1.2.2-chzma. Materialini yillar bo'yicha taqsimlashda kurs tuzilishi
Kursning radial tuzilishida material shunday joylashtirildiki, bunda bo'limiar bir-biridan qat'iy ajratib qo'yildi. O'tilganlarga qaytish bo'lmaydi. Fizika kursining radial qurilishining kamchiligi shundaki, unda o'quvchilar sodda masalalarni ko'rish bilan birga, o'zlashtira olmaydigan materiallarni ham o'rganishlariga to'g'ri keladi. Bir bo'limdagi qiyin masalalardan ikkinchi bo'limdagi yengil masalalarga birdaniga o'tiladi.
Fizika kursining konsentrik qurilishida harbirbo'lim o’quv yurtidaida ikki marta ko'rib chiqiladi, ya'ni butun o'quv materiali ikkita konsentrga bo'linadi. Birinchi konsentr fizika kursining deyarli hamma bo'limi bo'yicha boshlang'ich (elementar) tushunchalarni o'z ichiga oladi, ikkinchi konsentr butun kurs bo'yicha bilimlar sistemasini o'z ichiga olib, bu material birinchi konsentrdagi o'quv materialini to'la yoki qisman o'z ichiga oladi. Kursning konsentrik tuzilishida material o'qitishdagi qiymchilik sekin-asta ortib boradigan qilib o'quvchiiarning aqliy o sishiga va imkoniyatlariga moslashtirilgan holdajoylashtiriladi. konsentrik qurilishning kamchiligi shundaki, unda o'quv materiali takrorlanganligi uchun vaqt ko'p sarf bo'ladi va o’quvchilarning qiziqishlarini kamaytiradi.
Fizika kursining bosqichli tuzilishida bu kurs ikki bosqichda o'rganilib, ularbirgalikda yagona sistemali fizika kursini tashkil etadi.
Fizika kursining tuzilishlaridan eng yaxshisi bosqichli qurilishidir. U pedagogika va didaktika talablariga to'la javob beradi. Bunga ko'ra o’quv yurtidafizika kursining mazmuni quyidagilarni o'z ichiga oladi:
a) Tayyorlov davrida 3-5-sinflarda tabiatshunoslik, tabiiy geografiya va mehnat darslarida fizika elementlarini o'rganish.
b) Kursning birinchi bosqichi: 6-9-sinfdarda fizikani o'rganish.
d) Kursning ikkinchi bosqichi: kasb-hunar kollejlari va Akademik litseylarda fizikani o'rganish. Malaka ishining ikkinchi bobida kursning bosqichli o’qitish jihatlarini tahlil qilamiz.
Dostları ilə paylaş: |