846
ishga solib, tovusga o‘xshagan bir asbob yasabdi. Uni olib xonning saroyiga
boribdi.
Xonga ro‘baro‘ bo‘lib: «Men qizingizni tuzataman», — debdi. Xon rozi
bo‘libdi. Afg‘on
yigit boqqa kirib, qizning yoniga kelibdi-da, o‘zi yasagan
tovussimon asbobni chala boshlabdi.
Asbobning goh hazin, goh mungli, goh
jo‘shqin kuyiga berilib ketgan xonning qizi asta-asta uyquga ketibdi. «Uyqu
dardga davo, bemorga shifo», deb bejiz aytishmagan. Afg‘on yigit asbobini
chalaveribdi, xonning qizi maza qilib uxlayveribdi. Bora-bora afg‘on
yigiti uni
yaxshi ko‘rib qolibdi.
Qizga mehri oshgan sari qo‘lidagi asbobi yanada boshqacharoq
bo‘zlayveribdi. «Qizim nima bo‘ldiykin, bir xabar olay», deb boqqa chiqqan xon
qizining uyqu og‘ushida, yonidagi afg‘on yigiti esa qo‘lidagi
asbobni
bo‘zlatayotgan holda ko‘rib: «Tag‘in qizimning boshini aylantirib qo‘ymasin», deb
o‘ylab, yigitni bog‘dan haydab chiqaribdi. Shu tariqa qiz tuzalib ketibdi. Afg‘on
yigitini ko‘p yo‘qiatibdi, topolmabdi. Xon qizining tuzalib qolganini ko‘rib, o‘ziga
o‘xshagan xonning o‘g‘liga katta to‘y qilib berib yuboribdi.
Afg‘on yigiti qizning ko‘yida o‘zi yasagan asbobni chalib yuraveribdi. U
chalganda uyqusizlar uyquga ketibdi, kasallar tuzalibdi. Muhabbati bevaqt xazon
bo‘lganlarning dardiga dard qo‘shilibdi. Shu-shu afg‘on
yigiti yasagan asbob
«Afg‘on rubobi» deb ataladigan bo‘libdi.
1
Shuning uchun ham musiqa madaniyati darslarida cholh`u asboblarida ijro
etish faoliyat turi eng qiziqarli mashg‘ulotdir. Bolalar cholg‘u asboblari jonli
tovushli o‘yinchoqlar sifatida har bir o‘quvchini qiziqtiradi.
Chapak va bolalar
cholg‘u asboblarida ritmik jo‘r bo‘lish, musiqaning xarakteri va obrazlarni
chuqurroq his etishda, ularga xos emotsional tuyg‘ular
hosil etish, ayniqsa,
bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: