Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti mustaqil ish Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yõnalishi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə15/27
tarix21.05.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#58928
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
2 GIB-21S guruh talabasi Sojida Sattorova

15. Biosfera va uning tuzilishi.
Biosfera (bio... va yun. sphaira—shar) — Yerning tirik organizmlar tarqalgan qobigʻi. Biosferaning tarkibi va energetikasi undagi tirik organizmlarning faoliyati bilan bogʻliq. Biosfera "hayot qobig'i", toʻgʻrisidagi dastlabki fikrni Lamark bildirgan. "Biosfera" terminini esa fanga avstraliyalik geolog E. Zyuss (1875) kiritgan. Biosfera toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotni rus olimi V. I. Vernadskiy (1926) ishlab chiqqan.
Biosfera atmosferaning ozon ekranigacha balandlikda boʻlgan qismi (20–25 km), litosferaning sirtqi qismi va gidrosferani toʻliq oʻz ichiga oladi. B.ning quyi chegarasi quruqlikda 2–3 km, okean tubida 1–2 km chuqurlikkacha boradi.


Yerdagi hayot murakkab va xilmaxil organizmlar kompleksidan iborat. Tirik organizmlar va ular yashaydigan muhit oʻzaro chambarchas bogʻlangan bir butun dinamik sistema—biogeotsenozlarni hosil qiladi.


Yerda hayotning rivojlanishi davomida organizmlarning bir guruhi ikkinchisining oʻrnini olib turgan boʻlsada, u yoki bu geokimyoviy funksiyalarni bajarib turadigan organizmlar nisbati oʻzgarmasdan qolgan. Shu tufayli turli geologik davrlarda moddalar bir xil tezlikda Yer qobigʻida toʻplanib borgan. Shunday qilib, tirik organizmlar hayotning muhim sharti boʻlgan anorganik muhitning doimiyligi (gomeostaz holati)ni sakdab turadi.


Inson faoliyati Yer yuzini tubdan oʻzgartirishga qodir boʻlgan hozirgi davrda biosferaning rivojlanishi yangi pogʻonaga koʻtarildi. Soʻnggi yillarda insonning biosferaga biokimyoviy taʼsiri boshqa barcha tirik organizmlarga nisbatan juda katta kuchga aylandi. Lekin tabiiy resurelardan foydalanishni B.ning rivojlanishi va funksiyasi qonuniyatlarini nazarpisand qilmasdan amalga oshirilishi (mas, oʻrmonlarning kesilishi, yerlarning oʻzlashtirilishi, shaharlar, zavod, fabrikalar, sunʼiy suv havzalari, yoʻllar qurilishi va boshqalar) B.dagi biokimyoviy jarayonlarga katta taʼsir oʻtkazmoqda. Yer osti boyliklarini qazib olib, juda kup miqdorda yoqilgʻi yoqilishi moddalar almashinuvini tezlashtirib, biosfera tarkibi va uning gomeostaz holatiga taʼsir koʻrsatadi. Shu tufayli biosferani bir butun, muayyan darajada tartibga solingan murakkab dinamik sistema deb qaralishi unda kechadigan jarayonlarni toʻgʻri tushunib olishga yordam beradi. Biosfera toʻgʻrisidagi taʼlimot ekologiya, biotsenologiya va boshqa fanlarning rivojlanishida, tabiat va jamiyatning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan juda koʻp oʻta murakkab muammolarni xal etishda katta ahamiyatta ega.


Insonning biosferaga salbiy ta’siri. Turli tabiiy ofatlar, ocharchilik insonlar soni kamayishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, 1975-yilda Xitoyda bo’lgan yer silkinishidan 600 mingdan ortiq odam o’lgan bo’lsa, 1985-yilgi Mexikodagi yer qimirlash 20 ming, Kolumbiyadagi vulqon 26 ming, Armanistondagi yer qimirlash 25 ming, Tojikistonda esa 100- mingdan ortiq odamlar o’limiga sabab bo’ldi, 2001-yil yanvar oyi oxirida Hindistondagi yer silkinishida 40000 ga yaqin kishi halok bo’lgan.


Ammo insonning tabiatga ko’rsatgan salbiy ta’siri xilma-xildir. Masalan, o’rmonlardagi yong’in sababli ming-minglab gektar yerdagi daraxtlar, ularning organik moddasi yonib ketadi. Atlantika okeani ustidan uchib o’tgan reaktiv samalyot 35 t. kislorod yutib, atmosferaga yutgan kisloroddan ortiq zaharli gazlar chiqaradi. Yerga haddan ziyod ko’p zaharli moddalar ishlatilishi biosfera turg’unligining buzilishiga sabab bo’ldi. 1960-90 yillar O’zbekiston paxta dalalarining har gektariga 45–51 kg dan zaharli gerbitsidlar qo’llanilishi qancha-qancha insonlarning og’ir dardga chalinishiga sabab bo’ldi, qanchasi hayotdan ko’z yumdi. Zaharli moddalar ta’siri ham ko’p yilar davom etadi. Turli mamalakatlar tomonidan dunyo okeani 6-7 mlrd.t qattiq chiqindilar tashlanadi, gidrosfera 90-100 mln. t. neft, neft mahsulotlari shundan 19-20 mln. tonna yer usti ekosistemasiga, 60-70 mln. tonna atmosferaga tushadi. Shunday texnogen sabablarga ko’ra, keyingi 130 yil ichida atmosferada CO2 miqdori 0,3% dan 0,5% ga yetib qoldi. Ovropa mamlakatlaridagi sanoat va transportdan ajratilgan zaharli gazlar yerga (yomg’ir) kislotasi shaklida tushmoqda, havoda zaharli gazlar miqdori ortgan, masalan, 1 odamga 47 kg zaharli gazlar to’g’ri keladi. Atmosferadagi 70% gazlar Shetsiya va 80% esa Norvegiya sifatida shamol bilan boshqa qo’shni hududlarga tarqaladi. Ovropa hosil bo’ladigan kislotali yomg’irlarning 20% i Shimloy Amerikadan keladi. Keyingi 4-5 yil ichida Osiyo osmonida sariq tuman hosil bo’lib, kislotali yomg’ir 2005-yil 10, 14-iyul kunlari Toshkentga yog’di. Yomg’ir sariq zang pH=4,5 bo’lib, yomg’ir tufayli sabzavot o’simliklari qurib qoldi. Bundan 150-170 yillar avval Ovropa yerlariga atmosferadan yog’in bilan kadmiy elemnti tushgan emas, lekin keyingi vaqtda gektariga 5,4 - 5,5 gr kadmiy tushmoqda. Uning odamning ayrim bezlaridagi miqdori 1900-yilga qaraganda 75-80 barobar ortgan.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin