Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   373
innovatsion

 
kafedrasi o‘qituvchisi, f.f.f.d. 
 
Abdiqodirova Iroda Norqul qizi 
BuxDUPI BTU 1-bosqich talabasi. 
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ta’lim –tarbiya, modernizatsiya va inson 
omili doston va ertaklarda qo‘llangan har bir detalning genezizi qiyosiy tahlil 
qilingan. 
Kalit so‘zlar:
inson, milliy qadryat, Qur’on, oyat, hukmdorlik, cho‘l, laylak, 
pedagogik texlologiya, dehqon, qo‘ychuvonlik, sarhad, metod. 
Sharq mumtoz adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi namunalari barkamol avlod 
tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu iqtibosni ilmiy-nazariy asoslashdan 
avval “Yelpig‘ich” interfaol metodi haqida qisqacha ma’lumot bersak. Bu 
texnologiya murakkab va ko‘p tarmoqli bo‘lib muammoli mavzularni o‘rganishga 
qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli 
tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri 
III SHO‘BA. 
PEDAGOGIK TA’LIM KLASTERI: MUAMMO VA 
YECHIMLAR
 


642 
alohida elementlarda muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, 
afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interfaol texnologiya 
o‘quvchilarga tanqidiy, tahliliy va aniq mantiqiy fikrlashlarini muvaffaqqiyatli 
rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham 
bayon etish, shuningdek, uni himoya qilishga imkoniyat yaratadi. “Yelpig‘ich” 
texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik 
guruhlarning, har bir qatnashchining va umuman guruhning faol ishlashiga 
qaratilgan. Ushbu metod mavzuni o‘rganishda turli bosqichlarida: boshida – o‘z 
bilimlarini erkin faollashtirish, mavzuni o‘rganish jarayonida – uning asoslarini 
chuqur fahmlash va anglab yetish, yakunlash bosqichida - olingan bilimlarni 
tartibga solishda qo‘llanilishi mumkin. “Yelpig‘ich” texnologiyasida uchraydiga 
asosiy tushunchalar quyidagilar: aspekt (nuqtayi nazar) bilan predmet hodisa 
tushuncha tekshiriladi. Afzallik - biror narsa bilan qiyoslashda ustunlik, imtiyoz. 
Fazilat- 
ijobiy sifat, nuqson- nomukammallik, 
qoidalarga, 
mezonlarga 
nomuvofiqlik. Xulosa - muayyan bir fikrga mantiqiy qoidalar bo‘yicha dalildan 
natijaga kelish. Ta’limda tashqari ushbu texnologiya tarbiyaviy tabiatdagi jamoa, 
guruhlarda ishlash mahorati o‘zgalar fikrini hurmat qilish, xushmuomalalik, ishga 
ijodiy yondashuv, faollik muammoga diqqatni jamlay olish mahorati kabi qator 
sifatlarni shakllantirish imkonini ham beradi [1.68-69].
Shu bilan birga besh muhim tashabbusdan biri bo‘lgan kitobxonlik 
salohiyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Usbu mulohazalardan so‘ng mavzuga 
qaytamiz. “Kuntug‘mish” dostonida Kuntug‘mish va ikki o‘g‘lini cho‘lning 
o‘rtasida karvonning egasi, sobiq do‘sti bog‘lab tashlab ketdi yoki Kuntug‘mish va 
Xolbekani toza so‘yilgan tuya terisidan qop tikib, unga jo‘ylab otni dumiga 
bog‘ladilar, otni hurkitib cho‘l tomonga quvladilar kabi jumlalarni o‘qiymiz. 
Barchamiz uchun ma’lum bo‘lgan mashhur “Ur to‘qmoq” ertagida ham 
laylakboyni tuzatgan dehqon cho‘llardan o‘tib uzoq yo‘l yurib cho‘ponlarga duch 
kelibdi kabi satrlarni o‘qiymiz. Shunga o‘xshash doston va ertaklarda uchrovchi 


643 
cho‘l nima o‘zi? Cho‘l yer kurrasining mavsumiy issiq va qurg‘oq oblastidir. 
Afrikadagi Sahroyi Kabr, Avstraliyadagi Viktoriya cho‘li, Janubiy Amerikadagi 
Atakama cho‘li dunyodagi eng katta cho‘llardir. O‘rta Osiyodagi eng katta qumli 
cho‘llar Qoraqum va Qizilqumdir. Cho‘llar subtropik va tropik va mo‘tadil 
mintaqalarda jo‘ylashgan. Qoraqum cho‘lida quyosh ayovsiz qizdiradi. Soya 
jo‘yda harorat qariyb 50 darajagacha yetadi. Qumning harorati 60-70 darajada 
bo‘ladi. Cho‘lning saksavulzorlari keng yaproqli sersoya o‘rmonlarga mutlaqo 
o‘xshamaydi. Cho‘lning sir-sinoatini bilmagam odam qumli cho‘lda tez adashib 
qolishi hech gap emas. Shuning uchun qadimda katta savdo karvonlariga tajribali 
kishilar sarbonlik qilishgan. Osiyo va Afrikadagi cho‘llar orqali qadimda katta 
karvon yo‘llari, jumladan, Taklamakon, Qizilqum va Qoraqum orqali buyuk ipak 
yo‘li o‘tgan. Cho‘ldagi manzillarda karvonlar to‘xtab dam olishi uchun rabot va 
sardobalar barpo qilingan. Rabot cho‘lidagi Raboti Malik sardobasiga qariyb ming 
yil bo‘ldi [2.660-661]. 
Yuqoridagi ilmiy axborotdan so‘ng o‘quvchilar tasavvurida badiiy makon 
cho‘l haqida dostonlar ertaklardagi asosiy voqealar kechuvchi joyning 
informatsiyasi to‘liq shakllanadi. “Ur to‘qmoq” ertagidan boshqa yana bir ertakda 
laylak ikkita tarvuz urug‘ini tashlab ketdi kabi jumlalarga duch kelamiz. Xo‘sh 
ertaklarning aksariyatida bosh qahramoni bo‘lgan laylak qanday qush? Bugungi 
kunda yer yuzida qushlarning 9792 dan ortiq turi mavjud. Shulardan biri laylakdir. 
Laylakning oq laylak, qora laylak, oq bo‘yinlik laylak, Afrika tumshuqdor laylagi 
kabi turlari mavjud. Oq laylak laylaklar turning eng mashhur turidir. Oq laylakning 
bo‘yi 100-125 sm, qanotlari yoyilgandagi holati 155-200 sm tashkil etadi. Katta 
yoshdagi oq laylakning vazni 4 kg ga yetadi.[3.37-39.] 
Xalq og‘zaki ijodi namunalarida mudom uchrab turuvchi sahro, cho‘l va 
laylak haqida ilmiy asoslarni o‘quvchilarga yetkazish asnosida yana bir muhim 
jihatga e’tiborni qaratamiz. Har bir badiiy tasvir tabiiy va ishonarliligi bilan 
kitobxonning qalbiga tez kirib boradi. “Ur to‘qmoq” ertagida bobo dehqon 


644 
laylakning manzilini qidirib dala-dasht, cho‘llardan o‘tdi, sahrodagi cho‘pon-u 
qo‘ychuvonlarga duch keldi. Ulardan so‘radi: “Bu qo‘ylar kimning qo‘ylari, bu 
yilqilar kimniki?” Ular: “Laylakvoyniki” – deb javob qilishdi. Xuddi mana shu 
tasvir nega ertakda kerak bo‘lib qoldi. Donishmand xalqimizning ushbu badiiy 
talqiniga mashhur tilshunos, elshunos, etnograf, manbaashunos Mahmud bin al 
Husayn ibn Muhammad al Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridan iqtibos 
keltirishni lozim topdik: 
Tavar kimning o‘klusa, 
Beklig anar ko‘rguyur. 
Tavarsizin qolib beg, 
Eransizin epgayur. 
(Ma’nosi: kimning moli ko‘paysa u boshlardan ko‘ra davlatni idora qilish 
ishiga loyiqroq bo‘ladi. Molsiz qolgan bek kishilarsiz qiynaladi. Ularni qovushtira 
olmaydi. Chunki, kishilar uning moli uchun xizmat qiladilar) [4. 146]. 
Mana sabab! Demak laylakning boy badavlat ekanligi uning xizmatida 
minglab kishilar borligini asoslash uchun dehqonni cho‘ponlarga yuzlashtirdi.
Dono xalqimizning og‘zaki ijod namunalari asli islom manbalaridan nur 
emadi. Hatto sandiqda Xolbekaning suratlari, “Tohir va Zuhra”da Tohirning 
sandiqda oqish holatlari “Qasas” sur’asidagi Musoning sarguzashtlari asosida 
yaratilgandir. Mavzuni zoologiya, botanika, jug‘rofiya va tarbiya darslari bilan 
uzviy bog‘liq holda yoritish o‘qituvchidan ma’lum darajada ilm va kitobxonlikni 
talab qiladi. O‘quvchilar “Yelpig‘ich” interfaol usuliga xos bo‘lgan qisqa vaqt 
ichida juda ko‘p ma’lumotga ega bo‘lishga erishadilar. Har bir tashkil qilingan 
tarbiyaviy ishning maqsadi kutiladigan natijani berishi tarbiyachilardan juda katta 
pedagogik va aktyorlik mahoratini, tarbiyaviy ishlar uslubiyotini chuqur 
bilishlarini, o‘z ustlarida tinmay mehnat qilishlari va boy tajribaga ega bo‘lishlarini 
talab etadi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin