Elektrostatik maydon, nuqtaviy zaryadning maydon kuchlanganligi, potenstiallar farqi bilan bir jinsli maydon kuchlanganligi orasidagi munosabat, elektr sig’im, yassi kondensatorning elektr sig’imi, kondensatorlarni ulash, elektrostatik maydon energiyasi, tok zichligi, Butun zanjir uchun Om qonuni, metall o’tkazgichlar qarshiliklarini temperaturaga bog’liqligi, elektrolitlarning elektr o’tkazuvchanligi, elektroliz hodisasi, Faradey qonunlari, gazlarda elektr toki, yarimo’tkazgichlarda xususiy o’tkazuvchanlik, tokli to’g’ri o’tkazgichning magnit maydon indukstiyasi, bir jinsli magnit maydonida zaryadli zarrachaning harakati, Amper qonuni, elektromagnit indukstiya, o’zindukstiya hodisasi, Lenst qoidasi. Induktivlik, magnit oqimi, energiyasi va zichligi. O’zgaruvchan tok zanjiridagi kondensator, induktiv g’altak. Erkin elektromagnit tebranishlar va to’lqinlar. Radioaloqaning fizik asoslari, yorug’lik interferenstiyasi, difrakstiyasi, dispersiyasiga oid olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun masalalar echish, test topshiriqlarni bajarish, lug’at, ilmiy-ommabop adabiyotlardan, internet, elektron ishlanma, elektron darsliklar va boshqa axborot vositalaridan foydalanish va olgan bilim, ko’nikmalarini kundalik turmushda va texnikada qo’llash. Kondensator, elektrostatik mayatnik, elektr va magnit maydonlar spektrlarini namoyish etish uchun model, shisha tayoqcha, ebonit tayoqcha, reostat, o’zgaruvchan tok ampermetri va voltmetrlardan amaliyotda foydalanish.