Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti mustaqil ish Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yõnalishi


Iqlim mintaqalari xaritasini ishlash



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə11/27
tarix21.05.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#58928
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
2 GIB-21S guruh talabasi Sojida Sattorova

11. Iqlim mintaqalari xaritasini ishlash.
Iqlim mintaqalari - Yer yuza sila kenglik boʻylab yoki kenglikka yaqin yoʻnalishda choʻzilgan, birbirlaridan quyoshning nur energiyasi bilan isitilishiga hamda atmosferadagi havo harakatlariga koʻra farq qiluvchi zonal mintaqalar. I.m.ning hosil boʻli-shiga asosiy sabab Yerning kurra (shar) shaklida ekanligidir. Yer yuzida ekvatorial, 2 subekvatorial (Shim. va Jan. yarim sharlar uchun), 2 tropik, 2 subtropik, 2 moʻʼtadil, subarktika, sub-antarktika, arktika va antarktika iqlim ajratilgan.

Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi. Boshqacha aytganda, iqlim — bu biror joydagi ob-havo holatlari toʻplamidir. Iqlim — yer yuzasining quyosh nurlariga nisbatan ogʻishiga bogʻliq ravishda obhavoning muayyan joyga xos boʻlgan koʻp yillik maromi, yaʼni biron joyda boʻladigan obhavo sharoitlarining majmui va mavsumiy geografik oʻzgarishi; quyosh radiatsiyasi, yer toʻshama sirti xususiyatlari hamda ular bilan bogʻliq atmosfera dirkulyasiyasi taʼsirida vujudga keladi. Har bir joy I.i uning boshqa joylardagi I.ga nisbatan oʻziga xos xususiyatlari haqida koʻp yillik meteorologik kuzatishlar natijasidagina toʻla tasavvurga ega boʻlish mumkin. Iqlim atmosfera va faol qatlam (yer yuzasi)da betoʻxtov davom etadigan tabiiy (I. hosil qiluvchi) jarayonlar (issiqlik, kinetik va b. shakldagi energiyalarning oʻzgarishlari, suvning bugʻlanishi, suv bugʻining suyuklikka aylanishi, namning bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi va h. k.) natijasidir. Yer sharining turli nuktalarida iqlining turlicha boʻlishi iqlim hosil qiluvchi omillarning har xil boʻlishiga, yaʼni bu jarayonlar sodir boʻladigan oʻsha geografik sharoitlarga bogʻliq. Geografik omillardan eng muhimlari joyning kengligi va balandligi, dengiz sohiliga yaqin-uzokligi, orografiya va oʻsimlik qoplamining xususiyatlari, qor va muzning bor-yoʻqligi, atmosferaning ifloslanganlik darajasi hisoblanadi. Bu omillar kengliklar boʻylab turli iqlimlarning shakllanishiga sabab boʻladi.
Yernit shakli, uning Quyosh atrofidagi harakati va ekliptika tekisligiga qiyaligi, yer yuziga quyosh energiyasi turli kengliklarda turlicha tushi-shi, Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi natijasida havo va suv harakatlari yoʻnalishini oʻzgartirishiga taʼsiri va bu taʼsirning yuqori kengliklarda kuchli boʻlishi I. hosil qiluvchi astronomik omillar hisoblanadi. Biroq bir kenglikning oʻzida ham I. qosil qiluvchi jarayonlar tabiiy geografik omillarga, yaʼni yer yuzasining quyidagi xususiyatlariga bogʻliq holda turlicha boʻladi: a) quruqlik va suv is-siqlikni yutish, saklash va qaytarish, namni bugʻlantirish, havo oqimlariga taʼsir etish xususiyatiga ega; b) quruqlik relyefi havo oqimlarining tutilib qolishiga, keskinlashuviga va oʻzgarishiga, yerning turli yoqlariga kuyosh nurining turli miqdorda tushi-shiga, yer yuzasidan suvning oqib ketish ketmasligiga va b. ga ham taʼsir koʻrsatadi; v) turli togʻ jinslaridan tarkib topgan quruqlik mintaqalari har xil issiqlik oʻtkazish xususiyatiga ega.



Butujahon iqlim tasniflari.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin