Buxoro davlat universiteti


Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi



Yüklə 110,82 Kb.
səhifə6/59
tarix01.01.2022
ölçüsü110,82 Kb.
#50793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Fizika fanini bosqichli o’qitish xususiyatlari

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi: Malakaviy bitiruv ishi kirish qismi, ikki bob, xulosa, xotima va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib ___ bet hajmida yozilgan

I BOB. FIZIKA O’QITISH JARAYONI DIDAKTIK TAHLILI

1.1.Uzluksiz ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar integratsiyasi

Respublikamizda «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari va ko’rsatmalari bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Ularda asosan tayyorlanayotgan kadrlarni har tomonlama etuk, komil inson qilib tarbiyalash g’oyasi markaziy o’rinni egallaydi. Mamlakatimiz mustaqillik davrida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalar va xalqaro munosabatlarda ulkan yutuqlarga erishdi. Bu yillarda O’zbekiston o’ziga xos va mos taraqqiyot modeli asosida bozor iqtisodiyotini vujudga keltirdi, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi. Endilikda iqtisodiyot taraqqiyoti yangi innovastiyalarga, zamonaviy bilimlarga asoslanib olib borishni hayotiy zaruriyatga aylantirmoqda. Bilimlar nafaqat texnologik jarayon hisoblanmasdan, balki yangi boshqaruv usullarini ham ifodalaydi, keng ko’lamda bilimlardan foydalanishni taqozo etib, konkret bozor jarayonlarini takomillashtira boradi. Demak, bilimlarga asoslangan iqtisodiyot – bu iqtisodiyotning majmui sifatida tarkib topishi hamda rivojlanishini ifodalab, ayni paytda iqtisodiy o’sishning asosiy omilidir.

Bilimga asoslangan iqtisodiyot aholining barcha qatlamlari doirasini qamrab oladigan kengaytirilgan uzluksiz ta’lim tizimini mavjudligini talab etadi. Bu ta’lim tizimlari ishchi kuchi tarkibida malakali mutaxassislar salmog’ining o’sishini ta’minlashi hamda fuqarolarning uzluksiz bilim olishi uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilishi kerak. Ta’limning uzviyligini va uzluksizligini ta’minlashda o’rta umumiy, akademik listey va kollejlar hamda alohida bilimlarga asoslanish zarurati haqida to’xtalar ekanmiz, albatta oliy ma’lumot olishga alohida e’tiborni qaratish kerak. Boisi oliy ma’lumotli, bilimi bor ko’pchilik shaxslar innovator va tadbirkor bo’lishadi, jamiyat resurslarini tejaydi, ekologiyani saqlashga ko’maklashadi va o’zlari faol bo’lib, qonunlarni chuqur o’rganib, o’zini-o’zi boqadilar, boqimanda bo’lmaydilar, farzandlarini ham oilada bilimga undashadi, yo’naltiradi, tadbirkorlikka o’rgatadilar. Oliy va o’rta-maxsus va umuman ta’lim sohasi isloh qilib borilayotgan hozirgi jarayonda yangi innovastion g’oyalar yaratadigan, telekommunikastiya sohasida zamonaviy ixtirolar qiladigan raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash va ularning xalqaro andozalar bilan ishlay oladigan etuk kadr bo’lib shakllanishiga barchamiz ma’sul ekanligimizni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bir qator ma’ruza va nutqlarida ta’kidlagan. Shuni hisobga olib, oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan mutaxassislarni ham ilmiy, ham amaliy jihatdan mukammal shakllanishlari uchun ilmiy markazlar bilan hamkorlik ishlarini jadal sur’atlarda olib borishga katta ahamiyat berish lozim. Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi hamkorlikda real integrastion aloqani ta’minlash maqsadida 2006 yil 22 iyunda “Fan va ta’lim integrastiyasi “to’g’risida 134-sonli qo’shma qaror qabul qildi. Mazkur qarorda O’zbekiston Respublikasining ilmiy-texnik rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari hamda rivojlangan davlatlarning xalqaro tajribalariga tayanib, akademik listey, kollej, bakalavriat va magistraturaning davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlarini yangilash bo’yicha o’quv mashg’ulotlarining barcha turlarida ilmiy-tekshirish elementlarini kengaytirish, yoshlarning ilmiy jihatdan bilim saviyalarini oshirish maqsadida o’quv mashg’ulotlarini qisman (ma’ruza, amaliy mashg’ulot, laboratoriya ishlari va malakaviy amaliyotlari) o’qishning birinchi kunidan boshlab ilmiy asosda tashkil etish, magistrlarning malakaviy amaliyotiga, ilmiy-pedagogik faoliyati hamda magistrlik dissertastiyasiga (MD) va bitiruv malakaviy ishlariga (BMI) ilmiy rahbarlarni etuk olimlar va xodimlar tomonidan tayinlash, ularning magistrlik dissertastiyalari mavzularini hamkorlikda muhokama etib tasdiqlash, etakchi ilmiy markazlar bazasida kafedra filiallarini ochish, uning rahbari, shtat va yuklamasini aniqlash, olimlar va mutaxassislar ishtirokida barcha MD va qisman BMI himoyasini tashkil etish ko’zda tutilgan.

Faoliyat ko’rsatayotgan o’rta maxsus, kasb hunar ta’limi tizimidagi ilmiy izlanishlar, shuni ko’rsatadiki, respublikamiz ijtimoiy iqtisodiy sohalarini rivojlanib borishi, o’rta maxsus, kasb hunar ta’limi tizimida kadrlar tayyorlash sifatini yanada takomillashtirish, fan va texnika, texnologiyalarining zamonaviy yutuqlariga tayangan holda, o’quvchilarni kasb hunarga o’rgatishda ularning bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirib borish, izlanuvchilanlikka, ijodkorlikka fikrlash qobiliyatini yuksaltirishga, nutq madaniiyatini o’stirishga, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlariga, axborot kommunikastion texnologiyalari xizmatidan maqsadli foydalanish imkoniyatlarini oishirishda o’quvchilarda kasbiy fanlar bo’yicha mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakllantirish maqsadga muvofiqligi, shu bilan bira kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini kasbga yo’naltirish va kasbiy ma’naviy axloqiy fazilatlarini shakllantirish lozimdir. Bu masalalarni faqat OTM bilan hamkorlik va o’zaro integrastiyalash hisobiga amalga oshirish mumkin.

2008 yil 18 iyundagi O’zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalariga kasb-hunar kollejlarini biriktirish» va “Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga amaliy uslubiy yordam ko’rsatishni tashkil etish» to’g’risidagi buyrug’ining 1-bandi “O’zbekiston Respublika oliy va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining ta’lim samaradorligi va kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida hududiy va ixtisoslashtirilgan xususiyatlardan kelib chiqqan holda respublika oliy ta’lim muassasalariga akademik listey va kasb-hunar kollejlarini biriktirish» to’g’risidagi buyrug’i, 2011 yil 14 martdagi 109 sonli “O’rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalariga amaliy yordam ko’rsatish yuzasidan oliy ta’lim muassasalari hamkorlik aloqalarini rivojlantirish to’g’risidagi» buyrug’i, 2005 yil 2 martdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 39-A sonli buyrug’ida belgilangan etakchi oliy ta’lim muassasalarining akademik listey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektorlar faoliyati samaradorligini ta’minlash va boshqa me’yoriy hujjatlar bu ikki ta’lim bosqichlari o’rtasida ilmiy asoslangan integrastiyaga uzluksiz huquqiy me’yoriy bazani yaratadi va qo’shimcha ravishda tizimli sinergetik samarani yuksaltiradi.

Ta’lim tizimi ochiq tizim bo’lib, undagi kirish va chiqishlar ko’proq tashqi omillarga ham bog’liq - oila, mahalla, sog’liqni saqlash, ilm-fan, ma’naviyat va madaniyat, kichik biznes va xususiy oilaviy tadbirkorlik, jamiyat, boshqaruv tizimi va ishlab chiqarish. Bularni ta’lim bilan hamkorlikdagi samaradorligi ta’limdagi sifatning sezilarli darajada katta qismini ta’minlashi mumkin. Masalan, intellektual (ziyoli) oilada ta’lim va fanga nisbatan muhit, oilada tashkil etilgan ustoz-shogird makatabida ota-onalar o’z tarbiya, tajriba va bilimlarini to’liq o’rgatish va boshqa mutaxassislarni jalb qilish, oila harajatlarining ko’pincha bilim olishga va inttellektni rivojlantirishga qaratilishi ta’limda sinergetik effektni o’stiradi.




Yüklə 110,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin