Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA RAQAMLI TA’LIM



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   373
innovatsion

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA RAQAMLI TA’LIM 
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
Ashurova Xurshida Asror qizi 
 Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
1-kurs magistranti
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini teranglashtirib o‘qitishda berilgan mavzuni 
aniq va to‘liq tushunib olishlari hamda qayta so‘zlab berishlarida va hayoniy
ko‘nikmalarini 
shakllantirishda 
yangi 
pedagogik 
hamda 
inovatsiyalik 
texnologiyalardan keng foydalanish zarurati mavjud. Bu borada O‘zbekiston 
respublikasi prezidentining 2019-yili 29-apreldagi PF-5712 sonli farmoni bilan 
O‘zbekiston respublikasi xalq bilimlantirish sistemasini 2030-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Bu konsepsiya boshlang‘ich ta’lim sifati 
va samaradorligini oshirish zamonaviy texnologiyalarni va innovatsion 
yondashuvlarni ta’lim jarayoniga olib kirish masalasi dolzarblik kasb etmoqda.
Bugungi kunda raqamli bilimlar zamonaviy axborot texnologiyalari 
taraqqiyotga erishishning muhim shartlaridan biri sifatida jamiyatimiz 
taraqqiyotida kirib kelmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘quv 
jarayoniga joriy etish natijasida elektron o‘quv qo‘llanmalar, virtual stendlar orqali 
murakkab texnologiyalarni qisqa vaqtda mukammal o‘zlashtirsh, masofadan turib 


436 
o‘qitishga imkoniyat yaratiladi. Jumladan, ta’lim sohasida fan va texnikaning 
so‘ngi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan audio, video, telekommunikatsiya va 
informatsion texnika hamda texnologiyarning foydalanish muhim ahamiyatga ega.
No‘anaviy ta’lim texnologiyasi – muayyan muddatga mo‘ljallangan, 
ta’llim jarayoni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy 
shakli, faol o‘qitish metodlari va zamonaviy didaktik vositalarning majmuini 
ta’lim-tarbiya ishidan ko‘zlangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishishdir. 
No‘anaviy ta’lim texnologiyasi an’anaviy texnologiyasidan o‘quvchilarning bilish 
imkoniyatlarini rivojlantirishga sharoit yaratilishi bilan farqlanadi. Mustaqil 
foliyatga hamda izlanuvchan va ijodiy xaraterga ega jarayon tuzilmasi alohida 
e’tibor qaratiladi. No‘anaviy ta’lim texnologiyasi o‘z navbatida uchga bo‘linadi: 

Hamkorlikda o‘rganish; 

Modellashtirish; 

Tadqiqot. 
Zamonaviy o‘quv-didaktik vositalar asosida o‘qitish, o‘quvchilarning bilim 
olish imkoniyatlarini oshirish, ularning mustaqil ishlash qobiliyatlari va amaliy 
ko‘nikmalarini o‘rganish darajalarini rivojlantirishda ijobiy samara beradi. 
Raqamli texnologiyardan ta'lim jarayonida eng ko‘p qo‘llanilayotgan elektron 
darsliklar bir nechta tashkiliy komponentga ega bo‘lishi zarur. Elektron darslikni 
ta’lim tizimiga tadbiq etish uchun u o‘zining interfeysiga, ya’ni elektron darslik 
yoki o‘quv qo‘llanmasi o‘ziga xos ko‘rinishdagi tashqi ega bo‘lishi lozim. O‘z 
navbatida interfeysga qo‘yiladigan asosiy talab uning intuitivligi hisoblanadi. 
Interfeysning boshqaruv elementlari foydalanuvchi uchun qulay bo‘lishi, uni matn 
yoki zarur mazmun bilan ishlashdan chalg‘itmasligi, kitobni saxifalash uchun 
qo‘llaniladigan boshqaruv elementlari esa uning har bir saxifasida bo‘lishi zarur. 
Haqiqatda, elektron kitoblarning turi ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, uning asosini 
gipermatnlar tashkil etadi.


437 
Biz yuqorida pedagogik jarayonda amalda aniq cheklashlar qo‘yilmagan 
ta’lim oluvchiga bilim olish uslubini tanlash imkoniyatini beruvchi dasturlar 
to‘plamini o‘zida aks ettirgan elektron kitoblar va noan’anaviy ta’lim shakllaridan 
ko‘proq foydalanish parurligini ta’kidlab o‘tdik. Mazkur yo‘nalishda tadqiqot olib 
borayotgan bu borada respublikamiz olimlaridan N.A.Muslimov elektron 
darsliklarning quyidagi talablariga javob berishiga alohida e’tibor qqararatilgan: 
• 
o‘quv dasturi va o‘quv-metodik ishlarni nashr etishda qo‘yiluvchi talablarga 
javob bera olishi (u fakultet ilmiy-metodik kengashi tomonidan tasdiqlanadi). 
Darslik muayyan soha yo‘nalishi bo‘yicha birinchi bor taqdim etilayotgan yoki 
avval nashr etilgan metodik qo‘llanmaning elektron versiyasi sifatida 
tayyorlanganligi va mazmunan umumiy, maxsus fakultativ me’yorlarga 
taalluqliligi; 
• 
ma’lum o‘quv kursi (yoki uning bir qismi)ning mazmunini ochib berish 
hamda o‘quv metodik maqsadlarga erishishga imkon bera oladigan darajada 
hajmga egaligi; 
• 
o‘quv-metodik maqsadlarga erishishga yordam beruvchi ko‘rgazmali 
elementlar (kompyuterning multimedia imkoniyatlaridan maksimal darajada 
foydalanish imkoniyati)ga egaligi; 
• 
materialning monitor ekranidan ish va tarmoq bo‘ylab joylashtirish 
xususiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqilganligi; 
• 
matnda gipermurojaatlarning mavjudligi bilan birga, zarur hollarda WEB 
manbalari va boshqa axborot resurslarining ko‘rsatilganligi; 
• 
materialni o‘zlashtirish darajasining ta’lim oluvchi tomonidan mustaqil 
baholanishiga imkon beruvchi nazorat savollarining mavjudligi; 
• 
ko‘plab tillarda ishlash, shuningdek, imkoniyati cheklangan o‘quvchilar 
uchun maxsus sharoitlarning yaratilganligi. 
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich ta’limda zamonaviy o‘quv-didaktik 
vositalar asosida o‘qitish, o‘quvchilaming bilim olish imkoniyatlarini oshirish, 


438 
ularning mustaqil ishlash qobiliyatlari va amaliy ko‘nikmalarini o‘rganish 
darajalarini rivojlantirishda ijobiy samara beradi.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin