BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MULOQOT MADANIYATINI
SHAKLLANTIRISH VA UNING METODIKASINI TANLASH
Qurbonova Nigina
Buxoro davlat universiteti
pedagogika instituti 1-bosqich
magistranti
Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish
ko‘p jihatdan o‘qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tish
lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to‘g‘ri tanlangan,
o‘qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi
uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:
birinchidan, muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik sinf
jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin
pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal
qiladi;
832
ikkinchidan, har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatni erkin
muloqot asosida
tashkil qilish
, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik
muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga “kirib
borish”ga
yo‘l
ochadi;
uchinchidan, pedagogik muloqotda o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy normalari
muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning
barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini va
xotirjamligini ta’minlaydi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqot madaniyati individual
uslublarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1-bosqich:O‘quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy
xususiyatlarini o‘rganishini ta’minlaydi va quyidagi tarkiblardan iborat bo‘ladi:
•o‘quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish;
•o‘quvchilar ichki imkoniyatlariga har tomonlama tavsif berish;
•o‘qituvchining muloqot madaniyatini to‘g‘ri tashkil etishi.
2-bosqich: Shaxsiy muloqotda ro‘y beradigan kamchiliklarni darhol bartaraf etish
bo‘lib, quyidagi tarkibga ega:
•kamchiliklarga barham berish choralarini darhol izlab topish;
•har qanday vaziyatda o‘quvchilarga qo‘pollik qilmaslik;
•o‘quvchi shaxsini mensimaslik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish.
3-bosqich:O‘qituvchi o‘zi uchun muloqot madaniyatining eng qulay bo‘lgan
uslublarini tanlab olishini talab etadi va quyidagilarni qamrab oladi:
•pedagogik faoliyatiga monand muloqot madaniyati modelini ishlab chiqishi;
•o‘z-o‘zini kuzatish bilan muloqotdagi yutuq va kamchiliklarini muntazam
taqqoslab borishi;
•muloqotda milliy ma’naviyatimiz, urf-odat va an’analarimiz imkoniyatlaridan
doimiy foydalanish.
833
4-bosqich:Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga
chiqmaslik va bu o‘z tarkiiga quyidagilarni qamrab oladi:
•har bir o‘quvchining individual xususiyatlariga mos muloqot tizimini ishlab
chiqishi;
•muloqotning tarbiyaviy ta’sirini va samarasini e’tirof etish;
•muloqot madaniyati asosida pedagogik mahoratni namoyish etish kabilar.
Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z kasbiy
mahoratlarini oshirish maqsadida o‘quvchilar bilan muloqot madaniyatini
shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur. Ta’lim-tarbiyaviy
jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi va
o‘quvchilarning bevosita o‘zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari
hamjihatlikka yo‘naltiruvchi kuchdir. Bu o‘rinda o‘qituvchi quyidagi vaziyatlarni
e’tiborga olishni alohida ta’kidlash lozim:
- o‘qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga
rioya qilishi, bu jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan har kungi
muomalani vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so‘z ohangiga e’tibor,
an’anaviy muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zlashtirishi;
- muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o‘quvchilar
xatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini
qiyoslab chiqib baho berish;
- o‘z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib,
kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so‘z, ovozdagi yoqimli ohang,
xulq-atvorni vujudga keltirish;
- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shart-
sharoitlarini bilib olishning o‘zi kifoya qilmaydi, o‘quvchilar bilan o‘zaro
muomalaning “ustoz-shogird” an’analariga xos boshlanishi va o‘zaro fikr
almashish asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala ob’ektining
diqqatini o‘ziga jalb qilish;
834
- muloqot ob’ekti, ya’ni o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb qilish deganda
nimani anglash kerak?degan savolga javob berish kerak. Buning ma’nosi
o‘qituvchi o‘zining xushmuomalaligi, madaniyati, go‘zal xulqi, muloqotda
o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olishi bilan o‘z mahoratini namoyish qilib, muloqot
madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy-psixologik negizni asos qilib
olishidir.
Ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlar asosida pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun,
o‘qituvchining pedagogik muloqot madaniyatiga, etikasi va odob-axloqiga,
dilkashligiga, muomala odobiga alohida talablar qo‘yiladi. Ushbu fazilatlar
o‘qituvchining sinf jamoasida, ota-onalar bilan muloqot qila bilishida, o‘quvchilar
bilan aniq maqsadni ko‘zlagan holda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishida va ularni
boshqara olishida muvaffaqiyatlar garovidir.
Kasbiy faoliyatning noyob fazilati bo‘lmish pedagogik muloqot madaniyatiga
amal qiladigan yosh o‘qituvchi quyidagi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi
lozim:
-mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablari va ehtiyojlariga mos bo‘lgan yuksak
ma’naviyat darajasidagi qarashlar, kuchli va barqaror e’tiqod, davlatimiz ideallari,
milliy g‘oya va istiqlol mafkurasiga sodiqlik, vatanparvarlik, fidoyilik tuyg‘ulari
shakllangan ijtimoiy-siyosiy faol shaxs;
-o‘quvchilarga samimiy mehr–muhabbat, ularning har qanday ehtiyojlari,
qiziqishlari, hatti-harakatlari motivlarini, xulq-atvorlarini tushunish ko‘nikmasi va
malakasining shakllanganligi;
-jamiyatda ro‘y berayotgan hodisalar, jahonda ro‘y berayotgan voqealar, tabiatga,
borliqqa, shaxslararo, guruhlararo, millatlararo munosabatlarga nisbatan pedagogik
kuzatuvchanlik, yangilikka, ijodiy izlanishga nisbatan intilish qobiliyatining
mavjudligi;
835
-pedagogik faoliyatning barcha jabhalarida odamlarning hatti-harakatlari,
munosabatlaridagi xususiyatlarni oqilona tushunish, o‘z faoliyatiga nisbatan
refleksiv munosabatni tarkib toptirish;
-har qanday favqulotda vaziyatlarga, jamiyatda ro‘y berayotgan yangiliklarga
nisbatan hamda ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlarga omilkorlik va aql idrok bilan
munosabatda bo‘lish, o‘z oldiga to‘g‘ri maqsad qo‘ya olish, reja tuzish, bevosita
nazorat qilish, boshqarish va o‘z imkoniyatlarini namoyon eta olish;
-pedagogik faoliyatlarda, jamoatchilik tizimida muvaqqat guruhiy munosabatlarda
ommaviy harakatlarda tashkilotchilik va boshqaruvchanlik qobiliyatini namoyish
etishi;
-dunyoqarashi va tafakkur ko‘lamining kengligi, dunyoviy bilimlarni bilishga
nisbatan qiziqishining serqirraligi, ilmiy izlanishlarga moyilligi, muayyan ilmiy
salohiyat va pedagogik mahorat darajasini muntazam oshirib borishi;
-o‘quvchilar bilan muloqotda layoqatliligi, nutq madaniyatining mantiqan ixcham,
ma’noli, ta’sirchan kuchga egaligi, psixologik ta’sir o‘tkazish uslublari bilan
qurollanganligi.
Har bir o‘qituvchi uchun o‘quvchilarga to‘g‘ri, omilkor axborot uzatish va
unga suhbatdoshini ishontira olishi kasbiy zaruriyat hisoblanadi. Bunda
o‘qituvchining muloqot madaniyati, ma’naviy olamining kengligi muhim
ahamiyatga ega. O‘qituvchilarning pedagogik faoliyati uzluksizdir, u pedagogik
muloqot madaniyatini muntazam shakllantirib borishida quyidagi yo‘nalishlarga
e’tibor berishi lozim:
1. Yuksak pedagogik faoliyat nuqtai nazaridan o‘z-o‘zini anglashi,
(muomalada o‘zining o‘zaro fikr almashishga doir sifatlarini, ijobiy va zaif
tomonlarini bilishi) va shu asosda o‘zaro fikr almashish yo‘li bilan o‘z-o‘zini
tarbiyalashi.
2. Kishilar bilan o‘zaro munosabatda kommunikativ iqtidorini shakllantirib
borishi, muloqot asosida to‘g‘ri bashorat qilish sezgilarini mashq qildirishi,
836
muloqotda o‘zining ideal tasavvurlarini, imkoniyatlarini boshqalar (o‘qituvchilar
jamoasi,
o‘quvchilar, ota-onalar) qanday baholashi haqidagi refleksiv
tasavvurlarini tahlil qilishi.
3. O‘zida muloqot odobining muhim xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan
ixtisoslashtirilgan mashqlar asosida ishlashi.
4. O‘quvchilar va ota-onalar bilan tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan
turli jamoat ishlarini olib borishi, bunda o‘zaro fikr almashish asosida pedagogik
tashkilotchilik qobiliyatini takomillashtirib borishi.
5. Muloqot jarayonida paydo bo‘ladigan salbiy holatlarni yengish
ko‘nikmalarini shakllantirishi, dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlantiradigan
vaziyatlar tizimini yaratishi.
O‘qituvchi muloqot madaniyati asosida faoliyat olib borgan taqdirda ham,
o‘quvchilar jamoasi orasida turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar paydo bo‘lishi
tabiiy hol. Har qanday tajribali o‘qituvchining pedagogik muloqoti jarayonida
o‘ziga xos qiyinchiliklar yuzaga keladi. O‘quvchilar jamoasida sodir bo‘ladigan
har qanday pedagogik vaziyatga javobgar shaxs o‘qituvchidir. Bu barcha davrlar
pedagogik faoliyatida namoyon bo‘ladigan tipik hodisa. Ayniqsa, ushbu holat
endigina o‘z faoliyatini boshlagan yosh o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida
muammoli vaziyatlarni paydo qiladi. Yosh o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan olib
boradigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini doimiy nazorat qilish, ularga to‘g‘ri
yo‘nalish berish, barcha o‘quv muassasalari pedagogik jamoatchiligiga, ustoz
o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilishi lozim. Pedagogik faoliyatda xato va
kamchiliklarga yo‘l qo‘yadigan o‘qituvchining yoshiga va ish tajribasi ko‘lamiga
odatda o‘quvchilar hech qachon e’tibor bermaydilar. Chunki, o‘quvchilar yoshidan
va tajribasidan qat’iy nazar barcha o‘qituvchilarni ustoz deb ataydilar.
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya va pedagogik muloqotning o‘ziga xos an’analari,
milliyligimizga mos shakl va metodlari mavjud.
837
Hozirgi zamon o‘qituvchisidan, hayot sinovlariga bardoshli bo‘lish, millat
qadriyatlarini anglash, jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini topish, yuksak
ma’rifatli va ulkan salohiyatli bo‘lish, eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni
mukammal bilish talab etiladi.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan
turli ziddiyatli vaziyatlarni tezda bartaraf etishi uchun, avvalo o‘z iqtidoriga,
pedagogik mahoratiga tayanishi kerak. Pedagogik muloqot asosida erishiladigan
yutuqlar o‘qituvchining ijodiy mehnati mahsulidir. Ushbu mehnatning salbiy va
ijobiy tomonlari bo‘lishi shubhasiz. Har bir vaziyatni oqilona baholash, uni to‘g‘ri
rejalashtirish, tarbiyaviy jarayonlarda aql-idrok bilan muloqotni tashkil etish zarur.
O‘qituvchi
bilan
o‘quvchilarning
muloqotda
bir-birlarini
o‘zaro
tushunmasliklari, muloqot vositalarining qashshoqligi, har bir o‘quvchining
ruhiyatiga qarab muomala qilinmasligi, barchaga bir xil majburiy itoatkorlik
munosabati, o‘quvchilarni tor doiradagi intizomga chaqiruvchi emotsional jihatdan
salbiy tus berilgan buyruq shaklidagi muloqot doimiy ziddiyatlarni keltirib
chiqaradi. Pedagogik muloqot usullari ustida ishlashning asoslangan tizimini tuzish
uchun,
har
bir
o‘qituvchi o‘zining muammolaridan, yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklaridan kelib chiqib, qiyinchiliklarni tahlil qilish bilan bartaraf etishi
lozim.
Pedagogik muloqotga doir barcha mashqlarning umumiy yo‘nalishini mavjud
pedagogik vaziyatlarda malaka hosil qilish uchun, har bir muloqot
ishtirokchilarining imkoniyatlarini ochishga ko‘maklashuvchi uning shaxsiy
hislatlarini rivojlantirib borishni ta’minlovchi vositalardan foydalanish taklif
qilinadi. Muloqotga ba’zi o‘quvchilarning sub’ektiv qarashlarini aniqlash, shu
o‘quvchi bilan muloqotni oqilona hal qilinishi uchun zarur bo‘lgan vazifalarni
belgilash, uning xulqini tuzatish yoki unda shunchaki ishonch kayfiyatini yaratish
kerak.
838
Mazkur vaziyatlarda o‘zaro harakatlarning tizimli vositalari majmuasi
quyidagicha belgilanishi mumkin:
• muloqot jarayonida tarbiyalanuvchi ob’ektning javob harakati imkoniyatlarini
oldindan ko‘ra bilish;
• ob’yektda psixologik to‘siq va salbiy qarashlarni keltirib chiqaruvchi
vositalarni qo‘lga kiritish;
• vaziyatning o‘zgarishiga qarab foydalanish mumkin bo‘lgan muloqotlarning
bir nechta modeliga ega bo‘lish;
• o‘quvchilar jamoasi fikrlarini tinglash, ularning mulohazalariga qo‘shilish,
ularga hamdardlik ko‘nikmasini rivojlantirib borish;
• o‘zaro muloqot natijalarini baholash va erishilgan yutuqlar hamda
kamchiliklarni pedagogik-psixologik vositalar asosida taqqoslash.
Pedagogik faoliyat va pedagogik muloqot xarakteri o‘qituvchining shaxsi,
uning qarashlari nuqtai nazarlarida va xulqida namoyon bo‘ladigan g‘oyaviy
siyosiy saviyasi, professional tayyorgarligi va bilishga intilishi bilan uzviy bog‘liq.
Bu asosiy xislatlardan tashqari o‘qituvchining umumiy va boshqa qobiliyati, uning
moyilligi xarakteri, muvaqqat psixik holatlari, shuningdek, to‘plangan tajribasi
muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi shaxsining professional jihatlarini va o‘z-o‘zini
tarbiyalash yo‘llaridan biri o‘zining sifat va hislatlarini, shuningdek pedagogik
faoliyat va muloqotlarining barqaror xususiyatlariga, o‘qituvchi bilimining saviyasi
va tarbiyalanganligi natijasida erishilgan natijalarini tahlil qilishga doir mashqlarda
ham namoyon bo‘ladi. Shuningdek, bugungi davrda har bir o‘qituvchi bugungi
kunda muloqot madaniyatiga e’tibor berish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |