Buxoro davlat universiteti



Yüklə 110,82 Kb.
səhifə57/59
tarix01.01.2022
ölçüsü110,82 Kb.
#50793
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Fizika fanini bosqichli o’qitish xususiyatlari

II Bob boyicha xulosa

Maktabda o‘rganilgan fizikaviy bilimlar akademik litsey va kasb hunar kollejlarida aynan takrorlanmasligiga, ta‘lim mazmunining uzluksizligi va uzviyligiga alohida e‘tibor qaratish kerak. Maktab dasturidan chiqarilgan va o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limida takrorlangan mavzularni kengaytirilgan yagona yaxlit holda o‘qitilishini ta‘minlash kerak.

Maktab va akademik litsey hamkorligini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

1. Fizika-matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablar (sinflar) tashkil etishda kamida ikkita fan birgalikda chuqurlashtirilgan holda o‘rganish.

2. Fizika-matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablar (sinflar) uchun o‘quv dasturini tuzishda maktab va akademik litseyning aloqadorligiga asosiy e‘tiborni qatratish lozim.

3. Fizika-matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablar asosan aniq fanlar yo‘nalishidagi (fizika va matematika) akademik litseylarga o‘quvchilar yetkazib berishga asosiy etibor berish kerak.

4. Fizika-matematkaga ixtisoslashtirilgan maktablar bilan aniq fanlar yo‘nalishidagi akademik litseylar o‘zaro hamkorligini rivojlantirish uchun maktab va akademik litsey o‘qituvchilari birgalikda uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashi lozim.

5. Akademik litsey o‘qituvchilari maktablarda ochiq darslar tashkil etishi kerak.

6. Maktab va akademik litseylarning o‘zaro hamkorligini oshirish uchun birgalikda seminarlar va davra suhbatlari tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi

7. Uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda akademik litsey o‘qituvchilariga maktab o‘qituvchilari taqrizlar berish.




Xotima

Davr talabiga javob beradigan raqobatbardosh, mustaqil lslash konikmasiga ega yohlarni tarbiyalash dolzarb muammo.Dunyoning rivojlangan davlatlari hamda mamlakatimizda yaratilgan chet tillardan uzluksiz ta’lim tizimi standartlari va o’quv dasturlarini ishlab chiqish tajribasidan kelib chiqib, fizika o’quv predmeti bo’yicha boshlang’ich ta’limdan boshlab, akademik listey va kasb-hunar kollejini bitirgunga qadar o’rganiladigan bilimlar o’quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda darajalangan tizim ishlab chiqildi. Bunda, A1 daraja 6-sinflar uchun, A2 daraja 7-9-sinflar, B1 daraja o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining 1-2-kurslari uchun belgilandi.

Bundan tashqari, ta’limda har bir o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida o’quvchilarda, shu fanning o’ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda:

- fizika faniga tegishli xususiy kompetenstiyalar ham shakllantiriladi jamiyatda o’zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni mukammal o’zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish;

- o’z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to’g’ri qo’ya olish va javob berish;

- ijtimoiy moslashuvchanlik, o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

- muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozistiyasini himoya qila bilish, uni ishontira bilish,turli ziddiyatli vaziyatlarda o’z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo’lgan qarorlarni qabul qila olishjihatlarni shakillanturadi;

Fizika o‘quv fanidan ta‘lim berishning II bosqichida akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida umumiy ta‘lim predmeti sifatida o‘qitiladigan fizika kursining maqsadi umumiy o‘rta ta‘lim negizida fizikadan fundamental bilim berish,fizik hodisalar va olamning fizik manzarasini ilmiy asosda tushuntirish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va falsafiy mushohada yuritish qobiliyatini rivojlantirish, nazariya va amaliyotning dialektik bog‘liqligini ochib berish, tabiatda va texnikadagi fizik jarayonlarni idrok etish salohiyatlarini oshirish, olgan bilimlarini kundalik hayotiy ehtiyojlarida va xalq xo‘jaligidagi faoliyatlari uchun tayyorlash ta‘lim olishni davom ettirish uchun zamin yaratishni ta‘minlashdan iborat.





Yüklə 110,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin