443
2020- yil 29 – oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-
fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” farmoni
qabul qilindi. Mazkur farmon ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy intelektual
hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan vazifalar va ularni hayotga tatbiq etish yo‘llari atroflicha belgilab berildi.
Jumladan, unda mamlakatimizning 2030 – yilga kelib PISA ( The progamme for
International Student Assesment) o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini
baholash bo‘yicha xalqaro dastur reytingida jahonning 30 ta ilg‘or mamlakati
qatoriga kirishiga erishish vazifasi qo‘yilgan.
Shu konsepsiyaga binoan, tadqiqotlarda yetakchilik qilayotgan davlatlarning
ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish, ulardan andoza olgan holda o‘z
rivojlanish yo‘limizni tuzishimiz va shu yo‘lda ildam harakatlanishimiz lozim.
Bunga misol tariqasida Finlandiya va Singapur tajribasini ko‘rsatishimiz mumkin.
Finlandiya maktablarida, Yevropa maktablarida bo‘lgani kabi, sinflarga yondashuv
individualdir, ya’ni, har bir bola o‘z yo‘lini topishi kerak. Bir vaqtning o‘zida
ikkita o‘qituvchi
bir sinfda ishlaydi, bu ularning har biriga yukni yengillashtiradi
va qaror qabul qilish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va tezlashtiradi.
Har bir darsdan so‘ng o‘quvchilar nimani tushuna olganlarini va nimani tushuna
olmaganliklarini aytishlari mumkin. Bundan tashqari, mavzuni noto‘g‘ri tushunish
bolaning aybi deb hisoblanmaydi, balki o‘qituvchining bilim berish tizimini
loyihalashdagi nuqson sifatida tan olinadi. Finlandiya maktablarida imtihonlar
yo‘q, hatto bitiruvlar ham.
Teng ta’lim imkoniyatlari, yuqori sifatli ta’lim
va malakali ishchi kuchi
ta’lim tizimining asosi hisoblanadi. Fikrlash qobiliyati, ijodkorlik, global
xabardorlik, ijtimoiy va muloqot qobiliyatlari muvaffaqiyat kalitidir. Bundan
tashqari, bolalar qiyinchiliklardan qo‘rqmasliklari va kelajakda xatolardan
hafsalasi pir bo‘lmasligi uchun “ muvaffaqiyatsizlik – zavqli “ ekanligini
tushuntirish kerak.
444
Singapurdagi ta’lim tizimi Britaniya tamoyili asosida qurilgan. Dars ingliz tilida
olib boriladi. Singapurda
ham mamlakat fuqorolari, ham xorijliklar uchun ingliz
tilida ta’lim olish uchun birinchi darajadagi sharoitlar yaratilgan. Mamlakatda ham
davlat, ham xususiy ta’lim faoliyat ko‘rsatmoqda. Singapur maktablarida bolalar
ular boshlang‘ich maktabdan o‘rta maktabga va keying ta’lim bosqichlariga o‘tish
uchun imtihon topshiradilar. Bunday davrlarda bolaning ish yuki kuniga 12
soatgacha bo‘ladi. Bolalarga qo‘yilgan bunday talab fanni chuqur, aniq
o‘rganishga imkoniyat yaratadi. Har ikkala ta’lim tizimida ham quyidagilarga
e’tibor qaratiladi:
STEM o‘qitilish usulining samarali tashkillashtirilganligi;
Darsliklarning tez-tez o‘zgarib, mukammallashtirib turilishi;
Xorijiy tillarni o‘qitishning
samarali usullari;
Individual topshiriqlardan keng foydalanish;
Boladagi qobiliyatning to‘g‘ri rivojlantirilganligi;
Shunga asosan, mamlakatimizda jadallik bilan islohotlar amalga oshirilar
ekan, ta’lim tizimida sifat va samaradorlik kun sayin rivojlanib taraqqiy
topmoqda. Chet el tajribasini o‘rganish, ulardan kerakli jihatlarni ajrata olish,
ta’lim tizimimizda qo‘llay olish, xalqaro tadqiqotlarda munosib ishtirok etish
uchun keng imkoniyatlar ochadi. Hozirgi kunda umumta’lim
maktablarida
zamonaviy
kompyuter
texnologiyalaridan
foydalanish
imkoniyatlarini
takomillashtirish, ta’lim jarayonlarida zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan
to‘laqonli foydanish eng muhim ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. Boshlang‘ich sinf
darslarida milliy dastur bilan hamohang holda, o‘quv jarayoniga yangi
texnologiyalarni joriy etilishi, o‘qituvchilik faoliyatini yanada serqirra, ijodiy va
kreativ yondashuvga asoslangan kasbga aylantiradi. O‘quvchilarda go‘yalar va
axborotlarni tahlil qilish, muloqot,
qiziquvchanlik, ommaviy axborotlardan keng
foydalanish,muammoni aniqlash, muammoni yechimini izlay olish ko‘nikmalarini
shakllantirish zarur hisoblanadi.Ta’lim jarayonida o‘quvchilar faoliyatining
445
shakllanishi fan asoslarini o‘zlashtirishga oid mexanizm bo‘lib qolmasdan, balki
shaxsning umumiy ijyimoiy- madaniy qobiliyatlarini tarkib toptirishga ham
qaratilishini unutmaslik lozim.
Bolani kreativligini oshirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
Ta’lim tizimida keng imkoniyatlarning yaratilishi,
texnologiyalardan samarali
foydalana olish, turli islohotlar, xalqaro tadqiqotlardagi yetakchi mamlakatlar
tajribasi bilan tanishish, o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz tomon rivojlanib
borishimiz uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Boshlang‘ich sinfning sifatli
dasturlari, darsliklar , o‘qishni o‘rgatishning chuqur o‘ylangan metodikasi, ta’lim
tizimimizning rivojlanishiga asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: