O‘ZBEKISTONDA KREATIVLIKKA ASOSLANGAN TA’LIMNING
VUJUDGA KELISHI
Yarashev Jo‘rabek To‘rayevich
BuxDUPI dotsenti, p.f.f.d., (PhD).
Kambarova Maxfuza Botirovna
Buxoro davlat universitetining
Pedagogika instituti magistranti
Kreativlik
– bu qaysidir ma’noda yangi va foydali ma’noda yangi va foydali
biror bir narsaning yaratilishiga hissa qo‘shadigan fenomen. Boshqacha qilib
aytganda, yangi mavhum biror narsa (asar, musiqa, idea yoki start - up) yoki
jismoniy biror kashfiyot kabilar yaratilishi uchun eng kerakli vosita bu
kreativlikdir.
O‘zbekiston Respulikasining ta’lim sohasini isloh qilishdagi sa’y –
harakatlarining biri – bu pedagog kadrlarning zamon talablariga hamnafas tarzda
faoliyat yuritishlari, har tomonlama rivojlangan komil shaxslarni tarbiyalashga doir
chuqur bilim, ko‘nikma, malaka va madaniytga ega bo‘lishlarning talab etmoqda.
827
Bu esa o‘z-o‘zidan musiqiy ijod ishlarining qonuniyatlarini o‘rganuvchi
musiqa faniga “kraetivlik” degan tushunchani olib kirdi. Ayniqsa ilmiy bilimning
bugungi kundagi rivojlanishi, kreativlikning shaxsi, jamiyatni va davlatni
rivojlantirishga ta’siri ushbu masalasini ilmiy pedagogik nuqtai nazaridan chuqur
o‘rganishni talab etmoqda.
O‘zbekiston ta’lim tizimidagi yangi yondashuvlar bilan bog‘liq kreativ
rivojlanishi tizimni shakllantirish muammolari ma’naviy va axloqiy qadriyatlarga
borib taqaladi.
Ta’lim va tarbiya, o‘qitishning hozirgi holati oliy ta’limda musiqaning
barqarorligi bilan ajralib turadi.
Krativlik ko‘p qirrali tushunchadir. Inson qobiliyatining tashqariga
chiqishiga imkon berib, mavjud bilimlarga tayangan holda yangisini yaratish,
ishlab chiqarish qobiliyati, g‘oyalarning xilma-xilligi kreativlikning asosi
hisoblanadi. Ushbu ta’rifning rivojlanishi asta - sekin vujudga keladi.
Bugungi kunda musiqa o‘qituvchisidan keng bilim, kreativ psixologiyasini
chuqur bilish, muloqotli o‘yinlar ko‘proq talab qilinadi. [alqaro mutaxassislar ijo
ijodiy fikrlashni “yangi g‘oya va echimlarni berish” deb ta’riflaganlar. Uning olti
jihati bor:
1)
Mos tajriba ma’lumotni ta’riflash, sezish, kuzatish, hamdard bo‘lish;
2)
Tadqiq qilish, qidirish va g‘oyalarni ishlab chiqish;
3)
Bog‘liqliklarni qurish, sohalarga nuqtai nazarni tadbiq etish;
4)
Noodatiy yoki jasur g‘oyalar bilan o‘ynash;
5)
Yangi mahsulotni tasavvur qilish, ifodalash ishlab chiqish, kashf etish;
6)
Yechimning yangiligini tan olish;
112
Kreativlikka
asoslangan
ta’lim
vazifasi
o‘quvchining
jamiyatda
muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak bo‘ladigan
112
“PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi” U.Sharifxodjayev hamda D.Norboyevaning umumiy tahriri
ostida. Toshkent – 2020 yil. 6-bet
828
ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungu yoshlar ega bo‘lishi
kerak bo‘lgan muhim ko‘nikmadir.
113
Ta’lim
oluvchilarda kreativlikni rivojlantirish ta’lim mazmunini
o‘zlashtirishda ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilarning bilim
saviyasi, o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasi,
ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda o‘qitish jarayonini
tashkil etishni talab qiladi.
Bunda quyidagi pedagogik shart – sharoitlarga amal qilish lozim:
Ta’lim oluvchilarga kreativ faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish,
bilish ehtiyojlarini shakllantirish va ta’lim jarayonida mustaqilllikni namoyon
qilish muhitini ta’minlash;
* Ta’lim oluvchilarda kreativ fikrlash uchun qulay imkniyat yaratish, ta’lim
oluvchilar tomonidan bayonqilingan turli – tuman fikrlar va g‘oyalarni
bag‘rikenglik bilan qabul qilish hamda ularning o‘quv jarayonidagi faolligini
ta’minlash, har bir ta’lim oluvchida uning kreativ fikrlashga qodirligi haqidagi
oshinchni qaror toptirish, ularning ijodiy faolliklarini muntazam rag‘batlantirish;
* O‘quv jarayonining ta’lim oluvchi shaxsining xususiyatlari, ehtiyojlari va
intellektual salohiyatidan kelib chiqqan holda individuallashtirish;
* Ta’lim oluvchilarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni
muammolarini hal qilishda tayyor, standart yechimlar bilan birga nostandart
yechimlar qabul qilishga undash;
* Kreativ faoliyatni rivojlantirishning asosi bo‘lgan kognitiv bilimlarni
amalda qayta ishlab chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan interfaol
mashg‘ulot shakllari va metodlarini tanlash va tadbiq etish va hokazo;
113
Lucas, B. And E.Spancer (2017), Teaching Creative Thinking: Developing Learners Who Generate Ideas and Can
Think Critically, Cown House Publishing,
https://bookshop
canterbury.ac.uk/ Teaching – Creative – Thinking –
Developing – learnes-Who – generate – ideas – and- can – think – critically_9781785832369 (accessed on 26
March 2018)
829
O‘zbekistonda ta’lim oluvchilarda kreativlik qobiliyatlarni rivojlantirishning
muhim sharti ta’lim jarayonida erkin-ijodiy muhitning yaratilishi, pofessor-
o‘qituvchilar, o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning birgalikdagi munosabatlari va
o‘zaro hamkorlikdagi harakatiga asoslangan o‘qitish jarayonini yo‘lga qo‘yishdan
iborat.
Ta’lim oluvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi bir qator olimlar
mavjud:
- Kreativ fikrlashko‘nikmalarini rivojlantirish, kreativ faollikni shakllantirish,
o‘quv jarayonini izlanuvchanlik hamda muammoli tadqiqotchilik yo‘nalishlarini
kuchaytirish.
- Ta’lim oluvchilarning muammolarni ijodiy yechish va yaratuvchilik
faoliyatlarini rivojlantirish vaziyatlarini tashkil etish.
- Ta’lim oluvchilarning kreativ faoliyat tajribasiga kasbiy zaruriyat va
istiqboldagi kasbiy faoliyat mazmuning tarkibiy qismi sifatida yondashishlarga
erishish.
- Ta’lim oluvchilarning kreativ layoqatlarini namoyon qilishlari uchun qulay
ijodiy – hamkorlik muhitini vujudga keltirish kabilar...
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ta’lim oluvchilarda rivojlantirish bugungi
kunning dolzarb vazifalaridan bo‘lib, yuqorida keltirilgan nazariy asoslarga
tayangan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin:
Kreativlik qobiliyatlarining shakllantirishda interfaol ta’lim metodlari va
texnologiyalari ta’lim oluvchilarda ahamiyat kasb etadi. Kreativlikni rivojlantirish,
o‘qitish jarayoning muayyan mazmuni, vositalari, pedagogik xususiyatlari va
usullariga ega.
Ta’lim oluvchilarning pedagogik ehtiyojlari, qiziqishlari, alohida
ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarni tizimli tarzda o‘rganish, bunda ukarning
kreativ faoliyatini tashkil etishida uchraydigan psixologik to‘siqlarni bartaraf
etishning samarali yo‘llarini belgilash lozim bo‘ladi.
830
Kelgusida o‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish,
bo‘lajak
pedagoglarda
tanqidiy,
kreativ
tafakkurni
shakllantirish
va
rivojlantirish,ularni ijodiy fikirlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish
ta’lim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga
rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘ladi. Ta’lim oluvchiining ijodkor va kreativ
bo‘lishi yoki bo‘lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil
etish, yangi g‘oyalarni ta’lim jarayonida sinab ko‘rishga intilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |