Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti mustaqil ish Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yõnalishi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə14/27
tarix21.05.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#58928
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
2 GIB-21S guruh talabasi Sojida Sattorova

14. Balandlik mintaqalari.
Balandlik mintaqalari - togʻlarda mutlaq balandlikning ortib borishi bilan tabiiy xususiyatlarning qonuniy oʻzgarishi. Geomorfologik, gidrologik, tuproq hosil boʻlish jarayonlari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi tarkibining oʻzgarishida kuzatiladi. Balandlik mintaqalari ning xususiyatlari yon bagʻirlarning ekspozitsiyasi (roʻparaligi), ularning hukmron havo massalariga nisbatan joylashganligi va okeanlardan uzoqligi bilan aniqlanadi. Mintaqalar soni odatda baland togʻlarda ekvatorga yaqinlashgan sari ortadi.


Atmosfera bosimi troposferada 133 n/m2 ga (har 11 – 15 m balandlikda 1 mm simob ustuniga) pasayadi. Jami suv bugʻining yarmi 1,5 – 2 km dan quyida toʻplangan boʻlib, yuqoriga koʻtarilgan sari bugʻ va havodagi chang kamayadi. Shunga koʻra quyosh radiatsiyasining institutensivligi togʻlarda yuqoriga koʻtarilgan sari ortadi, togʻ yon bagʻirlari yuzasidan atmosferaga tushayotgan uzun toʻlqinli nurlar va atmosferadan tushayotgan muqobil nurlar kamayadi. Atmosferada radiatsiyaning yutilishi va qaytarilishi sharoitlarida va havoning vertikal almashishida havo temperaturasi, odatda, troposferada har kilometr balandlikda oʻrtacha 5 — 6° kamayadi.


Kishilarning xoʻjalik faoliyati tabiat bilan bogʻliq boʻlganligi sababli madaniy landshaft ham oʻzgaradi. Togʻlardagi eng quyi mintaqa landshafti shu togʻ joylashgan zona landshaftiga oʻxshaydi. Mac, choʻldagi togʻlarning quyi mintaqasi choʻlga oʻxshash. Balandlik mintaqalari yuqoriga koʻtarilgan sari tekislik zonalari tabiati almashingan tartibda oʻzgara borsa ham lekin aynan takrorlanmaydi. Mac, togʻlardagi tundra va muzlik mintaqalarida qutb kun-tunlari boʻlmaydi, bu narsa tabiatning boshqa omillarida ham oʻz aksini topadi. Mintaqalarning tabiatiga mahalliy sharoit, shamol, relyef, togʻ yon bagʻirlari ham taʼsir koʻrsatadi. Balandlik mintaqalari ikki guruhga — dengiz boʻyi Balandlik mintaqalari va quruqlik Balandlik mintaqalari ga boʻlinadi. Oʻrta Osiyo togʻlarining etagida choʻl mintaqasi, soʻngra togʻ dashtlari, undan yuqorida togʻ oʻrmonlari, soʻngra togʻ oʻtloqlari, yana ham yuqorida baland togʻ choʻllari va, nihoyat, qor-muz mintaqalari joylashgan.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin