Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti mustaqil ish Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yõnalishi


Biosfera. Yerda hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə16/27
tarix21.05.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#58928
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
2 GIB-21S guruh talabasi Sojida Sattorova

16. Biosfera. Yerda hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
Hayotning paydo boʻlishi - tirik organizmlarning paydo boʻlishi va rivojlanishi toʻgʻrisidagi qarashlar majmui. [[Hayotning tabiati (qarang [[Hayot), uning paydo boʻlishi toʻgʻrisida har xil fikrlar mavjud. Ilo-hiy kitoblarda tirik jonzotlarni muayyan makon va zamonda maʼlum reja asosida oliy Yaratuvchi tomo-nidan yaratilganligi taʼkidlanadi. Qurʼonda dunyo 6 kunda yaratilganligi yozilgan. Irlandiyalik arxiyepis-kop Asher dunyo miloddan avvalgi 4004-yil oktabrda yaratilganini hisoblab chiqqan. Kreatsionizm taʼlimotiga asosan hayot gʻayritabiiy hodisa natijasida bir marta paydo boʻlgan va oʻshandan buyon oʻzgarmasdan qolgan. Qad. Xitoy, Rim, Bobilda paydo boʻlgan nazariyalarga binoan hayot tabiatda "avjud boʻlgan narsalardan oʻz-oʻzidan (spontan) vu-judga kelgan. Yunon faylasufi Em-pedokl (miloddan avvalgi 490—430 yil) tiriklik havo, tuproq, olov va suvdan; Demokrit (miloddan avvalgi 460—370 yil) hayot loydan; Fales (miloddan avvalgi 625—547 yil) oʻsimlik va hayvonlar balchiqdan paydo boʻlgan, degan fikr bildirishgan. Aristotel fikricha, moddaning muayyan zarrachasi "hayotiy kuch"ga ega; bu kuch qulay muhitda tirik organizmni paydo qiladi: Van Gelmont (1577—1644) iflos kiyim, qorongʻi shkaf va bugʻdoy donidan 3 hafta davomida sichqon paydo boʻlganligini yozadi. Ammo Italiya vrachi va biologi Franchesko Redi ogʻzi yopilgan idishda saqlangan goʻshtda pashshalar paydo boʻlmasligini isbot qiladi. Shu tariqa tiriklik faqat tiriklikdan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi biogenez konsepsiyasi vujudga keldi. A.Levenguknkt mikroskopik organizmlarni kashf etishi bilan mikroorganizmlarning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi qarashlar avj oldi. Ammo italyan tabiatshunosi Spallansani (1765) olovda pishib turgan goʻsht va sabzavot qay-natmasi solinib, ogʻzi kavsharlangan idishni bir necha vaqt kuzatadi va qay-natmada hech qanday hayot izini topolmaydi. Lekin hayotning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi gʻoyasining tarafdorlari ogʻzi kavsharlangan idishga hayotiy kuch tutp-maganligini vaj qilib koʻrsatishadi. [[Hayotning oʻz-oʻzidan paydo boʻlmasli-gini isbotlash uchun L.Paster (1860) tajribada ogʻziga G) shaklida egilgan nay ulangan kolbada qaynatilgan goʻshtning aynimasligini isbot qildi. Lekin L.Paster tajribasi Hayotning paydo boʻlishib. muammosini hal etib berolmadi; ak-sincha hayotning abadiy mavjudligi toʻgʻrisidagi gʻoyaning paydo boʻlishiga olib keldi.


Hayotning paydo boʻlishib. toʻgʻrisidagi panspermiya taraf-dorlari fikricha, hayot Galaktika yoki koinotning turli qismlarida bir necha marta qayta paydo boʻlgan; yerga esa meteoritlar va kosmik zarrachalar bilan birga kelib qolgan. Bu nazariyani dastlab nemis olimi G.Rixter (1865) taklif etgan, soʻngra S.A.Arrenius (1895) shakllantirgan. Panspermiya tarafdorlari oʻz qarashlarini isbotlash uchun nomaʼlum uchar obʼyektlarning yerga koʻp marta tashrif buyurganligi, qoyalarga chizilgan rasmlar va oʻzga planetaliklar bilan uchrashuvlar toʻgʻrisida shov-shuv koʻtarishadi. Biroq kosmik kemalarda olib borilgan tadqiqotlar koinotda hayot nishonasi borligini isbotlamadi.


1924-yilda rus biokimyogari A.I.Oiarin, keyinroq angliya biokimyogari va genetigi J.Xoldeyn (1929) tomonidan tabiatshunoslik fanlari toʻplagan dalillarni umumlashtirish asosida Hayotning paydo boʻlishib.ni uglerod birikmalarining uzoq davom etgan evolyuniyasi tariqasida talqin qiladigan gipote-za taklif etildi. Bu gipoteza Hayotning paydo boʻlishib. toʻgʻrisidagi hozirgi tasavvurlarning asosini tashkil etadi. Bu gipotezaga binoan Yerda Hayotning paydo boʻlishib. jarayonini shartli ravishda 4 davrga boʻlish mumkin: birlamchi atmosfera gazlari hisobidan past molekulali organik birik-malar monomerlarining sintezi; monomerlar polimerlanib, oqsil va nuklein kislotalar zanjirini hosil qilishi; tashqi muhitdan membranalar bilan ajralib turadigan sistemalarning hosil boʻlishi; tiriklikka xos boʻlgan xususiyatlar, jumladan kimyoviy va metabolitik xossalarning kelgusi nasllarga oʻtkazilishiga imkon beradigan reproduktiv ap-paratga ega boʻlgan sodda hujayraning paydo boʻlishi. Dastlabki 3 davr Hayotning paydo boʻlishi b.dagi kimyoviy evolyutsiya, oxirgi 4-davr esa biologik evo-l yu s i ya deyiladi.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin