4. O‘zbekiston suv omborlari Suvni to’plab, undan kelgusida foydalanishga imkon beradigan inshoot suv ombori bo’ladi. Suv omborlari umumiy ko’rinishi, suvni to’plash shartsharoitlari, to’g’onining qurilishi usullari bo’yicha xilmaxildir. Ana shu belgilari bo’yicha ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. yopiq suv omborlari;
2. ochiq suv omborlari.
Yopiq suv omborlariga suv saqlanadigan kattakichik idishlar, rezervuarlar kiradi. Bunday suv omborlari temirdan, temirbetondan, tosh va boshqa materiallardan quriladi. Ular oqimni kunlar, hafta, oy, ba’zan mavsumlar bo’yicha boshqarishga mo’ljallanadi. O’lkamizda juda qadimdan mavjud bo’lgan sardobalarni ham ana shunday suv omborlari tipiga kiritish mumkin.
Ochiq suv omborlari ikki xil bo’ladi:
1. Dambali suv omborlari;
2. Тo’g’onli suv omborlari.
Dambali suv omborlari quyidagi ko’rinishlarda uchraydi:
a) bir tomonlama damba, nishab joyda seldan saqlash maqsadida quriladi;
b) gir aylana damba, gorizontal joyda quriladi;
v) yarim kovlangan damba, suv omborining suv sig’imini kattalashtirish maqsadida quriladi.
Suv omborlarining to’g’onlari vazifasiga ko’ra ikki turga bo’linadi:
a) suv sathini ko’tarishga mo’ljallangan to’g’onlar. Ular energetika, suv transporti, daryo yoki kanaldan suv olish maqsadlarida quriladi;
b) suvni to’plash va daryo oqimini boshqarish maqsadida qurilgan to’g’onlar.
Hozirgi kunda yagona maqsadda to’g’on qurish kam uchraydi. Ko’pchilik to’g’onlar majmualikompleks maqsadlarni ko’zlab quriladi.
Suv omborlarining asosiy ko’rsatkichlari
Suv omborlarining ko’rsatkichlari (parametrlari) ikki yo’nalishda belgilanadi:
a) suv omborining o’lchamlarini xarakterlaydigan parametrlar;
b) suv omboridan foydalanish rejimini aniqlaydigan parametrlar;
Birinchi turdagi, ya’ni suv omborlarining o’lchamlarini xarakterlaydigan parametrlar quyidagilardan iborat:
a) me’yoriy dimlanish sathi (MDS);
b) foydasiz hajm sathi (FHS);
v) ishchi suv sathi (ISS).
Me’yoriy dimlanish sathi (MDS) shunday sathki, suv ombori shu sathgacha to’ldirilganda to’g’on unda to’plangan suvni uzoq vaqt ziyonsiz ushlab tura oladi. MDS ning takrorlanishi va davomliligi daryoning oqim rejimiga va uning boshqarilish darajasiga bog’liq. Daryo oqimini mavsumiy boshqarishda MDS ga har yili, ko’p yillik boshqarishda esa faqat suv ko’p bo’lgan yili erishiladi.
Foydasiz hajm sathi (FHS)suv omborida to’plangan suvning shu sathdan yuqorida joylashgan qismidan foydalaniladi. FHS ning takrorlanishi ham daryoning oqim rejimiga va uning boshqarilish darajasiga bog’liq. FHS daryo oqimini mavsumiy boshqarishda har yili, ko’p yillik boshqarishda esa kam suvli yillarda-mejenning oxirida kuzatiladi.
Suv omborlarining suv sig’imihajmining quyidagi ko’rinishlari mavjud va ularning har biriga o’ziga xos vazifa yuklanadi:
a) foydali hajm yoki ishchi hajm (Vf);
b) foydasiz yoki o’lik hajm (Vo’);
v) umumiy yoki to’liq hajm (V);
g) ishchi chuqurlik (hi).
Foydali yoki ishchi hajm MDS va FHS orasida joylashgan bo’ladi. Daryo oqimi asosan shu hajmda boshqariladi.
Foydasiz hajm daryo oqimini boshqarishda ishtirok etmaydi, lekin suv inshootidan samarali foydalanishda u muhim ahamiyatga ega. Jumladan, loyqa oqiziqlarning cho’kishini, GES ni zarur napor bilan ishlashini ta’minlash foydasiz hajm o’lchami bilan bog’liqdir.