Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti mustaqil ish Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yõnalishi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə6/27
tarix21.05.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#58928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
2 GIB-21S guruh talabasi Sojida Sattorova

6. O‘rta Osiyo tog’ muzliklari
O’rta Osiyo tog’lari Yevrosiyoning eng baland va ulkan tog’laridan
biri hisoblanadi. Bu tog’lar MDX hududlarida joylashgan boshqa tog’
tizmalariga nisbatan quruq iqlim sharoitida joylashgan bo’lishiga qaramasdan, balandligi katta hamda g’arb va shimoldan kelayotgai
namgarchiliklarni tutib qoluvchi bir nechta uzellar bo’lganligi sababli,
ularda hozirgi zamon muzliklari keng tarqalgan.
O’rta Osiyoning Pomir va Tyan’shan’ tog’larida Yer sharining eng
katta muzliklari joylashgan. Bu tog’larning muzliklari o’zining
kattaligi va uzunligi jihatidan Yer sharining eng katta tog’lari
hisoblangan Qoraqurum va Himolay tog’larining muzliklari bilan
tenglasha oladi. O’rta Osiyo tog’larida turli xil muzliklar bor. Ular
tog’larda-ko’pchilik daryo vodiylarini egallabgina qolmay, ba’zi
rayonlarda kattagina territoriyalarni (hatto tog’ chuqqilarini) egallab
yotibdi.
Glatsiolog olimlarning olib borgan tekshirishlari shuni ko’rsatdiki,
hozirgi vaqtda O’rta Osiyo tog’larida 16,7 ming kvadrat qilometr
maydonni muzliklar qoplab olgan. Hozirgi zamon muzliklarining
makoni hisoblangan Arktikada muzliklariing maydoni 54 ming kvadrat
qilometrga tengdir. Geolog va geomorfolog olimlarning ko’p yillardan
beri olib borgan tekshirishlari shuni ko’rsatdiki. Yer sharining
to’rtlamchi davr mobaynida (taxminan bir million yillar ichida) O’rta
Osiyo tog’larida muzliklarning maydoni hozirgi muzliklar maydoniga
nisbatan bir necha marta katta bo’lgan.
O’rta Osiyo tog’larida hozirgi davr muzliklarining ko’rinishi bir xil
emas. Ularning bir nechta tiplari mavjud.Hozirgi muzliklar ichida eng
keng tarqalganlari vodiy muzliklaridir. Vodiy muzliklari O’rta Osiyo
tog’larining yog’ingarchilikka boy hamda chuqur daryo vodiylari
bilan kesilgan chekka qismlarida tarqalgan.
Pomir O’rta Osiyoning eng baland tog’laridan biri hisoblanadi. Bu
tog’ o’zining tuzilishi jihatidan ikki qismga bo’linadi.
SHarqiy Pomir - yassi tog’ bo’lib, uning hamma tomonidan ko’p
qismi doimiy muzliklar bilan qoplangan tog’ tizmalari o’rab olgan.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin