Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti mustaqil ish Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yõnalishi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə5/27
tarix21.05.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#58928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
2 GIB-21S guruh talabasi Sojida Sattorova

5. Ko‘llar va muzliklar.


Quruqlik yuzasida yer ustidagi va yer osti suvlari oqib tushadigan chuqurliklar ko‘p. Ana shunday tabiiy chuqurliklarda to‘planib qolgan suvga ko‘l deyiladi. Ko‘llar dengizlardan farq qilib, okeanlar bilan tutashmagan bo‘ladi. Ko‘llarda suv daryolardagidek o‘zanda oqmaydi.
Yer yuzida ko‘llar juda ko‘p. Eng katta ko‘l – Kaspiy ko‘li. Butun maydoni 376 ming km kv ni tashkil qiladi. Eng chuqur ko‘l – Baykal. Chuqurligi 1620 m, O‘rta Osiyodagi eng katta ko‘l — Orol dengizi. Hozirgi vaqtda Orol dengizi suvi qurib, maydoni juda kichrayib qolgan.
Ko‘l suvi to‘ldirgan chuqurliklar har xil yo‘l bilan, ko‘pincha Yer po‘stining asta-sekin pasayishidan hosil bo‘ladi. Yer po‘stining yorilishidan ham ko‘pincha uzun cho‘zilgan chuqurliklar vujudga keladi. Bunday chuqurliklar suvga to‘lib hosil bo‘lgan ko‘llar tektonik ko‘llar deyiladi. Kaspiy, Orol, Baykal ko‘llari shunday ko‘llardir.
Tog‘ daryolari vodiylarida chuqur to‘g‘on ko‘llar uchraydi. Ular tog‘lar qulab, vodiyni to‘sib qolishidan vujudga keladi. Pomir tog‘laridagi Sarez ko‘li shunday hosil bo‘lgan. Tekislikdagi daryolar ilonizi o‘zanlarda oqadigan joylarda eski o‘zanlar suvga to‘lib qolib o‘zan ko‘llar paydo bo‘ladi.
Agar ko‘llarga daryolar quyilsayu bironta ham daryo oqib chiqmasa, bunday ko‘l oqmas ko‘l deyiladi. Kaspiy, Orol ko‘llari shunday ko‘llar. Agar ko‘llardan daryo oqib chiqsa, u oqar ko‘l deyiladi. Baykal ko‘liga 300 dan ortiq kichik daryo quyiladi va undan bitta katta daryo – Angara daryosi oqib chiqadi. Baykal – oqar ko‘l
Quruqlikda qor to‘planib, hosil bo‘lgan ko‘p yillik muzlar muzliklar deyiladi. Ular daryo va ko‘llarni qoplab yotgan muzlardan farq qiladi. Sovuq o‘lkalarda va baland tog‘larda yoqqan qor erib ulgurmay to‘planadi va zichlashib muzga aylanadi. Tyanshan va Pomir tog‘laridagi muzliklar 3500 m dan balandda hosil bo‘ladi.
Qor yig‘iladigan va muzlik hosil bo‘ladigan balandlikning quyi chegarasi qor chizig‘i deyiladi. Qor chizig‘i qutbiy o‘lkalarda dengiz sathigacha pasayadi. Shuning uchun qutbiy o‘lkalarda – Antarktida materigi va Shimoliy Muz okeanidagi orollar da dengiz bo‘yidagi yerlar ham muzlik bilan qoplanib yotadi.
Tog‘lardagi muzliklar erib daryolarga suv beradi. Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari ko‘p suvini shunday muzliklardan oladi.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin