Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə319/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   373
innovatsion

Kalit so‘zlar
: tembr, bo‘yoq, madaniy, ilmiy, risola, milliy, cholg‘u,
tavsif, an’anaviy, ipak 
Dutor (fors. را تود)
— O‘rta 
Osiyo, Eron va 
janubiy 
Osiyoda tarqalgan 
an’anaviy ikki torli musiqa asbobidir. Nomi fors tilidan “ikki tor”—“ dutor” ya’ne
ikita torli bo‘ladi. Dutor XV asr atroflarida paydo bo‘lgan. Dutor tut, o‘rik, 
yong‘oq yog‘ochlaridan yasaladi. Dutorning qorni o‘nga yaqin yupqa taxtakachni 
egib, bir-biriga yopishtirilib yasaladi. Buning ustidan qopqoq yopiladi va tayyor 
bo‘lgan qorin dastaga ulanadi. Torgir yoki tor ilgak dutorning ikki simini ko‘tarib 
turadi. Dutorning dastasi ingichka uzun bo‘ladi. 
Boshqa torli asboblarda odatda metal pardalar bo‘lsa, dutorda dastasiga 
o‘ralgan 15 ga yaqin ipak parda bo‘ladi. Zamonaviy dutorlarning pardalari ba’zan 
yog‘och yoki suyakdan yasaladi. Dutor dastasi suyak, sadaf bilan bezaladi. Dutor 
torlari avvaliga ichakdan, keyin ipakdan tayyorlanar edi. Zamonaviy dutor 
torlari neylondan qilinadi. Dutorda bir yarim oktava atrofidagi diatonik-xromatik 
gamma bor. Dutor uchun xalq orasida maxsus kuylar yaratilgan. Bular safiga 
“To‘rg‘ay”, “Farg‘onacha”, “Tanovar”, “Munojot”, “Rohat”, “Jigarpora”, 
“Dilxiroj”, “Chertmak”, “Shafoat”, “Suvora”, “Qo‘shtor” kabi kuylarini kiritish 
mumkin. Dutor (fors— ikki tor) torli chertma milliy musiqa cholg‘usi. O‘zbek, 
tojik, uyg‘ur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. O‘zbek Dutori 
muloyim, nafis va shirali ovozi bilan boshqa cholg‘ulardan ajralib turadi. U asosan 


849 
tut, o‘rik yog‘ochlaridan yasaladi. Cholg‘uning kosaxonasi (rezonatori) 8—12 ta 
yupqa, bir-biriga yonmayon yopishtirilgan taxtacha (qovurg‘a) dan ishlanadi. 
Kosaxonaning ustki, ochiq qismiga yupqa qopqoq yopiladi va kosaxona bo‘g‘iz 
orqali dastaga ulanadi. Dutorning uzun va ingichka dastasiga 13—17 ta parda 
bog‘lanadi. Kosaxona va dastaga suyak va sadafdan ishlangan bezak naqshlar 
o‘yib yopishtiriladi. Torlari ipak iplaridan eshiladi. Ular Tanavor sozi (kvarta), 
Munojot sozi (kvinta), Qo‘shtor sozi (unison)ga sozlanadi. Uyg‘urlarda Dutor 
kattaroq shaklda, Turkmanistonda fakat o‘yma (qazma) turi, Xorazm va 
Qoraqalpog‘istonda kosaxonasi qovurg‘alik Dutorlar bilan birga hajmi kichik, 
o‘yma xillari ham uchraydi. Dutor yakkanavoz va jo‘rnavoz cholg‘u sozi bo‘lib, 
sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. Dutorda yakka zarb, qo‘shzarb, bilak 
zarb, bidratma, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud. Dutor haqidagi dastlabki 
yozma ma’lumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy 
“Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari” nomli risolasi (16-bobi)da uchratamiz. 
16—17-asrlarda “Dutoriy” taxallusi bilan ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy 
Dutoriy, mashhadlik Mirquliy Dutoriy kabi) sozandalarning nomlari manbalarda 
saqlangan. Hozirda milliy Dutor ijrochiligining o‘ziga xos uslublari 4 ta asosiy 
(Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazm) maktablari orqali namoyon bo‘ladi. 
20-asrda Andijon maktabi namoyandalaridan Dorip dutorchi, M. Najmiddinov, O. 
Rustamov, K.Jabborov, Farg‘onada Qo‘zixon Madrahimov ijrosida “Nolish”, 
“Cho‘pon”, “Andijon Kurdi”, “Andijon Sayqali”, “Tuya bo‘zloq”, “Qo‘shtor”; 
Toshkent maktabi yirik vakillaridan Solixon Hoji, A.Vahobov, F.Sodiqov, 
M.Yunusov, T.Alimatov, Z.Obidov, S.Yo‘ldoshevlar talqinida “Sharob 1,2”, 
“Shafoat 1,2,3”, “Toshkent Sayqali”, “Toshkent Kurdi”, “Rajabiy 1,2”, “Kurash”, 
“Dutor Bayoti”, “Dutor Navosi”; Samarqand maktabi ustozlaridan Hoji Abdulaziz 
Abdurasulov, Qori Siroj Yusupovlar ijrosida “Guluzorim”, “Bebokcha”, 
“Bozurgoniy”, “Gullar vodiysi”; Xorazm maktabi vakillaridan N.Boltayev, 
Y.Jabborovlar ijrosida “Qoradali”, “Aliqambar”, “Saqili Navo” singari mumtoz 


850 
kuylarda o‘z ifodasini topgan. 1970-yilardan yakka Dutorda Shashmaqom cholg‘u 
va ashula yo‘llari ham ijro etila boshlandi. O‘zbek bastakorlaridan N.Hasanov 
“Gilos”, F.Sodiqov “Dutorim”, S.Yo‘ldoshev, “Dil kuylasin”, Z. Obidov “Tog‘ 
go‘zali”, O. Qosimov “Yangra sozim” kabi asarlarni Dutor uchun yaratdilar.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin