Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA TABAQALASHTIRILGAN TA’LIM



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   373
innovatsion

TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA TABAQALASHTIRILGAN TA’LIM 
ORQALI O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI 
RIVOJLANTIRISH 
Xasanova Mehrangiz Mashrabovna 
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
1-bosqich magistranti 
Annotatsiya.
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim hamda san’at 
maktablarida tasviriy san’at darslarining samaradorligini yanada oshirish, 
tabaqalashtirilgan holda o‘qitish orqali o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirishning pedagogik shartlari hamda metodlari xususida so‘z yuritilgan. 


636 
Kalit so‘zlar:
tasviriy san’at, maktab ta’limi, ijodiy tafakkur, ijodiy 
qobiliyat, metodika, tabaqalashtirish, individual yondashuv. 
So‘nggi olti olti yillikda mamlakatimizda tasviriy san’at sohasini 
rivojlantirish maqsadida yanada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 
2020-yilda “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga 
doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorida 
ham “Iqtidorli yosh professional san’at namoyondalarining bilim va ko‘nikmalarini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitishning zamonaviy shakl va uslublari, samarali 
pedagogik texnologiyalar, elektron axborot resurslaridan keng foydalangan holda 
ta’lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini ta’minlash” masalasiga ham 
alohida e’tibor qaratilgan.
98
Tasviriy san’at darslarini tabaqalashtirib o‘qitish – zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarning eng samarali turlaridan biri bo‘lib, ushbu ta’limda o‘quvchilar 
individual yoki guruhlarga ajratib o‘qitilishi mumkin. Bu esa sinfdagi barcha 
o‘quvchilarning bilim va malakalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi va dars 
samaradorligini yanada oshiradi. Tasviriy san’at o‘qitishda o‘qituvchi yangi 
pedagogik texnologiyaning interfaol usul va texnologiyalarini qo‘llagan holda, 
tabaqalashtirib 
o‘qitish texnologiyasi prinsiplardan foydalansa, darslar 
samaradorligini oshirib boradi.
Bugungi kunda pedagog olimlar tomonidan tabaqalashtirilgan ta’limning 
ikki turi ishlab chiqilgan:
1.
Darajali tabaqalashtirish; 
2.
Ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish.
Darajali tabaqalashtirish o‘za navbatida ikki turga bo‘linadi.
Individual ta’lim.
Bunda o‘quvlarning qobiliyati va imkoniyatlariga qarab 
har bir o‘quvchi bilan alohida-alohida ish olib boriladi.
98
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori. 


637 
Guruhli ta’lim.
Bunda o‘quvchilarni qobiliyati va imkoniyatlariga qarab 
ularni ikki va undan ortiq guruhlarga ajratib o‘qitiladi. Ixtisoslashtirilgan 
tabaqalashtirish esa u yoki bu fanni chuqur o‘rgatish, o‘zlashtirishga qaratilgan 
bo‘ladi. Bular qatoriga tasviriy san’atni chuqur o‘rgatadigan to‘garaklar kiradi. 
Ta’limning bu turlarida o‘qituvchi sinfdagi barcha o‘quvchilarning 
qobiliyatini, qiziqishini, imkoniyatini, layoqatini hisobga olib dars samaradorligini 
oshirishga harakat qilishi lozim. Bu esa sinfdagi barcha o‘quvchilarning bilim va 
malakalarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Tabaqallashtirilgan ta’lim 
haqida fikr yuritganda avvalo uni ijobiy va salbiy jihatlari haqida yetarli tasavvurga 
yega bo‘lishlik nihoyatda muhimdir. Darajali tabaqallashtirib o‘qitishning ijobiy 
jihatlari haqida to‘xtalganda quyidagilarni qayd qilish lozim. Bunda:

Sinfdagi barcha o‘quvchilar dastur materiallarini o‘zlashtirishga erishadilar.

Sinfdagi barcha o‘quvchilarning bilim va malakalari, ijodiy ishlarida o‘sish 
kuzatiladi va u o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishlari oshadi.

Sinfdagi 
barcha 
o‘quvchilarning faolligi oshadi. Chunki, past 
o‘zlashtiruvchilar guruhidagi har bir o‘quvchi yuqori o‘zlashtiruvchilar guruhiga 
o‘tishiga harakat qiladi. Yuqori o‘zlashtiruvchilar guruhidagi o‘quvchilar esa past 
o‘zlashtiruvchilar guruhiga tushib qolmaslikka harakat qiladilar. 

O‘quvchilarni qobiliyati va imkoniyatiga qarab bilimlar berilayotganligi 
sababli, ular tomonidan o‘quv yuklamalarini o‘zlashtirishda zo‘riqish hollari ro‘y 
bermaydi.

Sinfdagi iqtidorli o‘quvchilarning chuqur va atroflicha bilim olishga bo‘lgan 
ehtiyojlari ham qondiriladi.

Tabaqallashtirilgan ta’lim uni demokratiyalashtirish va 
insonparvarlashtirishga yordam beradi.
Lekin masalaning yana bir tomoni borki, tabaqaga ajratib o‘qitish nofaolroq 
bo‘lgan o‘quvchilar faoliyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Yuqori o‘zlashtiruvchi 
o‘quvchilar esa, o‘zlariga ortiqcha baho berib, faol bo‘lmagan o‘quvchilarga 


638 
nisbatan mensimaslik xislatlari kuzatilishi mumkin. Bu jarayonda o‘qituvchining 
pedagogik mahorati muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham o‘qituvchi 
masalaning bu jihatlarini hisobga olib, o‘quvchilarga yuqori, quyi so‘zlari o‘rniga, 
birinchi, ikkinchi, uchinchi guruhlar deb qo‘llashi maqsadga muvofiqdir.
Tabaqalashtirib o‘qitishning samarasi katta ekanligi bilan bir qatorda uning 
murakkab jihatlari ham mavjudligini alohida qayd qilish lozim. Uning 
murakkabligi o‘qituvchining uch xil darajadagi dasturlar asosida mashg‘ulot olib 
borishi bilan bog‘liq. Buning uchun har bir guruh uchun tasviriy san’atdan alohida 
darsliklar, metodika, didaktik va tarqatma materiallar, texnika vositalari kerak 
bo‘ladikim, ularsiz mashg‘ulotlarni talab darajasida tashkil etib bo‘lmaydi. Bu esa 
quyidagi yo‘nalishlarda ifodalanadi:

Tabaqlashtirilgan tasviriy san’at ta’limining ilmiy asoslarini puxta egallagan 
bo‘lishlik;

Mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan o‘quv-metodik majmualar bilan 
qurollangan bo‘lishlik;

Mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan maxsus xona va moddiy texnikaviy 
bazaga ega bo‘lishlik;

O‘qituvchi o‘quv fanidan o‘quvchilarning bilim va malakalari haqida to‘liq 
ma’lumotga ega bo‘lishi va boshqalar.
Zamonamizning atoqli pedagoglaridan biri professor R. Hasanov maktab 
tasviriy san’at o‘qituvchisiga ta’rif berar ekan, quyidagilarni alohida ta’kidlaydi: 
“Mahoratli o‘qituvchi bo‘lish uchun yuksak odob namunasiga ega bo‘lishi, har 
qanday og‘ir sharoitda ham o‘zini tuta bilishi, sabr-toqatli, sahovatli, muruvvatli, 
ijodkor, mehnatsevar, halol, pok, insofli, iymonli, o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi kabi 
yuksak ma’nodagi hislatlarni o‘zida mujassam etgan pedagog-rassom bo‘lishi 
kerakligini bildiradi”.
99
99
Hasanov R. Maktabda tasviriy san’atni o‘rgatish metodikasi. – Toshkent: Fan, 2004. – B.188.


639 
Darhaqiqat, hozirgi zamon maktablarining tasviriy san’at o‘qituvchisi 
yuksak tasavvurga ega, tafakkurli, aqlli, zakovatli, tarbiyali, o‘z fanini a’lo 
darajada biladigan, ijodkor rassom, pedagogika, psixologiya fanlarini chuqur 
o‘rgangan, tasviriy san’at metodikasi bilan yaxshi qurollangan, tasviriy san’at 
darslarining pedagogik texnologiyasini yaxshi egallagan tasviriy san’at 
o‘qituvchisi bo‘lishi lozim.
O‘quvchilarni har jihatdan bilish uchun o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar 
orasida pedagogik va psixologik tashxis o‘tkazishi zarur bo‘ladi. Bu ish bevosita 
quyidagilar bilan bog‘liq: o‘quvchining umumiy qobiliyati, uning xarakteri, qaysi 
fanga qiziqishi, tasavvur, tafakkur va ijodiy fikrlash darajasi, faolligi va 
fantaziyasi, xotira va kuzatuvchanligi, diqqati, tashabbuskorligi, mustaqilligi, uyda 
mashg‘ulotlar uchun bo‘lgan shart-sharoitlari va boshqalar.
Shuningdek, o‘qituvchi o‘quvchilarning qaysi sport turlariga qiziqishlari, 
qaysi san’at turlariga qiziqishi, hatto qaysi qush va hayvonlarga qiziqishini bilishi 
muhim. Chunki o‘quvchilarning bunday narsalarga qiziqishlariga qarab, ularga 
samarali ta’sir ko‘rsatish mumkin. Bu sifatlardan tashqari o‘qituvchi, 
o‘quvchilarning tasviriy san’atga doir xususiyatlarini ham bilishi lozim. Bu borada 
o‘qituvchi har bir o‘quvchining dars jarayonida bilim va malakalaridagi o‘sishni 
bilib turishi kerak.
Tabaqalashtirilgan ta’limni amalga oshirishda, 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin