Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bakhtiyorovna, Adizova Nigora, and Adizova Nodira Bakhtiyorovna.
"The role of the fun genre in children's spiritual development." Middle European
Scientific Bulletin 4 (2020): 38-40.
2. Rakhmonovich, Adizov Bakhtiyor, and Adizova Nodira Bakhtiyorovna.
"Microtoponyms formed on Different bases in Bukhara District." Middle European
Scientific Bulletin 10 (2021).
3. Bakhtiyorovna, Nodira Adizova. "Place Names and Related Concepts
Study." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 14 (2022): 153-
157.
494
4. Rakhmonovich, Adizov Bakhtiyor, and Nodira Adizova Bakhtiyorovna.
"Linguistic classification of toponyms of bukhara district." Emergent: Journal of
Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL) 2.09 (2021): 1-7.
5. К.Qosimova va b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Т.: Noshir. 2009.
6. S. Matchonov. Adabiyot darslarida tahlil va talqin uygunligi. Til va
adabiyot talimi. 7- son, 2020.
8. H. Bakiyeva. 4-sinf o‘qish darslarida adabiy tahlil ko‘nikmalarini
shakllantirish. –T.: Nodirabegim. 2021.
9. S.Matchonov va b. 4-sinflarda o‘qish darslari. –T.: Yangi yo‘l poligraf
servis. 2007.
4-SINF O‘QUVCHILARIGA MAQOLLAR MA’NOSINI TUSHUNTIRISH
YO‘LLARI
Firuz Safarov
BuxDUPI Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi
va metodikasi kafedrasi dotsenti
Jasmina Shavkatova
BuxDUPI talabasi
O‘quvchi maqollardan o‘z nutqida foydalana olishi uchun avvalo ko‘p
maqolni yoddan bilishi va ularning ma’nosini tushunishi kerak. Buning uchun ona
tili va o‘qish darslarida o‘qituvchi ko‘proq xalq maqollari ma’nosini sharhlashi,
ma’lum bir xalq maqolini uning boshqa shakli bilan almashtirishga o‘rgatishi
kerak.
4-sinf o‘quvchilariga maqollar ma’nosini tushuntirishning quyidagi yo‘llari
mavjud:
1. To‘g‘ridan to‘g‘ri maqol ma’nosini izohlash. Bunda o‘qituvchi maqollar
ma’nosi izohlangan turli manbalardan foydalanib, o‘quvchilarga maqollar
ma’nosini sharhlaydi. Masalan, Sh. Shomaqsudov va Sh. Shorahmedovlarning
495
“Hikmatnoma” deb nomlangan o‘zbek maqollarining izohli lug‘atidan foydalanish
mumkin.
4-sinf o‘qish kiobida maqollar alohida mavzu sifatida berilgan. Birinchi
maqol “Ona yurting ‒ oltin beshiging”. “Hikmatnoma” kitobida bu maqol
quyidagicha izohlanadi. Maqollarimizda o‘zbek xalqining ona – Vataniga bo‘lgan
cheksiz muhabbati, hurmati, sadoqati o‘z aksini topgan. Ularda Vatan-el-yurt
ulug‘lanadi, har kim o‘z elida erkin nafas olishi, izzat-hurmatda yashashi
ko‘rsatilib, Vatanni sevish, unga sodiq bo‘lishi zarurligi uqtiriladi
88
. SHundan
so‘ng Vatanga muhabbat haqida maqollar bir qator maqol keltirilib, shunday
deyiladi: “Bu kabi turkum maqollarda Vatanning tinchligini saqlash, uning
daxlsizligini, ozodligi va mustaqilligini ta’minlash, ona tuproqni dushman oyog‘i
ostida toptatmaslik, vayron bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik-oliy burch ekanligi
uqtiriladi
89
( 300-bet).
Keyingi maqol: Hunar bo‘lsa qo‘lingda, non topilar yo‘lingda. Bu maqol
“Hikmatnomada” “Hunar, hunardan unar” maqoli izohida keltirilgan. Bu
maqolning izohida Sa’diyning “Guliston” asaridan olingan quyidagi so‘zlar
keltiriladi. “Bir donishmand farzandlariga shunday pand-u nasihat qilardi: Aziz
o‘g‘lonlarim, hunar o‘rganinglar, zeroki, molu dunyoga ishonch yo‘q va oltin-
kumush safarda xatarlidir. faroqchi o‘g‘rilab ketadi yoki egasi eb-ichib
tamomlaydi. Ammo hunar qanday buloq, tuganmas davlatdir, agar hunarmand
molidan mahrum bo‘lsa, qayg‘usi yo‘qdir, chunki hunarning o‘zi davlatdir.
Hunarmand qayerga bo‘lsa, qadrlanadi va uyning to‘ridan joy oladi. Hunarsiz
odam esa hamisha mashaqqat chekadi, tilanchilik qiladi”
90
.
Keyingi maqol: “Oz so‘zla ‒ soz so‘zla”.
88
Шомақсудов Ш., Шораҳмедов Ш. Ҳикматнома (ўзбек мақолларининг изоҳли луғати). Тошкент: ЎзСЭ,
1990, 300-б.
89
Шомақсудов Ш., Шораҳмедов Ш. Ҳикматнома (ўзбек мақолларининг изоҳли луғати). Тошкент: ЎзСЭ,
1990, 300-б.
90
Шомақсудов Ш., Шораҳмедов Ш. Ҳикматнома (ўзбек мақолларининг изоҳли луғати). Тошкент: ЎзСЭ,
1990, 517-б.
496
Bu maqol so‘zlash madaniyatiga taalluqli. Bu maqolning izohi
“Hikmatnoma”da yo‘q. Lekin oz so‘zlash, o‘ylab gapirishning foydasi haqida
mumtoz shoirlarimiz juda ko‘p ajoyib misralarni yozib qoldirganlar. Masalan,
Yusuf Xos Hojib shunday yozadi:
Til arslon misoli yotar qafasda,
Bexabar boshini yer u nafasda.
Alisher Navoiy esa:
Ko‘p yemak birla bo‘lmagin hayvon,
Ko‘p demak birla bo‘lmagin hayvon,- deb yozadilar. Darhaqiqat, shunday.
Ahmog‘u nodonlarda sukut saqlash, ya’ni tilni tiyish qobiliyati bo‘lmaydi.
Ularning ishi va “burchi” og‘ziga kelganini valdirash. Umuman, ma’no va mantig‘i
sust va suyuq gap-so‘zlarning turgan-bitgani zaharli. Ular ongga ham, ruh va
ko‘ngilga ham yomon ta’sir o‘tkazadi. SHuning uchun aqlli kishi oz, kerakli va
foydali so‘zlarni so‘zlaydi.
Keyingi maqol: “Do‘stsiz boshim - tuzsiz oshim”. Bu maqolning mazmuni,
do‘stlarsiz kechiriladigan hayot-bema’ni hayot. Chunki og‘ir kunlarda do‘st
insonga suyanchiq bo‘ladi. Inson do‘st oldida o‘zini xotirjam his qiladi. Do‘stga
ishonilmasa, olamda hech nimaga ishonch yo‘q. Inson ko‘nglini suyaydigan ikki
tog‘ bo‘lsa, bittasi do‘stlikdir. Shuning uchun donishmand shoir Abu Abdullo
Ro‘dakiy jahonning barcha shodligini bir tarafga ajratib:
Jahonning shodligi yig‘ilsa butun,
Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun.
deb yozgan edi.
Xalqimiz do‘stning xosiyati haqida bundan tashqari yana shunday maqollar
yaratgan: “Yuz so‘ming bo‘lmasin, yuzta do‘sting bo‘lsin”, “Do‘stlik ‒ barcha
boyliklardan afzal”, “Quyosh havoni isitsa, do‘stlik qalbni isitadi”, “Daraxtni
tomiri saqlaydi, odamni do‘sti saqlaydi”.
497
Biroq do‘st bo‘lish oson ish emas. Do‘stlikning birinchi sharti-o‘ziga ravo
ko‘rmaganni do‘stiga ravo ko‘rmaslik. Undan keyin til va dil birligi bo‘lishi shart.
Kimning tili boshqa-yu, dili boshqa bo‘lsa, u do‘st emas. Do‘stidan manfaat
ko‘rganda uning yonida bo‘ladigan, manfaat yetmay qolganda uni tashlab
ketadigan kishi ham haqiqiy do‘st emas. Do‘stlik har qanday sharoitda ham
do‘stning yonida bo‘lishdir.
2. Yuqorida keltirilgan maqollar to‘g‘ri ma’noli maqol bo‘lib, ularning
ma’nosini tushunish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Biroq shunday maqollar
borki, ko‘chma ma’noda qo‘llanadi.
Masalan, quyidagi maqollarning ko‘chma ma’nosi: “Xavf-xatardan
qo‘rqqan maqsadga yetolmas”:
1.
Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmas;
2.
O‘g‘ridan qo‘rqqan mol yig‘mas;
3.
Kuchukdan qo‘rqqan gado bo‘lmas.
Tadqiqotchi Bibish Jo‘raeva aynan ana shu turdagi, ko‘chma ma’noda
qo‘llanadigan paremalarnigina maqol deb hisoblaydi. U shunday deb yozadi:
“Demak, maqollar, grammatik jihatdan tugallangan fikrni bildiruvchi, o‘tkir
mazmunli, ko‘chma ma’noda ishlatiluvchi qisqa, ixcham xalq hikmatlaridir.
Matallar esa grammatik jihatdan tugal fikrni bildiruvchi, faqat o‘z
ma’nosida – to‘g‘ri ma’noda qo‘llaniluvchi qisqa, ixcham xalq hikmatlari
hisoblanadi.
Maqolning mataldan asosiy farqi maqollarning idiomalashgan ko‘chma
ma’noga ega ekanligi va matallarning bu xususiyatga ega bo‘lmay, faqat to‘g‘ri
ma’noda qo‘llanishida ko‘rinadi”
91
. / 15, 5 / .
Bunday ko‘chma ma’noli maqollar ma’nosini tushuntirish murakkaroq
bo‘lib, bu o‘quvchidan obrazli fikrlashni talab qiladi. Bunday maqollar ma’nosini
91
Жўраева Б. Мақолнинг ёндош тил ҳодисаларига муносабати ва маъновий хусусиятлари. Тошкент:
“Фан”, 2006, 15-б.
498
tushunish uchun maqolda ifodalangan obrazni, belgi xususiyatlarni odamlarga
ko‘chirish lozim.
Masalan, “Qovun qovundan rang oladi” maqolini olamiz. O‘qituvchi avval
bu maqolning o‘z ma’nosini tushuntiradi. Bir joyda, bir palakda o‘sgan qovunlar
bir xil rangda bo‘ladi. Masalan, bittasi sariq bo‘lsa, qolganlari ham sariq bo‘ladi.
Keyin o‘qituvchi maqolning ko‘chma ma’nosini izohlashga o‘tadi:
‒ O‘quvchilar, endi qovunning o‘rniga odamlarni qo‘yib ko‘ramiz. Bir
biriga hamroh bo‘lib radigan odamlar bir-biridan nima olishi mumkin?
O‘quvchilar: ‒ Bir-birining yaxshi yoki yomon xislatlarini olishi mumkin.
‒To‘g‘ri, Sobir va Abdulla degan ikki bola bir-biriga do‘st. Sobir-dangasa,
o‘qishni xush ko‘rmaydigan bola. Abdulla mustaqil fikrli, irodali bola bo‘lmasa,
Sobirning yo‘qrig‘iga kirsa, nima bo‘ladi?
‒ Abdulla ham dangasa, o‘qishni yoqtirmaydigan bolaga aylanadi.‒
To‘g‘ri, demak, sizlar do‘st tanlashda ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Dangasa do‘st
sizga dangasaligini, yolg‘onchi do‘st yolg‘onchiligini yuqtiradi. Ya’ni qovun
qovundan rang oladi.
Yoki “Nima eksang, shuni o‘rasan” maqolini olib ko‘ramiz. O‘qituvchi
avval bu maqolning o‘z ma’nosini tushuntiradi: “O‘quvchilar, odam erga bug‘doy
eksa, nima unib chiqadi?”
O‘quvchilar: ‒ Bug‘doy unib chiqadi.
O‘quvchilar: ‒Tariq eksa-chi?
O‘quvchilar: ‒ Tariq unib chiqadi.
O‘quvchilar: ‒ Yerga bug‘doy ekib, tariq undirish mumkinmi?
O‘quvchilar (kulib): - Yo‘q.
Shundan so‘ng o‘qituvchi maqolning ko‘chma ma’nosini izohlashga o‘tadi:
O‘qituvchi: ‒ O‘quvchilar, endi shu maqolning ma’nosini o‘z hayotimizga,
xulq-atvorimizga qo‘llab ko‘ramiz. Masalan, Sobir qo‘pol, mushtumzo‘r bola
bo‘lsa, sinfdoshlarini mazax qilsa, sinfdoshlari uni hurmat qiladimi?
499
‒ Yo‘q, sinfdoshlari uni yomon ko‘radi.
‒ Sobir xushmuomala bo‘lsa, sinfdoshlari unga qanday munosabatda
bo‘ladi?
‒ Sinfdoshlari uni hurmat qiladi, yaxshi ko‘radi.
‒ Yana bir narsa. Sizlar dangasalik qilib, yaxshi o‘qimasangiz, nima
bo‘ladi?
‒ Ikki baho olamiz.
‒ Qunt bilan, tirishib o‘qisangiz-chi?
‒ Besh baho olamiz.
‒ Demak, o‘quvchilar “Nima eksang, shuni o‘rasan” maqolining ko‘chma,
asosiy ma’nosi-kishi kishiga yaxshilik qilsa, bir kun undan ham xuddi shunday
yaxshilik qaytadi, agarda yomonlik qilsa, albatta, bir kuni yomonlik ko‘radi. Yoki
odam qunt bilan o‘qib, hunar egallasa, hayotda o‘z o‘rnini topadi, baxtli hayot
kechiradi. Dangasalik qilib bilim ham, hunar ham egallamasa, hayotda qiynaladi,
hatto yomon yo‘lga kirib ketishi mumkin.
“Ko‘rpangga qarab oyoq uzat” maqolini olib ko‘ramiz. Bu maqolning
ma’nosini izohlash quyidagicha amalga oshiriladi:
O‘qituvchi: O‘quvchilar, ko‘rpa kalta bo‘lsa, odam qanday yotadi.
O‘quvchilar: Oyog‘ini ichkariga tortib yotadi.
O‘qituvich: Oyog‘ini cho‘zib yotsa-chi?
O‘quvchilar: Oyog‘i ko‘rpadan chiqib qoladi.
O‘qituvchi: Bu maqolning to‘g‘ri ma’nosi. Endi bu maqolning ko‘chma
ma’nosini aniqlaymiz. Misol uchun bir kishi katta, hashamatli uy qurmoqchi
bo‘lsa-yu, shunday uy qurishga etarli puli bo‘lmasa, nima bo‘ladi?
O‘quvchilar: U qiynaladi, boshqalardan qarz olishga majbur bo‘ladi.
O‘qituvchi: Demak, o‘quvchilar maqolning ko‘chma ma’nosi: o‘z
imkoniyatingga qarab ish qil, bo‘lmasa qiynalib qolasan ekan.
500
“Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi” maqolini olib ko‘ramiz.
Bu maqolning ma’nosi quyidagicha izohlanadi.
O‘qituvchi:-O‘quvchilar, shamol bo‘lmasa ham, daraxtning uchi qimirlashi
mumkinmi?
O‘quvchilar:-Yo‘q, qimirlamaydi.
O‘qituvchi:-Demak, maqolning o‘z ma’nosi tushunarli. Endi maqolning
ko‘chma ma’nosini aniqlaymiz. Masalan, Karimjon degan bola bilan sinfdoshlari
o‘ynamaydi. Karimjon ota-onasiga: “Men sinfdoshlarimni sira ham xafa
qilmayman. Negadir hech qaysisi men bilan o‘ynamaydi”, ‒ deydi. Ota-onasi
unga: “Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. Sinfdoshlaringga
yoqmaydigan biror qilig‘ing borki, ular sen bilan o‘ynamaydi”, ‒ deydi. Demak,
bu maqolning ko‘chma ma’nosi: hayotda ro‘y beradigan har bir voqa-hodisaning
muayyan sababi bor. Sababsiz hech qanday oqibat bo‘lmaydi.
3. Maqollar ma’nosini o‘quvchilarga tushuntirish usullaridan biri bu
maqolni o‘qish kitobi darsligidagi badiiy matnlar mazmuniga asoslanib
izohlashdir. Boshlang‘ich sinflar, jumladan, 4-sinfda ham matn ostida berilgan
maqollarni o‘qish va o‘rganish, tahlil qilish asar o‘qilib, tahlil qilib bo‘lingach
amalga oshirilishi kerak. Chunki asar mazmuni va unda yozuvchi aytmoqchi
bo‘lgan g‘oyani tushunmay turib, maqolning ma’nosini izohlash qiyin bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |