Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə322/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   373
innovatsion

Rang-baranglik.
O‘quvchi-yoshlarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va 
g‘oyalar paydo bo‘ladi. Rang-barang fikr va g‘oyalar yakkayu-yagona javob 
mavjudligi haqidagi tasavvur bartaraf qilingan chog‘dagina yuzaga keladi. 
Fikrlarni ifoda qilish chegaralanganda o‘quvchi-yoshlarlarning fikrlashiga chek 


854 
qo‘yiladi. Faqat birgina javob mavjud bo‘lgan taqdirda xilma-xil vosita va 
jarayonlardan foydalanish joizki, uning yordamida o‘quvchi-yoshlarlar ana shu 
javobni topa olsin. 
Faollik.
Tanqidiy fikrlash o‘quvchi-yoshlarning faolligi bilan bevosita 
bog‘langan. Odatda, o‘quvchi-yoshlar sustkash tinglovchilar bo‘lishadi, chunki 
ularda o‘qituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli 
ularning bilimlari o‘qituvchi mas'ul degan ishonch shakllanib qolgan. O‘quv 
jarayonidagi o‘quvchi-yoshlarning faol ishtiroki va o‘qishlariga o‘zlarining mas'ul 
ekanligiga tayyorligi tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. O‘quvchi-
yoshlarlarni fikr yuritishga, o‘z g‘oyalari va fikrlari bilan o‘zaro o‘rtoqlashishga 
da'vat etish kabi pedagogik yondashuv ularning faolligini o‘stiradi. Mixail 
Chikjentmixaliy (1975) ta'kidlaydiki, o‘quvchilar o‘sha murakkab darajadagi o‘quv 
jarayonida faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida qatnashganligidan katta bahra 
oladilar va o‘zlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar. 
Tavakkalchilik.
Erkin fikrlilik tavakkalchilikka asoslanadi. Uning bilim 
faoliyatida qo‘rqmay tavakkal qiluvchi insonlarni rag‘batlantirib turish joizdir. 
Fikrlash jarayonida "ahmoqona g‘oyalar" aql bilan tuzilmagan birikma va 
tushunchalar ilgari surilgan holatlar ham bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi buni o‘quv 
jarayonining tabiiy holati sifatida o‘quvchi-yoshlarga tushuntirishi lozim. 
O‘quvchi-yoshlarni tavakkaldan holi bo‘lgan, ya'ni g‘oyalar qadrlangan, o‘quvchi-
yoshlarning fikrlash faoliyatida faol ishtirokini yuqori motivatsiyalash imkoni 
bo‘lgan muhitda o‘ylash lozimligiga ishonch hosil qilish zarur. 
Qadrlash.
Tanqidiy fikrlashning omillaridan biri o‘quvchi-yoshlarning fikrlash 
jarayonini qadrlashidir. Tashkil etilgan fikrlash jarayonida o‘quvchi-yoshlar o‘z 
g‘oyalari, tasavvurlarining o‘qituvchi tomonidan qadrlanayotganini tushungan 
holda chuqur mas'uliyat va e'tiborga yarasha javob qaytaradilar. Oquvchi-yoshlar 
o‘z fikrlash jarayonini qadrlashni namoyish qilishga harakat qiladilar, unga va 
uning oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar. 


855 
Qimmatlilik.
Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida o‘quvchi-yoshlar 
ularning fikrlari, o‘z tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga 
singdirish zarur. O‘qituvchi o‘quvchi-yoshlardan muayyan materialni shunchaki 
qayta ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo‘lishi lozim. 
Bu esa o‘quvchi-yoshlarda o‘zgalar g‘oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab 
chiqish eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. 
Aslida o‘quvchi-yoshlarga o‘z fikri, o‘ziga taalluqli bo‘lgan g‘oya va tasavvurlar 
qimmatli ekanligini ko‘rsata olish zarur. O‘quvchi-yoshlarning o‘zlari ham o‘z 
fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari zarur. Ular o‘z 
fikrining tushuncha va masalani muhokama qilish jarayonida o‘ta muhim, 
shuningdek, katta hissa bo‘lib hisoblanishini tan olishlari kerak. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin