Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   373
innovatsion

 
 
Adabiyotlar: 
1.
Аль Кхатиб Ахмад, автореферат Начльное обучение юных 
баскетболистов на основе скоростно-силовой подготовки., Волгоград, 2004, 
— 209 с.
2.
Бабушкин, В. З. Специальзация в спорт играх. Киев, 1991, — 164 с.


670 
3.
«Баскетбол». Поурочная учебная программа для детско-юношеских 
спортивных школ и специализированных детско-юношеских школ 
олимпийского резерва под редакцией Ю. Д. Железняка. Москва — 1984 г. 
4.
«Баскетбол. Азбука спорта». Костикова Л. В. — Москва — 2001 г. 
Физкультура и спорт. 
BASKETBOLCHILARNI TAYYORLASHDA QO‘LLANILADIGAN 
SAMARALI USULLAR 
Sabirova Nasiba Rasulovna 
 
Buxoro davlat universiteti Pedagogika 
instituti Jismoniy madaniyat nazariyasi 
va uslubiyoti kafedrasi o‘qituvchisi 
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, 
yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar 
va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib 
ishtirok etishini ta’minlash maqsadida professional sportchilarni tayyorlash, 
jismoniy tarbiya va sport genofondini shakllantirish borasida izchil chora-tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. Zamonaviy basketbol ham o‘zining shiddatkorligi, 
jozibadorligi, serqirraligi, harakatlarning keskinligi, chiroyli kombinatsiyalar va 
inson ruhiyatiga intilish zavqini bag‘ishlaydigan sport turi sifatida yosh-u qarini 
o‘ziga birdek ohanrabo singari tortadi. 
Basketbol sport turini rivojlantirish jarayonida ishlab chiqilgan texnikalar, 
usullar va ularning xilma-xilligi, o‘ziga xos o‘yin muammolarini eng 
muvaffaqiyatli hal qilishga imkon beradigan va g‘alabaga yetaklaydigan vositadir. 
"Texnika" atamasi barcha sport turidagi kabi muammoni hal qilishga 
qaratilgan harakatlar tizimini anglatadi. O‘yin jarayonida texnikani mahoratli 
qo‘llash va ularni amalga oshirish usullarini shakllantirish o‘yinning asosiy 
vazifalardan biridir. Tarix basketbol rivojlanishining turli bosqichlarida texnikalar 


671 
soni, ularni amalga oshirish usullari, baholash mezonlari o‘zgargani va 
takomillashganidan guvohlik beradi. O‘yinnning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi, 
uning texnikasi, taktikasini boyitish va o‘yinchilarning tayyorgarlik darajasining 
oshishiga ta'sir ko‘rsatdi. 
Sportchining har bir rivojlanish bosqichidagi texnikasi eng samarali, 
amaliyotda sinab ko‘rilgan vosita bo‘lib, o‘yinchiga qoidalar doirasida qiyin 
kurash vaziyatlarida muvaffaqiyatli harakat qilish imkonini beradi. Qiyin va 
muammoli vaziyatlarda, o‘yin pozitsiyalarida eng yaxshi natijalarga erishish uchun 
basketbolchi turli xil texnika va usullarni bilishi, vaziyatni analiz-sintez qilib 
vaziyatga eng mos texnikani yoki texnikalar kombinatsiyasini tanlay olishi va 
ularni tez va aniq bajarishi kerak.
Eng yuqori texnik mukammallik mezonlari: 
a) o‘yinda berilgan vazifani hujum yoki himoyada ikki yoki uchta texnika 
bilan birgalikda berilgan o‘yin funksiyalarini to‘liq bajarish; 
b) ushbu usullarni amalga oshirishning aniqligi va samaradorligi; 
d) chalg‘ituvchi harakatlar ta'sirida texnikani bajarishda barqarorlik - 
sezilarli charchoq, psixologik stress, qiyin tashqi sharoitlar va boshqalar; 
e) raqibning qarama-qarshiligining o‘ziga xos variantlariga qarab, 
texnikaning bosqichlarini boshqarish qobiliyati; 
f) texnikaning ishonchliligi, bu ko‘p yillik musobaqalar ishtiroki davomida, 
yuqori aniqlik hamda o‘z ustida doimiy ravishda ishlash bilan belgilanadi.
Mahoratli o‘yinchilarning texnikasi boshqa sportchilardan texnikasining 
yuqori darajadagi barqarorligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda sport 
amaliyotida texnik o‘yinning barcha imkoniyatlari qo‘llanilmaydi. Sportchi
tanasining funksional va muvofiqlashtiruvchi imkoniyatlari hujum va himoyada 
texnikasiga o‘zgarishlar qilish uchun yaxshi istiqbol yaratadi. 


672 
Guruhlarning har birida ularni amalga oshirishning texnikasi va usullari 
mavjud. Texnikani bajarishning deyarli har bir usuli bir necha xil bo‘lib, ular 
harakatlar tuzilishining individual tafsilotlarini ochib beradi. 
Basketbolning oltita asosiy pozitsiyasi va harakatlari bu turish, boshlash, 
qadamlar, burilishlar, to‘xtashlar va sakrashlardir. Chunki tezkorlik juda muhim, 
bu asosiy pozitsiyalarning barchasi tez so‘zi bilan belgilanadi. 
O‘yinchilarni tez harakatlarga tayyorlash uchun yaxshi asosiy basketbol 
pozitsiyasi odatini rivojlantirishlari kerak. Tez harakatlanish rivojlantirish,
mushaklar kuchi va chidamliligining yetarli darajada tarbiayalashga bog‘liq 
(oldinda qorin mushaklari, orqada pastki orqa mushaklar). 
Hujum va himoyada tezkor pozitsiyani o‘rgatish qiyin vazifadir. Sabr-toqatli
bo‘lmagan yosh o‘yinchilar uchun uzoq vaqt bu pozitsiyani saqlab qolish uchun
ularda kuch va muskullarning chidamliligi rivojlangan bo‘lishi lozim. Tezkor 
pozitsiyaning eng muhim qismi – bu egilgan tizza va bukilgan tirsak 
pozitsiyasiyasidir. Barcha bo‘g‘inlar egilib, tayyor bo‘lishi kerak. O‘yinchilar 
qanchalik past bo‘lsa, shunchalik balandroq sakray 
oladilar, ular qanchalik savatga intilsalar, mudofaada 
ham shuncha yaxshiroq o‘ynaydilar hamda to‘pni 
yaxshiroq himoya qiladilar. "Past o‘ynang va past 
bo‘l" barcha o‘yinchilar uchun juda muhim 
tushunchadir. O‘yinchilarga birinchi navbatda tezkor 
pozitsiyani – hamma narsaga tayyor bo‘lishni, 
tezkorlikni his qilishni o‘rgatish lozim. Ushbu asosiy 
pozitsiyani saqlab qolish
juda qiyin ish. Tez turishga doimiy o‘rgatish sportchilarni buni avtomatik ravishda 
qabul qilishga o‘rgatadi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin