Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   373
innovatsion

Adabiyotlar ro‘yxati: 
1.
https://www.strategy.uz/
 
2.
https://e-finland.ru/travel/general/sistema-obrazovaniya-finlyandii.html
 
3.
https://uniquesingapore.ru/shkolnoe-obrazovanie-v-singapure/
 
4. Avliyoqulov N. X., Musayeva N. Pedagogik texnologiyalar. – T., 2008 
5. Tolipov U.K., Sharipov Sh.S. O‘quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini
rivojlantirishning pedagogik asoslari.- T., 2012 
Mustaqilligini 
rag'batlantirish 
Bolaning 
fikrlarini 
qo‘llab 
quvvatlash 
Qiziqishlarni 
inobatga olish 
Tanqidiy 
fikrlashni 
rivojlantirish 


446 
 
 
 
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TASVIRIY SAN’AT DARSLARINING 
MAZMUNIDA TARBIYA G‘OYASI 
Shukurov Avaz Ro‘ziboyevich 
Buxoro davlat universitetining pedagogika 
instituti San’atshunoslik kafedrasi dotsenti
Amrullayeva Jasmina 
Buxoro davlat universitetining pedagogika 
instituti Tasviriy san’at va muhandislik 
grafikasi ta’lim yo‘nalishi I kurs talabasi
Ma’lumki, hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan bir boshlang‘ich 
sinflarda ta’lim mazmunini zamon talabiga mos qilib qurishdan iborat bo‘lib qoldi. 
Bu vazifani amalga oshirish har jihatdan hozirgi davr o‘qituvchisini o‘z fani 
doirasida chuqur bilimga ega bo‘lishi, shuningdek ijodkor va izlanuvchan 
bo‘lishiga chorlaydi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi faqat bir yoki ikki fan 
doirasida emas, balki boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha fanlar doirasida 
bilim va malakalarga ega bo‘lishi davr talabidan bir hisoblanadi. Boshlang‘ich 
sinflarda tasviriy san’atni hozirgi kun talablari darajasida o‘qitish, fan yutuqlari 
ilg‘or tajribalardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu esa o‘z navbatida milliy 
san’atimizning an’analarini qadrlash, yangi marralarini zabt etish bilan birga 
o‘quvchilar dunyoqarashi va tafakkurini kengaytirishga imkon yaratadi. Yuqorida 
qayd qilinganlardan kelib chiqib, boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’atni 
o‘qitishning mazmunida quyidagilarga e’tiborni ajratamiz: 
Boshlang‘ich sinflarda borliqni idrok etish (shakl, rang). 
a)Narsaning asliga qarab tasvirlash (kompozitsiya) 


447 
b) Narsaning asliga qarab yasash (haykaltaroshlik) 
3. Boshlang‘ich sinflarda qurish yasash mashg‘ulotlarini tashkil qilish. 
4. Mavzu asosida rasm ishlash (kompozitsiya) 
5. Dekorativ rasm chizish (kompozitsiya) 
6. Tasviriy san’atdan suhbatlar o‘tkazish. 
Boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’atni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari, bu 
sinflardagi ta’lim mazmuni kichik maktab yoshidagi bolalarning yoshlik 
xususiyatlari va psixologiyasi, qiziqishi, ulardagi mavjud bilim va qobiliyat hamda 
layoqatlariga qarab belgilanadi. Ularga beriladigan topshiriqlar ham aynan shu 
xususiyatlarning darajasiga qarab belgilanadi. Bu esa o‘z navbatida bolalarni 
borliqdagi va san’atdagi go‘zallikni ko‘ra bilish, idrok etish, tushunish va 
qadrlashga o‘rgatadi. Ularda badiiy va estetik didni o‘stiradi, badiiy ijodiy 
qobiliyati va fantaziyani rivojlantiradi. Yuqoridagi fikrlarni shakllantirishda esa 
o‘quvchi tasviriy san’atning qonunlari: yorug‘soya, rangshunoslik, perspektiva va 
kompozitsiya tuzish kabilarga ro‘baro keltiradi. Bularning barchasi rasm ishlashda, 
haykal yasash, qurish – yasash ishlarida qo‘l keladi. Natijada esa ularda turli xil 
malakalar hosil bo‘la boshlaydi: Kuzatuvchanlik, ko‘rish xotirasi, chamalash, 
fazoviy va abstrakt hamda mantiqiy tafakkur rivojlanib boradi. O‘quvchilarning 
bilim va malakalari, ijodiy qobiliyatlari, qiziqishlari, idroklarini hisobga olib 
o‘tkaziladigan pedagogik tashhis ishlari quyidagi tashkiliy ishlar bilan bog`liq: 
-o‘quvchilar bilimlarini aniqlash uchun test materiallarini tayyorlash; 
-o‘quvchilarning bilim va malakalarini aniqlash uchun anketa va savolnomalar 
tayyorlash; 
-o‘quvchilarni bilim va malakalarini baHolash mezonlarini ishlab chiqish; 
-o‘quvchilarni bilim va malakalarini aniqlashga doir didaktik materiallar 
tayyorlash; 
O‘quvchilarning bilim va malakalarini tashhis etish bilan masalaning 
yechimi tugamaydi. Yangi materialni bayon etish va uni o‘quvchilar tomonidan 


448 
to‘liq o‘zlashtirilishi uchun tegishli metodika zarur bo‘ladi. Bu bosqichning muhim 
jihatlaridan biri tashhisdan o‘tgan guruhlarda o‘quvchilarning tasviriy san`atdan 
bilimlar hajmi va darajasini aniqlashdir. Gap shundaki, yangi mavzuni idrok 
etishga guruhdagi barcha o‘quchilar tayyormi yoki yo‘qmi, axir guruhdagi barcha 
bolalarning bilim va malakalari bir xil emasku?! Bir guruhdagi bir o‘quvchi 
ikkinchisiga qaraganda ozmi, ko‘pmi kengroq va chuqurroq bilimga ega. Shunday 
ekan, guruhdagi barcha bolalarni o‘qituvchi yangi materialni idrok etishi va 
o‘zlashtirishi uchun tayyorlashi lozim bo‘ladi. Tabaqalashtirish faqat guruhlar 
bo‘yicha emas, har bir o‘quvchi bilan ham yakkama-yakka ish olib borishni ham 
nazarda tutadi. U dars jarayonida, uyga topshiriqlar berganda amalga oshiriladi. 
Shuningdek, individual ta`lim faqat bo‘sh o‘zlashtiruvchi bolalar bilan ishlashni 
emas, bir yo‘la iqtidorli, qobiliyatli bolalar bilan ishlashni ham nazarda tutadi. 
Muammoning dolzarbligi ham shundaki, o‘quvchi yuqoridagilarni 
o‘zlashtirgach, tasviriy va amaliy san’at asarlarini o‘qiy oladi, ularni sevadi va 
qadrlaydi, savodli rasmlar bajaradi. Bu esa real hayotni tan olishga, milliy g‘ururni 
shakllanishiga ya’ni milliy mafkura: vatanparvarlik sifatlarini tarkib topishida 
zamin bo‘lib xizmat qiladi. Tasviriy san’at darslarining yana bir muhim tomoni, 
maktabda o‘qitiladigan barcha fanlar chambarchas bog‘liqligidadir, ayniqsa 
adabiyot, matematika, geografiya, tabiatshunoslik, mehnat kabi fanlar bilan 
uzviyligi darhol ko‘zga tashlanadi. Misol tarzida o‘quvchi matematika fanida
jismlarning o‘lchami bilan, geometriyada jismning shakli bilan, tabiatshunoslikda 
turli xususiyatlari bilan tanishsa, musiqa, mehnat va jismoniy tarbiya darslari 
ularda estetik sifatlarni tarkib topishini va ma’naviy sog‘lom bo‘lishini 
ta’minlaydi. 
Demak, tasviriy san’at darslarining mazmuni faqat rasm chizishni emas, balki 
yosh avlodni zamona talabiga mos yetuk ma’naviy sog‘lom, barkamol inson bo‘lib 
yetishida muhim ahamiyat kasb etishda xizmat qilar ekan. O‘qituvchi bolalarning 


449 
diqqati, idroki, xotirasi, tafakkuri, nutqi, his-tuyg`ulari, xarakteri haqida ham 
tasavvurga ega bo‘lishi talab etiladi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin