Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə325/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   373
innovatsion

Kalit so‘zlar:
sport jarayonlari, irodaviy sifatlar, xorij psixologiyasi, 
jismoniy tarbiya, sport psixologiyasi, psixologik nazariyalar

Iroda muammosining psixologiyada yetarlicha o‘rganilmaganligi bugungi 


kunda zamonaviy psixologlar tomonidan tan olingan. Psixologiyaga doir 
kontseptsiyalarda uzoq vaqt davomida markaziy o‘rinni egallab turgan ushbu 
tushunchani hozirgi paytda muhokama qilganimizda, o‘zining to‘laqonli maʼnosini 
bildirishida ayrim noaniqliklar yuzaga kelmoqda. Tadqiqotchilar orasida irodani 
aniqlash va u bilan bog‘liq bo‘lgan hissiy irodaviy harakatlar, shuningdek hissiy 
irodaviy kuchlanish, hissiy irodaviy boshqarilish, ayniqsa hissiy irodaviy o‘zini-
o‘zi boshqarish masalalarining barchasi tortishuvlarga, bahslarga sabab 
bo‘layotganligi bois, iroda termini bilan maʼno anglatuvchi voqeliklar haqidagi 
fikrlarda o‘zaro bir xulosaga kelinmagan.


859 
“Iroda” tushunchasining falsafa, psixologiya, huquqshunoslik va 
tibbiyotdagi o‘rganilishida qisman moslik bo‘lsada, ammo ushbu sohalardagi 
“so‘zlar ustidagi muzokaralar”ning paydo bo‘lishi muammolarning chuqurlashib 
borishiga sabab bo‘lmoqda, – deya iroda muammosiga qo‘yilgan chegara 
yuzasidan deyarli bir to‘xtamga kelinmaganligini taʼkidlaydi V.А.Ivannikov. – 
Iroda haqidagi sodda tasavvurlar va har bir tadqiqotchining shaxsiy tajribalari 
xulqning hissiy irodaviy boshqaruvi haqida psixologik aspektlarni o‘rganib 
chiqishda qo‘shimcha muammolarni hosil qiladi”. Rossiya psixologlarining 
ko‘pgina eksperimental va amaliy tadqiqotlaridan irodaning har xil aspektlariga 
doir muammoga bo‘lgan qiziqishining susayganligiga guvoh bo‘lamiz. 
Xorijiy psixologiyada esa o‘tgan asrning 30-yillaridan boshlab, aksincha 
iroda haqidagi tushunchalarning susayganligi bois, shu muammoga bo‘lgan 
qiziqishlar ortib bormoqda. Dunyo psixologiyasidagi bunday ahvol ushbu 
muammoga doir savollarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni ko‘payishiga 
undaydi. Bunga javoban psixologik kategoriyalar tizimida iroda haqidagi 
tasavvurlarning rivojlanish tendentsiyasi, iroda tushunchasi tarkibidagi o‘zgarishlar 
uning o‘rni va rolini aniqlashni talab qiladi. Odamning xulq-atvori haqidagi 
tasavvurlar kontekstida iroda tushunchasi vujudga kelgan bo‘lib, uning 
o‘rganilishida umumiylikning mavjudligi tabiiy edi va shuning uchun iroda 
tushunchasi inson harakatlarining vujudga kelishi haqidagi tasavvurlarni 
(determinatsiya, maqsadlar, tanlovi, harakatlar regulyatsiyasi va qo‘zg‘alish va shu 
kab.) qamrab olishi kerak edi. 
Zamonaviy psixologiyada harakatlarning paydo bo‘lishi va amalga oshishi 
jarayonlarini to‘g‘riroq tushunish iroda tushunchasini boshlang‘ich aloqasini 
boshqa tushunchalar bilan aloqasini bir xilligini aniqlashni talab qiladi. Birinchi 
galda mavjud jarayonlarda qatnashuvchi innitsiatsiya – o‘z fikrini bildirish– 
harakatlarni amalga oshirish jarayonlari ko‘rsatadi. Yaʼni, motivatsiya, 
regulyatsiya, harakatlar tanlovi, shuningdek, shaxsiy bilish differentsiatsiyasi 


860 
bo‘lib, bular har xil harakatlar harakteristikasini aniqlab keladi. Masalan, qatʼiylik, 
yechimlilik, bir so‘zlilik kabilar. 
Iroda muammosi tarixiga bag‘ishlangan maxsus ishlar deyarli yo‘q. Rossiya 
psixologiyasida ayni muammo bo‘yicha umumiy tahlil va obzorlar V. I. Selevanov 
ishlarida va M.G.Yaroshevskiy, S.L.Rubinshteyn qo‘llanmalarida yoritilgan. 
“Iroda” atamasi antik falsafada reallik sifatida tushuntirilib, Аristotelning 
qo‘lyozmalarida aniq keltirilgan. Uning fikricha, bunday tushuncha, harakatning 
tug‘ilishi, inson xohishlariga emas, uning bajarilishini ongli yechimini amalga 
oshirilishini tushuntirish uchun kerak edi. Bilimlarning o‘zigina qo‘zg‘atuvchi 
kuchga ega emas, lekin insonning real axloqiy harakatlari bilan to‘qnash kelib, 
uning shunday qilishni xohlagani uchun emas, shunday qilish shart bo‘lganligi 
uchun bajarilayotganiligi bizga maʼlumdir. Аristotel esa bunday xulq 
initsiatsiyasini tashkil etuvchi kuchni qidirishga majbur bo‘ldi. 
Uning fikricha, ongli harakatni bilim emas, boshqa kuch chaqiradi va ushbu 
kuch ruhiyatning ongli qismida, ongli yechimning intilishi bilan birlashuvi orqali, 
yechimga qo‘zg‘atuvchi kuch bilan taʼsir qiladi, aniqrog‘i yechimga qo‘zg‘atuvchi 
kuch berish paytida vujudga keladi. Buning imkoniyati shundaki, odam xatti-
harakatini “intilish predmeti harakatga keltirib, bu orqali yechimga keladi, chunki 
intilish predmeti uning uchun boshlanish hisoblanadi”. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin