotgan olimlarimiz kam emas. Ular fizikaning rivojlanishiga o'z his­salarini qo'shish bilan birga o'qitish uslubiyotini yaxshilash sohasida ham anchagina ishlar olib borganlar.

O'zbekiston Milliy universiteti fizika o'qitish metodikasi va fizika tarixi kafedrasi-da olib borgan uslubiy ishlari alohida diqqatga sazovor bo'lib, Respublikamizda fizika o'qitish uslubi sohasida ishlayotgan oliygohlarning o'qituvchilari uchun yetarli va qimmatli ma­terial bo'lib kelmoqda va yoshlarni ilmiy ishlarga yo'naltirmoqda. Hozirgi kunda fizika o'qitish uslubi bo'yicha B.Mirzaahmedov,

D. Shodiyev, E. Turdiqulov kabi pedagogika fanlari doktorlari va ko'plab fan nomzodlari ish olib bormoqda.

Shu kunga qadar ta'lim jarayonini yaxshilash sohasida qator ishlar qilinishiga qaramay, bu ishlarda ayrim kamchiliklar ham mavj'ud. U kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko'rsatilgan bo'lib quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- ta'limning uzluksiz tizimi muammolari yechilmagan;

- boshlang'ich ta'limga yetarli e'tibor berilmagan;

- o’quv yurtidai, oliy o'quv yurti va boshqa ta'lim tizimlari uchun darsliklar talabga javob bermaydi;

- umumta'lim o’quv yurtidailarida kasbga yo'naltirish va ta'limning amaliy yo'nalganligi yetarli emas;

- umumta'lim va kasb-hunar dasturlari o'rtasida uzviylik va vorislik yo'q;

- o'quv dasturlari zamon talabiga javob bermaydi.

Bu kamchiliklar ta'lim tizimida fizika o'qitish jarayoniga ham salbiy ta'sir ko'rsatib, fizika o'qitish uslubiyoti oldiga qator muammolarni qo'ydiki, ular o'quv jarayonining hamma sohasini o'z ichiga qamrab oladi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi fizika o'qitish uslubi­yoti oldiga qator muammolarni qo'ydi:

1. O'rta umumta'lim va maxsus ta'lim sohalarida ta'lim mazmunini aniqlashtirish.

2. Mazmunan yangi, mukammal, eksperimental va barqaror darsliklarni yaratish.

3. Fizik tushunchalarni shakllantirishning psixologik-di-daktik asoslarini ishlab chiqish.

4. Fizika o'qitishning eksperimental asoslarini qayta o'rganib chiqish va takomillashtirish.

5. O'quv jarayonida zamonaviy texnik kompyuter jihoz-laridan foydalanish yo'llarini ishlab chiqish.

6. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilishning zamonaviy usullarini qo'llash uning meyorlarini ishlab chiqish va amalda tatbiq etish.

Bu muammolarni hal qilish borasida katta ishlar olib bo-rilmoqda, ular yaqin kelajakda o'z yechimlarini topadi, albatta.

Bulardan tashqari dasturda kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan bo'lib, ular:

- ta'limning uzluksizligini ta'minlash

- pedagogik va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ham-da ularning malakasini oshirish;

- ta'lim jarayonini mazmunan isloh qilish va boshqa qa­tor ustuvor yo'nalishlar belgilab berildi.

Ularni amalga oshirish bilan bu dasturni hayotga tatbiq etish ta'minlanadi.

Mamlakatimiz «Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 1 bosqichida belgilangan qator tadbirlarni bajardi, unda qilin­gan ishlar, yo'l qo'yilgan kamchiliklar har tomonlama tahlil etildi va dasturning II bosqichini bajarishda amalga oshirilishi zarur bo'lgan vazifalar aniqlab olindi. Bunday vazifalardan biri va eng muhimi pedagog kadrlarni tayyorlash uchun zamon talabidagi darsliklar, o'quv qo'llanmalarini tayyorlashdan iboratdir.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tuzilgan bo'lib, u mazkur qonunni joriy etishni, o'quv yurtlarini attestatsiyadan o'tkazishni, uzluksiz ta'lim tizimini barpo etishning yangi bosqichlarini, yangi tipdagi ta'lim muassasalarini tashkil etishni, yangi o'quv rejalarini, dasturlarini, darsliklarini yaratishni, zamonaviy didaktik ta'minotrii ishlab chiqishni va ularni amalga oshirish muddatlarini belgilab berdi.

Dasturda uzluksiz ta'limni amalga oshirishda dars beris-ga yaroqli o'qituvchilarni tayyorlashga ham katta ahamiyat berilgan. Hozirgi paytda o'qituvchilarni qayta tayyorlash markazlari tashkil qilingan bo'lib, ular faol ishlamoqda.

Oliy o'quv yurtini bitirib chiqqan talabalar ham o'rta umumta'lim o’quv yurtidailarida, kasb-hunar kollejlari va Akademik litseylarda hozirgi zamon talabiga javob beradigan o'qituvchilar bo'lib ishlashlari lozim. Talabalarni va magistrlarni hozirgi Davlat standard talablariga javob bera oladigan o'qituvchilar qilib yetkazish oliy o'quv yurtlari oldida tur-gan murakkab masalalardan biridir. Bu borada Oliy o'quv yurtlari faol ish olib bormoqda. Lekin talabalar uchun o'quv qo'llanmalari yetarli emas.

Universitet va pedagogika institutlarining fizika bo'limida o’qiyotgan talabalar uchun fizika o'qitish uslubidan o'quv qo'llanmalari juda kam bo'lib, ular hozirgi talablarga javob bermaydi.

Fizika o'qitish jarayonining o'ziga xos uchinchi xususiyati tajribalar ko'rsatishdan foydalanish, o'quvchilarning kuzatishlarini tashkil qilish, ularning amaliy ishlarni mustaqil bajarish bilan bog'liq yuqori hissiyotliligidir.

Yoshiga qarab ruhiy xususiyatlarga mos ravishda sinflar bo'yicha o'qitish quyidagicha ko'rib chiqiladi.

Masalan, 6-7-sinflarda bolalarning abstrakt fikrlash darajasi past ekanini e'tiborga olish lozim. Ularda ko'rsatma obrazli fikr­lash ustunlikka ega, shuning uchun fizik hodisalarni tajriba va ko'rgazmalar asosida o'qitish maqsadga muvofiqdir.

Shu bilan birga o'quvchilarni hodisalarning umumiy belgilarini ajratib olish mahoratlarini shakllantirish bo'yicha ish olib borish kerak. Ularni asta-sekin 6-sinfdayoq deduksiya uslubi bilan xulosa chiqarishga o'rgatish lozim.

Yuqori sinflarda, akademik litsey va kollejlarda yuqori darajada abstraktligi bilan ajralib turadigan tushunchalarini o'quvchilarda shakllantirish jarayoni ancha oson bo'ladi.

Nazariy fikrlashni rivojlashtirishga deduksiya uslubi bilan xulosa chiqarishga bo'lgan diqqat kuchaytiriladi. Bu yerda modda tuzilishining molekulyar-kinetik nazariyasi, elektron nazariya elementlari o'rganiladi, ular asosida turli agregat holat-lardagi moddalarning fizik xossalari tushuntiraladi va turli muhitlarda sodir bo'ladigan elektron hodisalar o'rganiladi. Yaxshi nazariya faqat hodisalarni tushunish vositasi bo'lib qolmasdan, shu bilan birga ularni keyinchalik xotirada qayta tiklash vositasi hamdir.

Hosil bo'lgan ko'nikmalar yetarlicha yuqori bosqichgacha rivojlantiriladi, natijada o'quvchilarning bilish qobiliyatlari o'sadi. Shu tufayli borgan sari hajmi ortib borayotgan ilmiy axborotni o'zlashtirishga va qayta tiklashga o'quvchilar tayy-orlangan bo'ladi. Ular fizikada olgan bilimlarini boshqa pred-metga ko'chira oladigan bo'ladilar.

Fizikani o'rganishga o'qituvchi qiziqishni tarbiyalash va rivojlantirishga imkon beradigan sharoitlarni bilishi kerak. Ijodiy ishlaydigan o'qituvchilar o'rganishga qiziqishni rivojlantirish maqsadida turli uskiblarni qo'llaydilar. Yaxshi tayy-orlangan namoyish tajribalaridan foydalanish va mustaqil eksperiment o'tkazish, uy tajribalari va kuzatishlarni tashkil etish, darsda olingan nazariy bilimlarning amalda qo'1lanilishini ko'rsatadigan masalalaryechish o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otadi.

O'quvchilarning ilmiy bilimlarni bilishga qiziqishlarini va tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishning asosiy omil-lari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

- o'quv materialini ilmiy va qat'iy sistemada bayon qilish;

- darsda muammoli vaziyat hosil qilish va qo'yilgan muammoni hal etishga o'quvchilarni jalb qilish;

- darsda o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilib borish;

- o'quvchilar tomonidan ijodiy harakterdagi top-shiriqlarning bajarib borilishi;

- o'quvchilar o'zlari qiziqqan masalalarni ilmiy-om-mabop adabiyotlardan o'rganganlarini sinfdoshlariga aytib berishlari uchun sharoit yaratish;

- o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga adabiyot-larni o'qish, kino va telefilmlarni ko'rish va mustaqil ravishda tabiat va texnika hodisalarini kuzatish orqali javob topish-lari.

Fanga chuqur va mustahkam qiziqish uyg'otish uchun o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini va diqqatni faollashuvchi, ilmiy-texnika revolyutsiyasi sharoitida bilimning miyatini tushunishga yordam beruvchi usullarni qo'llash lozim.

O’quvchilarning fanga qiziqishlarini tarbiyalash ko'pgina texnik masalalarni hal qilishlariga yordam beradi.

O'quvchilarni fizikaga qiziqishlarini uyg'otishdagi asosiy manba — o'qituvchining darsdagi faoliyati, Uning shaxsiy sifati va o'quvchilarning bilish faoliyatlarini tashkil qila olishidir.

O'quvchilarga ilmiy bilimlar berish bilan birga ularni amaliy xarakterdagi mahorat va malaka bilan ham qurollantirib borish lozim. U yoki bu amalni bajarish mahoratini shakllantirish uchun avval o'qituvchining o'zi o'sha amalni tahlil qilishi va u qanday elementlardan tashkil topishini aniq tasav-vur qilmog'i lozim. Amalni bajarish elementlarini aniqla-gandan keyin uni bajarish ketma-ketligini tuzib, keyin sodda amallarni bajarish malakasini hosil qilishga oid mashqlar bajariladi. Bu qilinadigan ishlarda asosan maxsus tanlangan murakkab topshiriqlar (amallar) bajariladi.

Ilmiy bilimlarning tuzilma elementlarini aniqlab, ulardan harbirining o'zlashtirilishiga bo'lgan umumiy talablar o'rganilib, ular reja asosida plakat yoki kartochkaga yozib qo'yiladi. O'quvchilarana shu rejaga ko'ra amallarni bajarib boradilar.

O'quvchilarning ilmiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishni bir necha yo'llar bilan amalga oshirish mumkin.

O'quv jarayonida o'quvchilardan tadqiqot ishining hamma bosqichlarini mustaqil bajarishni talab qilib bo'lmaydi. Lekin fan tarixida tadqiqot ishlari qanday amalga oshirilgani bilan o'quvchilarni tanishtirib borish maqsadga muvofiqdir. Masalan: yorug'likning tabiatiga bo'lgan qarashlar orasidagi qarama-qarshiliklar, to'lqin va korpuskulyar xossalarning birligiga qanday yetib kelinganini o'quvchilarga tushunarli qilib hikoya qilish lozim. Bu ilmiy fikrlashni rivojlantirishning birinchi yo'lidir.

Ilmiy fikrlashni rivojlantirishning ikkinchi yo'li o'quv­chilarni o'quv muammolarini hal qilishgajalb etishdir: gipotezani ta'riflash, muammoni hal qilish yo'llarini qidirish, uni hal qilish rejasini tuzish va tadqiqotni hal qilish uslubini ishlab chiqish.

Uchinchi yo'l - kuzatilgan hodisalarni va jismlarning xossalarini tushuntirishga ideal modellar bilan ishlashga, hodisalar orasidagi bog'lanishlarni aniqlashga o'quvchilarni jalb qilishdan iborat.

To'rtinchi yo'l - o'quvchilarda induksiya va deduksiya asosida yakuniy xulosa chiqarish mahoratini orttirib borish.

Fizik bilimlar - tushunchalar, qonunlar, gipotezalar va nazariyalar sistemasidan iborat. Qonunlar, nazariyalar tu­shunchalar orasidagi bog'lanishlarni ifodalaydi. Tushuncha­lar atrof.borliqni o'rganish vositasi sifatida xizmat qiladi. O'qituvchining ko'p qirrali faoliyatidan biri- o'quvchilarda fizik tushunchalarni shakllantirish katta o'rin egallaydi. Bu eng murakkab ishlardan biri bo'lib, u falsafa, mantiq, psi-xologiya va pedagogikadan chuqurbilimga ega bo'lishni talab qiladi.

Tushuncha — fikrlashninig asosiy shaklidir. Har qanday fikr tuslumchalarda ifodalanadi. Fikrlashning boshqa barcha shakllari-hukm va xulosalar tushunchalardan tarkib topadi. Tushuncha bir vaqtning o'zida fikrning ham poydevori, ham cho'qqisidir, hukm va xulosaning boshlang'ich materiali va oxirgi natijasidir.

Tushuncha so'z bilan chambarchas bog'langan: u so'z bilan ifodalanadi va unda mustahkamlanadi. So'z tushunchaning moddiy tashuvchisidir.

Tushuncha fikrlashning asosiy va oliy shakli bo'lib, u moddiy dunyoning hodisa va narsalarini umumlashtirish va abstraksiyalash orqali ajratilgan asosiy belgilarini, ularning xossalari va munosabatlarini ongda aks etishini ta'minlaydi.

rushuncha odamning ongida qanday shakllanadi? Fikrlovchi qanday qilib tushunchaga ega bo'ladi? Bu jarayonning mexanizmi, uning yo'nalishlari va asosiy bosqichlari qanday? Bular o'qituvchi uchun birinchi darajali savollar h'soblanadi.

Tushuncha kishi ongida birdaniga hosil bo'lmaydi; indivi-ual ongda tushunchaning vujudga kelishi, rivojlanishi uzoq, 'eksiz jarayondir; dunyoni bilishning chegarasi bo'lmagani kabi uning ham chegarasi yo'q.

Tushunchalarni shakllantirishda asosiy manba - moddiy dunyodir.Aniq bir jism haqidagi tasavvur ko'pgina belgilarni o’z ichiga oladi. Uni boshqa jism tasavvuri bilan solishtirganda ba'zi bir belgilar ikkinchi jism tasavvurida ham takrorlanadi. Ana shu hamma jismlar uchun umumiy bo'lgan belgi­lar asosiy belgilar bo'lib, ular tushunchalarda mustahkamlanadi. Solishtirish, o'xshashliklarini va farqini qidirib topish, xususiylarni tashlab yuborish va umumiylarni ajratish, umumlashtirish va abstraktlash tushunchalarni shakllantirish jarayonining eng sodda va shu bilan birga asosiy fikrlash operatsiyalarini (amallarini) tashkil qiladi. Tasavvurlardan tushunchaga o'tish jarayoni sifat jihatidan ajoyib sakrash bo'lib, u fikrning tug'ilishidir.

Jismlar haqidagi tasavvurlarni solishtirish va taqqoslash orqali jismlarning ajratib olingan eng umumiy xarakterli belgilari so'z orqali mustahkamlanadi. Natijada tushunchalar hosil bo'ladi.

Endi tushunchani hosil qilish va rivojlantirishda muhokama qilish yo'li qanday bo'lishini ko'rib chiqaylik.

Mexanik harakatni o'rganayotganda o'quvchilar turli misollarni aytish bilan birga biri (masalan, samolyot) ikkinchisidan (qushdan) tezroq uchishini, yo'nalishlari turlicha bo'lishi mumkinligini va bosib o'tgan yo'llari ham har xil bo'lishi haqida fikrlar beradilar. Bu muhokama orqali ha­rakat fizik hodisa ekani va uning asosiy belgilari bo'lmish tezlik, yo'nalishi, bosib o'tilgan yo'l haqida ma'lumotlar olinadi.

Biror hodisa yoki jism haqida mulohaza yuritish (muhokama qilish) bu haqdagi tushunchaning tug'ilishidir, ya'ni muhokamani tushuncha hosil bo'layotgan jarayon deb qarashimiz mumkin. Bir necha tushunchalardan yana muhokama qilish orqali yangi tushunchalar kelib chiqadi.

Xulosa bu muhokamalar sistemasidan iborat bo'lib, muhokamalar xulosa chiqarish orqali tushunchaga aylanadi. Demak, muhokama tushuncha rasmidagi bir yangi chiziqbo’lsa , xulosa keraksiz chiziqlarni chiqarib tashlab, keraklilarini kuchaytiruvchi o'ziga xos biro'chirg'ich rolini o'ynaydi. Shunday o'xshatish qilish mumkin: muhokama - amal bajarish, xulosa qilish - mahorat, tushuncha - fikrlash malakasi.

Insonning amaliy faoliyati (uning asosiy qismi malaka) ham, fikrlash faoliyati (uning asosiy qismi tushuncha) ham: eng avval miyaning ishidir, aniqrog'i, oliy nerv faoliyatidir. Demak, muhokama - xulosa, tushuncha - fikrlash holati, uning harakat paytidir. Ular fikrlash shakllarini tashkil qiladi, mazmunning rivojlanib borishi bilan biri ikkinchismij almashtirib boradi. Hodisani muhokama qilish orqali xulosa' chiqariladi, xulosa esa tushunchada mujassamlashadi.

Tushunchani shakllantirishda o'quvchilarning bu haqda gi tasavvurlaridan keng foydalanishning ahamiyati kattadir. Ularning o'rganilayotgan predmet, hodisa haqidagi tasavvurlarini yoki ularda aniq tasavvur hosil qilib, uni muhokama qilishlarini, savollar qo'yish orqali kuchaytirib, tezlashtirib boramiz, to'g'ri xulosa qilishlariga yordam beramiz. O'quvchilarning bu mustaqil muhokama va xulosa qilishlarii tushunchalarni shakllantirishdagi muhim bosqichdir. Bu bosqichni chetlab o'tib bo'lmaydi.

O'quvchi tushuncha haqida shaxsiy fikr yuritib, qanchi ko'p muhokama qilsa, uning ongida tushunchaning mazmuni shuncha boy va to'la bo'ladi.

O'quvchi ongida tushunchani shakllantirishda o'qituvchij uchun eng murakkab narsa bu tushunchani ta'nfiashga' o'tishdagi muhokama va xulosa chiqarish yo'nalishi va yo'linj oldindan ko'rish va uni rejalashtirishdir. Bu tushunchani shakffl lantirishning navbatdagi bosqichidir.

Moddiy dunyoning turlituman predmet va hodisalarini o'rganish jarayonida inson ularning mohiyatiga kira borib tushunchalar hosil qilib, ishni uni ta'riflashdan boshlamaydi. U ko'plab kuzatishlarni, umumlashtirishni, qo'shish va tasavvurlarni abstraksiyalash orqali, muhokama va xulosalarning uzun qatori orqali tushunchaning ta'rifiga keladi.

O'qitish jarayonida ham o'quvchilarni asosiy tushunchae larga shunday olib kelish kerakki, ta'rifning tuzilishi, kim tomondan ko'rilgan fikrlash amallari (hodisa va predmet haqidagi tasavvurlarni umumlashtirish, muhokama va xulosalar) bilan tayyorlangan bo'lishi, boshqa tomondan esa ho­disa va predmetni to'laroq va har tomonlama o'rganishga, tushunchani boyitishga yo'l ochib berishi lozim.

Shuni ham aytish kerakki, tushunchaning turli tomonlarini ifodalovchi bir necha ta'rifini ham berish mumkin. Masalan, kuchni tezlanish beruvchi sabab sifatida va deformatsiyalovchi sabab sifatida ta'riflash mumkin. Har ikkala ta'rif ham to'g'ridir, chunki ikkalasi ham kuchning xususiyatlarini ifodalaydi (dinamik va statik ro'yobga chiqishini).

Ba'zi bir tushunchalarning to'g'ri va noto'g'ri ta'riflari bo'lib, ularni o'qituvchi qo'rqmasdan aytishi va bunday qarashlar orasida tortishuvlar bo'lgani, shu asosda fanning rivojlanish tarixi ko'rsatib boriladi.

Fanlarning rivojlanish tarixini o'rganish o'quvchilarga bizning bilimimiz nisbiyligi va ularning hodisa va predmetlarning mohiyatini (tabiatini) to'laroq va aniq ochib borishdagi harakatiningabsolyutligini tushinishlariga imkon beradi. Masa­lan, o'qituvchi atomni "bo'linmas" ligidan boshlab yadro modeliga va undan kvant mexanikasi qonuniyatlariga olib kelish orqali bir tomondan "atom" tushunchasini shakllantirsa, ikkinchi tomondan o'quvchilar oldida inson fikrining qudrati-ni va uning ilgarilanma harakat qonunlarini namoyon qiladi.

Fanning rivojlanish tarixi bilan tanishib borishning yana bir ahamiyati shundaki, o'quvchilar inson amaliyoti bi-limning haqiqiy mezoni ekanini tushunib yetadilar. Ular dunyoni o'rganadilar va u haqdagi bilimlarini shaxsiy amallarida sinab ko'radilar. Nazariyachilar atom modelini o’zlarining qiziqishlarini qondirish uchun emas, balki ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi, tibbiyotni, ya'ni insonlarning ko'plab amaliy faoliyatlari tomonidan qo'yilgan pasalalarni hal qilish uchun o'rganadilar. Uning (g'oyaning) to’g'ri yoki noto'g'riligini yana shu amaliy faoliyatlar tasvirlab beradi.

Bulardan ko'ramizki, o'quvchilar fanlarning rivojlanish jarayonini o'rganish orqali to'g'ri va noto'g'ri fikrlarning tug’lishi va ular orasidagi tortishuvlar bilan tanishadilar. Buni tushunchalarmi shakllantirishda, noto'g'ri fikrlarga tanqidiy ko'z bilan qarashga o'rgatishda, fikrlash qonunlarini va inson amaliyotining bilimlarning haqiqiylik mezoni ekanini o'zlashtirishda ahamiyati kattadir. O'quvchilar bu (fan tarixi) orqali inson amaliyotining juda katta ahamiyatga ega ekanini ko'rib boradilar va bar bir tu-shuncha, g'oya amalda tasdiqlangandan keyingina to'g'ri ta'riflanishi mumkinligiga ishonch hosil qiladilar.

Tekshirilgan sodda ta'riflar tushunchaning keyingi shakllanish jarayonida umumlashgan keng ta'rifga aylanadi. Unda sodda ta'rifda berilgan bitta asosiy belgi emasi balki hodisaning bir necha asosiy belgilari o'z aksini topgan bo'ladi.

Biz yuqorida kuchning tezlanish yoki deformatsiya orqali tariflanishini aytgan edik. Umumiy ta'rifni ham tezlanish,J ham deformatsiyalovchi sabab sifatida beramiz.

Umumiy ta'rif tushunchaning asosiy belgilarini xarakterlabgina qolmay, uni tushunchalar sistemasiga kiritish masalasini ham hal qiladi va tushunchalar orasidagi bog'lanishlarni o'rnatadi. Bu tushunchalar orasidagi umumiy bog'lanishlar moddiy dunyo hodisalari va predmetlari orasi­dagi umumiy bog'lanishlarni aks ettiradi.

Tushunchaning boshqa tushunchalar bilan asosiy bog'lanishlarini o'rnatishda tushunchani mantiqiy umumlashtirish muhim rol o'ynaydi.

Tushunchalarni shakllantirishda fikr yuqoriga va pastga yana pastdan yuqoriga harakat qiladi (xususiydan umumiygie yana umumiydan xususiyga).

Umumlashtirish, ya'ni berilgan bir tushunchadan umumiyroq tushunchaga o'tish bir ko'rinishda sodda amalga o'xshaydi. Gap shundaki, tushunchani umumlashtirish turlil yo'nalishlarda borishi mumkin. Tanlangan yo'nalishdan adash-masdan borish lozim.

Umumlashtirish jarayonini pog'onalarga (bosqichlarga) o'xshatish mumkin. Ularning soni quyidan ham, yuqorida ham chegaralangandir. Quyi chegarasida berilgan predmete hodisa haqida ayrim tushunchalar turadi. Yuqori chegarada "predmet", "obyekt", "hodisa" kabi, ya'ni eng umumiy bog'lanish va aloqalarni ochib beruvchi umumiy tushun-chalarga - kategoriyalarga kelamiz.

Bundan ko'ramizki, bir umumiy tushuncha bir necha sodda tushunchalarga bo'linib ketadi. Bunday bo'linishlar bilan o'quvchilar o’quv yurtidaida tanishib boradilar. Masalan, hamma burchaklar o'tmas, o'tkir va to'g'ri burchak-larga bo'linishini, harakat to'g'ri chiziqli va egri chiziqlilarga bo'linishini biladilar. O'quvchilar eng soddadan murakkabgacha bo'lgan tasnif bilan tanishadilar. Buning asosida tushunchalarning umumlashtirilishi va bo'linishi yotadi.

O'quvchilarga qo'yiladigan savollar shunday bo'lishi kerakki, ular tavsiflanadigan hodisa va tushunchalarning belgi­larini aniqlash, tavsiflashda tushunchalarni umumlashtirish va bo'linishining asosida yotuvchi belgilarni aniqlash fikrini uyg'otsin.

Har qanday ilmiy tavsiflash tushunchalarning maxsus bir sistemasini tashkil qiladi. Bu sistemada tushunchaning o mini aniqlash uni shakillantirishning va shu sistemadagi boshqa tushunchalar bilan birga mustahkam o'zlashtirishning

asosiy shartidir.

O'quvchilar tushunchaning ta'rifmi yaxshi o'zlashtirishlari chun bu tushuncha tarkibiga kiruvchi va ta'riflanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi sodda tushuncha ya'ni tushunchalar sistemasidagi tayanch tushunchalarini oldindan yaxshi o'zlashtirgan bo'lishlari lozim.

Umumiy tushunchani hamisha sodda va xususiy tushunchalar orqali to'la ochib berish amalda mumkin emas, lekin unga yaqinlashib borilaveradi.

Shunday qilib, fan asoslarini o'zlashtirishda avval sodda tayanch tushunchalar o'rganilib, keyin ularni o'z ichiga oladigan, ya'ni tayanch tushunchalar asosida ta'riflanadiganj kengroq tushunchalarga o'tib boriladi. Yuqori va quyi darajali tushunchalarning biridan ikkinchisiga o'tish kengaytirilgan ta'riflarni tuzish orqali amalga oshiriladi.

Soddadan umumiyga o'tib boruvchi tushunchalar sistemasining asosini tashkil qiluvchi tayanch (sodda) tushunchalar hodisa va predmetlarni aks ettiradi. Bu hodisa va predmetlardan o'quvchilar amaliy faoliyatlarida keng foydalanib boradilar, natijada ularning mahoratlari va malakalari ortibj boradi. O'quvchining qat'iy faoliyati bilan tushunchaning birikishi natijasida nazariya bilan amaliyotning birligi muammosi yechiladi. Bu yerda fikr ishni jonlantiradi, ish esa, fikrni boyitadi. Masalan, o'quvchi fizika kursini o'rganishj jarayonida umumiy "harakat" tushunchasini o'rganadi. Masala yechish , laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida mexanik harakatning qat'iy faktlari (tushunchalari), ya'ni "harakat"ning sodda tushunchalari bilan ish ko'rib boradi. Bu sodda I tushunchalar o'quvchi faoliyatida amaliy ishlar (tezlik, trayektoriyani hisoblash, tajriba qo'yish, ...) bilan birikadi.il Shu bilan birga real qat'iy tasavvurlar singib boradi vae o'quvchi o'z amaliyotida harakat qonunlarining asosiyl g'oyalarini tekshirib boradi. Bu yerda o'qitishning eng muhimj masalasi, ya'ni o'qitishdagi nazariya bilan amaliyotning organik birligi yechiladi. Fikr, muhokama, xulosa va tushuncha, amaliyot, mahorat va malaka ish bilan uzviy birikib ketadi.

Fizik tushunchalarni shakllantirishda o'quvchilarlarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtirish katta ahamiyatga ega. Buni amalga oshirishda mashqlarva laboratoriya ishlarini bajarish muhim ahamiyatga ega.

Fizik tushunchalarni shakllantirishning yuqorida aytib o’tilgan bosqichlari hamma vaqt ham o'sha tartibda va hammasi to'la bajarilavermaydi. Ba'zi tushunchalarni o'rganishda bosqichlar tartibi o'zgarishi ham mumkin.

Fizika tushunchalarning shakllanganlik darajasini, kamchiliklarini, uni bartaraf qilish yo'llarini har bir fizika o'qituvchisi yaxshi bilmog'i lozim. Shularni qisqacha ko'rib chiqaylik.

O'quvchilar ongida fizik tushunchalarning qanday darajada shakllanganligini aniqlashning asosiy mezonlari quyidagilardir:

- tushunchalarning asosiy belgilarini bilish, ularning ta'riflarini erkin shakllantirish;

- tuslumchaning boshqa tushunchalar bilan bog'lanishini vaaloqasini bilish;

- tushunchaning muhim belgilarini ikkinchi darajali belgilaridan ajrata olish qobiliyatiga ega bo'lish;

- tushunchani unga biror belgisi bilan o'xshash bo'lgan tushunchalardan ajrata olish mahoratiga ega bo'lish;

- tushunchani turli xil fikrlashga va amaliyotda qo'llashga oid masalalar yechish ga qo'llay olish mahoratiga ega bo'lish bu o'quvchi ongida tushunchani umumlashtirishni va o’zlashtirishni ma'lum darajada ifodalaydi).

Tushunchalarni va ular bilan turli amallar bajarish mahoratini o'zlashtirishni to'rt darajaga ajratish mumkin.

Birinchi darajali o'zlashtirishda o'quvchi tushunchalarni bir-biridan ajratadiyu, lekin ularning asosiy belgilarini ko'rsatib bera olmaydi va tushunchani masala yechish ga qo'llay olmaydi.

Ikkinchi darajali o'zlashtirishda o'quvchi tushunchaning belgilarini ko'rsata oladi, eng sodda masalalarni yechadi, lekin asosiy va ikkinchi darajali belgilarini bir-biridan ajrata olmaydi.

Uchinchi darajali o'zlashtirishda o'quvchi tushunchaning asosiy belgilarini biladi, ular bilan turli amallarni bajara oladi (masalalar yechadi), lekin unda bilim umumlashma-gan, bilim va uning qo'llanishlarini yangi vaziyatlarda ko'ra olmaydi (tatbiq eta olmaydi).

To'rtinchi darajali o'zlashtirishda o'quvchi tushuncha­ning asosiy belgilarini biladi, bu haqdagi bilimi umumlashgan bo'ladi, uni yangi vaziyatlarga tatbiq qila oladi.

Tushunchalarni shakllantirishda o'quvchilarning bu haqda avvaldan bo'lgan hayotiy tasavvurlarini to'g'rilab borish katta ahamiyatga ega. O'quvchilar atrof borliq haqida turli tushunchalarga ega bo'ladilar. Ularning bir qismi ilmiy tu-shuncha bilan mos tushsa, bir qismi butunlay teskari bo'lishi mumkin. Oxirgi holda o'quvchilarning hayotiy tasavvurlarini qayta ko'rishga to'g'ri keladi.

Ilmiy va hayotiy tushunchalarning farqlanishi ko'pincha hayotda qo'llaniladigan so'zlarning tushuncha mazmuniga mos tushmasligidan kelib chiqadi. Masalan, ishni fiziologik tu­shuncha kabi qarab, uni odamning charchashi bilan bog'laydi. Haroratni ham fiziologik tushuncha kabi qarab, bir yerda tur-gan temirni sovuq, yog'ochni issiq deb ko'rsatadi, vaholonki ularning har ikkisining ham harorati bir xil. Hayotiy tasavvurlar juda ko'p takrorlanib, o'quvchilar ongiga singib ketgan. Shuning uchun uni to'g'rilash muhim uslubiy rnasaladir.

O'quvchilarning noto'g'ri tasavvurlarini ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruh noto'g'ri tasavvurlar shundayki, unda o'quvchi faktlarni kuzatish orqali noto'g'ri urnumlashtirishlar qiladi. Masalan, suv doim 100°C da qaynaydi degan xulosaga keladi. Ikkinchi guruh noto'g'ri tasav­vurlar shundayki, unda o'quvchilar ba'zi faktlarni mustaqil ravishda tushunib yetmaydilar. Masalan, ular o'zgarmas kuch ta'sirida jism tekis harakat qiladi deb ishqalanish kuchini e'tibordan chetda qoldiradilar. Noto'g'ri tasavvurlarni tu-shuntirish uchun ularni ilmiy tasavvurlar bilan solishtirib muammoli vaziyat hosil qilish va ilmiy tasavvurlarning to'g'ri ekanini ko'rsatish eng yaxshi samarali uslubdir. Masalan, tashqi bosimni pasaytirsak, suyuqlikning qaynash haroratining pasayishini tajribada osongina ko'rsata olamiz.

Tushunchalar harakatchandir. Fanning rivojlanishi va bilimlarning chuqurlashishi natijasida ba'zi tushunchalar aniqlashadi, yuqoriroq abstrakt darajaga ko'tariladi (masalan, massa, yadro strukturasi,...), ba'zi tushunchalar esa yo'qoladi (teplorod, magnit massasi,...), lekin ularga bog'liq bo'lgan atamalar qoladi (issiqlik sig'imi, magnit qutblari,...). Bu o'qituvchidan atamalarni va fizik kattalik-larning birliklari nomini tushuntirishda maxsus e'tiborni talab qiladi.

Tushunchani shakllantirishning muhim bosqichi ularni ta'riflashdir. Tushunchaning ta'rifi fanda borliqni bilishning natijasidir.

Ta'rifning maqsadi tushunchaga taalluqli bo'lgan asosiy va umumiylarni yagona ta'rifga birlashtirishdir.

Mantiqda ta'rif tushunchaning eng yaqin belgisi bilan ko'rinib turgan belgilari orasidagi bog'lanishni o'rnatishdan borat deb tushuniladi. Masalan, "ko'chishni shu ko'chish chun ketgan vaqtga nisbati bilan o'lchanadigan va harakat holatini ifodalovchi vektor kattalik tezlik deyiladi". Bu yerda fizik kattalik (atama)

- tezlik, eng yaqin belgisi (jism)—vektor kattalik, ko'rinib turgan belgisi, o'lchash usuli —harakat holatini ifodalashi va ko'chishning shu ko'chish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan o'lchanishi.

Fizikani o'rganish orqali o'quvchilar tabiatdagi qator hodisalar va ularning ilmiy asoslanishi bilan tanishadilar, ularda dunyoning moddiyligi haqida ishonch shakllanadi, dunyoni o'rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanini bilib oladilar. Natijada o'quvchilarning mantiqiy fikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi.

Fizikani o'rganish orqali o'quvchilar ilg'or fizik olimlarning ishlari bilan, fan va texnika yutuqlari bilan tanisha­dilar. Bularning tarbiyaviy ahamiyati kattadir.

O’quv yurtida fizika kursi hamma vaqt zamonaviy va elementar bo'lishi, fundamental nazariyalarni, fizika uslublarini, qonunlarini, o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini, fikrlashlarini to'g'ri shakllantirishi, o'quvchilarga politexnik ta'lim berishi lozim.

Fizikadan o'quv materialini tanlashda asosan quyidagilarga ahamiyat berilishi lozim:



  • mazmunining ilmiyligiga va metodologik yo'nalishiga;

- fanning mantiqiy va o'quvchilarning yosh xususiyallariga mos kelgan holdagi o'qitish izchilligiga;

- nazariya va amaliyotning birligiga, hayot bilan

bog'lanishiga;

- fizika o'qitishda boshqa predmetlar bilan bog'lanishini ta'minlashga.

O'quv materiali tanlangandan keyin uni yillar bo'yicha taqsimlash muammosi tug'iladi. Fizika o'qitish tarixida o'quv materialini yillar bo'yicha taqsimlashda kurs tuzilishining uchta variant vujudga keldi: radial, konsentrik va bosqichli variantlar.




Yüklə 110,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin