Buxoro davlat universiteti


Yunon va rim faylasuflarining pedagoglar hamda ularning notiqlik san’ati to’g’risidagi g’oyalari



Yüklə 62,68 Kb.
səhifə14/21
tarix02.01.2022
ölçüsü62,68 Kb.
#40055
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Бекзод мустақил таълим

3. Yunon va rim faylasuflarining pedagoglar hamda ularning notiqlik san’ati to’g’risidagi g’oyalari.
Notiqlik san’ati tarixi haqida so‘z yuritganda qadimgi Yunon notiqligi, Rim hukmronligi davridagi notiqlik, O‘rta Osiyo notiqligi tarixi haqida bir qator ma’lumotlarning mavjudligini aytish mumkin.

Juda ko‘plab ilmlar markazi hisoblangan Yunoniston notiqlik san’ati sohasida ham jahon madaniyati tarixida yorqin sahifalar yaratgan. Qadimgi yunon notiqlik san’ati o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan murakkab voqelikdir.

Notiqlik san’ati haqidagi ilk ma’lumotlarni Gomerning (eramizdan oldin XII asrlar o‘rtasida yashagan) “Iliada” va “Odisseya” dostonlaridan olish mumkin. Gomer dostonlari ma’lumotiga qaraganda, qadimgi Yunoniston tuprog‘ida eramizdan avvalgi shu davrlarda Nestor, Menelay, Odissey, Axill kabi mashhur notiqlar bo‘lgan. Bu to‘rt notiq shu san’atning 4 yo‘nalishiga mansub bo‘lib, ular maxsus notiqlik maktablarida tahsil olganlar.

Bu san’at harbiy mutaxassislik va boshqa zarur ijtimoiy mutaxassisliklar qatori maxsus maktablarga ega bo‘lgan. Shuning uchun e’tiborli oilalar farzandlarini yoshligidan shu san’at bilan qurollantirishga uringanlar.



XIII-XII asrlardagi notiqlik san’ati tarixiy taraqqiyotning madaniy cho‘qqisi bo‘lgan, ana shu ravnaq necha asrlar osha yangidan ko‘tarilgan, keyingi yuksaklikning pishib yetishiga ijobiy ta’sir etgan.


Yüklə 62,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin