Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə320/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   373
innovatsion

 
 
1-
 
rasm 
Xorazmda dutor maqom turkumlari XIX-XX asrlarda keng tarqalgan bo‘lib, 
“Xorazm tanbur chizig‘i”da oltita dutor maqomi – Zihiy Nazzora-Urganjiy, 
Miskin, Rahoviy, Iroqiy, Oxyor, Choki Giribonlar va ularning turkumiy qismlari 
yozib olingan. Manbalarga ko‘ra (Xorazm musiqiy tarixchasi) va amaliyotda 
saqlangan dutor maqom turkumlarining 11-tasi keltirilada, har birining tarkibida 2-
dan to 7-tagacha qismlari mavjud – Iroq, Chapandoz, Mo‘g‘ilcha, Navoiy, Sadri 
Iroq, Roviy, Orazi bom, Tashniz, Majnun Dali, Oxyor, Miskin, jumladan, Zihiy 
Nazzora-Urganjiy maqomi tarkibida – Zihiy Nazzora, Talqini Zihiy Nazzora
Tarji’bandi Zihiy Nazzora, Qaddim xamliqi, Talqini Urganjiy, Naqshi Talqini 
Urganjiy, Iyfori Talqini Urganjiiy yoki Miskin maqom turkumi tarkibi – Miskin, 
Talqini Miskin, Naqshi Miskin, Iyfori Miskin (Iyfori – ufar ma’nosida).
 


851 
2- rasm
Har bir maqom turkumi o‘ziga xos kuyi, shakli, usullari, kuy rivoji, she’riy 
matnlari va ijro uslublari bilan ajralib turadi. Dutor yoshlar orasida keng tarqalgan 
cholg‘u bo‘lib, respublika miqyosida dutor ijrochiligi bo‘yicha tanlovlar muntazam 
ravishda o‘tkazilmoqda. Dutor ijrochiligi va dutor maqom yo‘llari oliy va o‘rta 
maxsus hamda musiqa maktablari o‘quv jarayoniga kiritilgan, shu tufayli dasturlar 
va o‘quv qo‘llanmalar amaliyotda joriy etilgan. 
Xulosa qilib aytganda Dutor ijrochiligining o‘rni talabalarning oʻquv 
jarayonida olgan bilimlarini ansambl sinfida mujassamlashtirish, keyingi 
oʻqituvchilik faoliyatida cholgʻu asboblari ansambllari tashkil qilish yoʻllarini, 
talaba va oʻquvchilarning oʻqishdan boʻsh vaqtlarini toʻgʻri tashkil qilish, madaniy 
merosga toʻgʻri yondashishga ularning tafakkur va hissiyotlarini rivojlantirib borib, 
gʻoyaviy – badiiy va ma’naviy tarbiyasiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
Adabiyotlar: 
1. Qosimov O. Dutor taronalari. 1,2 kitob. Toshkent. 1978 y. 
2. Petrosyans A. Instrumentovedenie. (Uzbekskiye narodniye instrumenti). Vtoroe 
izdanie. Tashkent. 1980 g. 


852 
3. Malkeeva O. Dutor haqida. SUS. 2son. Toshkent. 1983 y. 24 b. 
4. Rasultoev J. An’anaviy cholg‘uchilik xususida. Guliston jurnali, 1-son. 
Toshkent. 1995 y., 11-bet. 
5. Alimatov T. Soz vasfi. Sharq yulduzi jurnali. 1-son., 1996 y. 182 b. 
6. Abdukarimov M. Sato. Guliston jurnali, 4-son., Toshkent. 1997 y. 61 b. 
7. O‘zbek xalq musiqasi. IV tom. to‘plovchi va notaga oluvchi Yu.Rajabiy. 
(I.A.Akbarov tahriri ostida) – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot 
nashriyoti. 1958, 479 b.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin