Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Umumiy oʻrta ta’limning Milliy oʻquv dasturi. 
2.
Boshlangʻich ta’lim Konsepsiyasi. 
3.
Azizxodjaeva N.N. Oʻquv jarayonining samaradorligini oshirishda 
pedagogik texnologiyalar. T .: 2007.
4.
Abdullayeva B.S., Saidova M.J., Dilova N.G. Ta’limda multimedia 
texnologiyalaridan foydalanish. Darslik.
 
– Toshkent, 2021. 
5.
Abdullayeva B.S. Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik 
asoslari: Ped. fan. dok. diss... ― Toshkent: TDPU, 2006. 
6.
Abdullayeva B.S., Saidova M.J., Dilova N.G. Matematika oʻqitish 
metodikasi. Darslik. 2021. 
7.
Bikbayeva N.U., Sidelnikova R. Boshlangʻich sinflarda matematika 
oʻqitish metodikasi. - T: “Oʻqituvchi”, – 1986.
 
 
 


490 
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QISH 
SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA XORIJ TAJRIBALARIDAN 
FOYDALANISH 
Adizova Nodira Baxtiyorovna 
Buxoro davlat universitetining
Pedagogika instituti dotsenti, 
Boymurodova Sadoqat
Buxoro davlat universitetining
Pedagogika instituti magistranti
 
Dunyo davlatlari ta’lim tizimlari o‘zaro uyg‘un holda rivojlanishi uchun 
turli mamlakatlarning ta’lim tizimlarini baholashning umumiy dasturlari 
yaratilgan. Shunday dasturlardan biri bu PIRLS. PIRLS - (Progress in International 
Reading Literacy Study – xalqaro o‘qish savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish) –
bu turli mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning 
matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash 
tizimidir. 
Ushbu sinov turi har 5 yilda bir marta o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, 
uning oxirgi 2016-yilgi tadqiqotlari natijalariga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi 
yetakchilik qilmoqda. Sodda tilda aytganda, PIRLS – o‘quvchilarning matnni 
o‘qish va tushunish darajasini baholash. PIRLS va boshqa ta’lim sifatini baholash 
xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi, degan savolga 
quyidagicha javob berish mumkin: 
1.Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning 
xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar 
chiqarish imkonini beradi; 
2. Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pedagog kadrlar 
tayyorlash va ularni malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda 
mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi; 


491 
3. Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli 
o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; 
4. Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan 
milliy baholash tizimini yaratish imkonini beradi. 
5. O‘zbekistonda turli tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan 
holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda 
monitoring tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi, ta’lim sifati xalqaro 
baholash standartlariga moslashadi; 
6. Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat materiallarini xalqaro 
tadqiqotlarda qo‘llaniladigan nazorat materiallari sifati darajasida ishlab chiqish 
imkonini beradi. 
PIRLS tadqiqotida o‘quvchilar dars vaqtida va maktabdan tashqari 
vaqtlarida ishlatadigan o‘qishning ikki turi baholanadi: 
1) o‘quvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida o‘qish; 
2) ma'lumotni o‘zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o‘qish. 
Tadqiqotning konseptual qoidalariga muvofiq, badiiy va informatsion 
(ilmiy ommabop) matnlarni o‘qiyotganda o‘qish qobiliyatining to‘rtta guruhi 
baholanadi: 
aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topish; 
xulosalarni shakllantirish; 
ma’lumotlarni talqin va sintez qilish; 
mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash. 
Natijalarni baholash tartibi PIRLS da bajarilgan ishlarni sifatli va miqdoriy 
baholash uchun quyidagi tizim qo‘llaniladi: 
- javobni tanlash usulidagi to‘g‘ri javoblar 1 ball bilan baholanadi; 
- mavzu ketma-ketligini belgilash borasidagi to‘g‘ri javoblar 1 ball bilan 
baholanadi; 


492 
- erkin javob berish kerak bo‘lgan topshiriqlar vazifaning murakkabligiga 
qarab 1 balldan 3 ballgacha baholanadi. 
Natijalarni yakuniy qayta ishlash uchun zamonaviy sinov nazariyasi 
qo‘llaniladi. PIRLS 2011 PIRLS 2011 tadqiqotida 45 mamlakatdan 325000 
o‘quvchi qatnashdi. Rossiyadan, PIRLS-2011 tadqiqotida mamlakatning 42 
mintaqasidagi 202 ta ta’lim muassasalarining 4461 boshlang‘ich maktab 
bitiruvchilari qatnashdilar. 
An’anaga ko‘ra, tadqiqotlarda Angliya, Shimoliy Irlandiya, Belgiyaning 
fransuz tilida so‘zlashuvchi qismi va Gonkong mustaqil ishtirokchilar sifatida 
qatnashdi, chunki ularning ta’lim tizimi sezilarli farqlarga ega. Tadqiqotda ishtirok 
etuvchi har bir mamlakatning 150-200 maktabidan 4000 ga yaqin o‘quvchilar 
qatnashgan. 2011-yil ma’lumotlariga ko‘ra Gonkong, Rossiya, Finlyandiya va 
Singapurda o‘quvchilar o‘qishni yaxshi o‘zlashtiradilar. 
Ushbu davlatlarning to‘rtinchi sinf o‘quvchilari barcha ishtirok etgan 
boshqa 
davlatlar 
orasida 
eng 
yaxshi 
natijalarni 
ko‘rsatdilar. 
Ushbu 
mamlakatlarning o‘rtacha ballari orasidagi farq unchalik katta emas. Boshqa 
ishtirokchi davlatlarning natijalari yetakchi to‘rt mamlakatning natijalaridan ancha 
past. 
Rus o‘quvchilarining o‘rtacha balli 568. PIRLS tadqiqotlarining 4 martalik 
natijalari: 
PIRLS 2001: 1)Shvetsiya - 561 ball 2)Niderlandiya - 554 ball 3)Angliya - 
553 ball 
PIRLS 2006: 1)Rossiya - 565 2)Gonkong - 564 3)Kanada - 560 
PIRLS 2011: 1)Gonkong - 571 2)Rossiya - 568 3)Finlandiya - 568 
PIRLS 2016: 1)Rossiya - 581 2)Singapur - 576 3) Gonkong - 569 
2021-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan PIRLS baholash tizimi o‘qishning 
asosini qamrab oluvchi keng qamrovli maqsadlarga asoslangan-adabiy tajriba, 
ma’lumot olish va undan foydalanish, Internetda ma’lumot qidirish. PIRLS o‘qish 


493 
ta’lim ini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish 
imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLSdan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar: 
Global miqyosida ta’lim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini kuzatib 
borish; Yangi yoki qayta ko‘rib chiqilgan ta’lim siyosatining ta'sirini kuzatib 
borish; Ta’lim ning zaif nuqtalarini belgilash va o‘quv islohotini amalga oshirish; 
PIRLS ma'lumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali o‘qitish va o‘qishni 
takomillashtirish; Adolatlilikni kuzatish yoki qo‘shimcha sinflarda o‘quvchilarni 
baholash kabi tegishli ishlarni olib borish; O‘qishni va o‘qitishni o‘rganish.
Ilg‘or xorij tajribalaridan Respublikamizning xalq ta’lim tizimida 
foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini teran fikrlashga, keng dunyoqarash, 
o‘z fikrlarini mustaqil bayon eta olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish va 
boshqa bir qancha qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga yordam beradi. 
Hozirgi davrda yosh avlodga ta’lim berishda rivojlangan davlatlar 
tajribasidan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, bu holat uchun keng 
imkoniyatlar yaratilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qish savodxonligini 
oshirishda innovatsion metodlardan foydalanish, keng dunyoqarashi va o‘z 
fikrlarini mustaqil bayon eta olish ko‘nikmalarini oshirgani kabi PIRLS dasturi 
ham maqbul imkoniyatlarni yaratadi deb hisoblayman. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin