Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə321/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   373
innovatsion

TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI 
Shamsiyeva Maxbuba Sattorovna 
Buxoro davlat universiteti
pedagogika instituti 1-bosqich magistranti
“Erishilgan yutuqlarga mahliyo bo‘lib o‘tirish taraqqiyot yo‘lidagi eng katta 
g‘ovdir”. 
SH.M.Mirziyoyev. 
Tanqidiy fikrlash - bu biz ishonishimiz va inkor etishimiz uchun nima o‘rinli 
degan ishonchli va oqilona baholarni ishlab chiqishdir. Tanqidiy fikrlash 
mantiq
 va 
ilm-fan vositalarini qo‘llaydi, chunki u ishonchsizlik yoki dogmatizm, shubhasiz 
ishonch, ilm-fan aqilligi va orzu-istak tafakkuridan oqilona munosabatda 
shubhalarni qadrlaydi. Tanqidiy fikrlash haqiqatga erishishimizga kafolat 
bermaydi, lekin bu uni muqobillarning har qandayidan ko‘ra ko‘proq qilishiga olib 
keladi.
 
Tanqid-nimaningdir yoki kimningdir kamchiliklarni baholash, nima yoki 
kimdir haqida salbiy fikr yuritishdir. Oʻzgalarni tanqid qilish qaralayotgan 
muammoga ularning munosabatini oʻziniki bilan mos kelishini istashdir. Tanqidiy 
fikrlashni rivojlantirishi mumkin bo‘lgan savollar haqida hech o‘ylab 
ko‘rganmisiz? Bu kabi savollar biz odatlanib qolgan taxmin qilish va fikrlash 
doirasidan chekingan holda yangicha fikrlashga undaydi. Ular bizni kashfiyot, 


853 
izlanishlar va kata orzularga yetaklaydi. Tanqid (kritika (lot-hukm qilish mahorati) 
– inson faoliyatining biror sohasiga aloqador hodisani baholash, analiz qilish. U 
xatolarni topish va muhokama qilishdan iboratdir. Bu esa odatda manmanlikka olib 
keladi. Boshqalar ham shu ruhda tarbiyalanganliklari uchun tanqidchining 
fikrlarini qabul qilishni istashmaydi. Demak, tanqid oʻzgalarning axborot-energetik 
olamiga tajovuzdir. Tanqidiy fikrlash birinchi navbatda munozara, yozma ish va 
matnlar bilan faol ishlash orqali shakllanadi. 
Shu bilan birga, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda quyidagi omillar muhim 
ahamiyat kasb etadi: 
Vaqt.
Tanqidiy fikrlash vaqt talab qiladi. Pirson, Xansen, Gordon (1979) lar 
ta'kidlashadiki, o‘z fiklarini ijod qilish go‘yo avvalgi g‘oya, tasavvur, uchrashuvlar 
va tajribalarni arxeologik jihatdan tadqiq qilishga olib keladi. Shuning uchun ham: 
- fikrlarini o‘z so‘zlari bilan ifodalash; 
- o‘zaro tanqidiy fikrlar almashish
- o‘z g‘oyalarini ifodalay olish va konstruktiv takliflarga javob ola bilish; 
- fikrlarni muayyan g‘oyalar qiyofasida, qulay muhitda amalga oshira olish va 
o‘z g‘oyalarini to‘la va aniq ifodalay olish. 
Izn.
Tanqidiy fikrlashda erkinlik bo‘lishi uchun o‘quvchi-yoshlar ma'qul va 
noma'qul narsalarni aytish, ular haqida fikrlash, ijod qilish uchun ruxsat olishlari 
lozim. O‘quvchi-yoshlar yo‘l qo‘yiladigan holatlarni anglab olishgach, tanqidiy 
tahlil qilishga faol kirishadilar. Tanqidiy tahlilga izn olish onglilik tamoyiliga 
asoslanadi. Bunda tahlil va haddan oshish orasidagi farq aniqlab berilishi lozim. 
Tanqidiy fikrlashga izn fikrlash uchun chinakam maqsad bo‘lgan do‘stona hamda 
samarali sharoitda beriladi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin