Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə328/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   373
innovatsion

References: 
1.
John Wilders. “Introduction to Romeo and Juliet”. Copyright 1978 by the 
Broadcasting Corporation. 


866 
2
. Seward, James H. “Tragic vision in Romeo and Juliet” . Washington press, 
1973. 
NUTQIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA 
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR 
Roziqova Ra’no Rustamovna 
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
 1-bosqich magistranti 


Annotatsiya. 
Ushbu tezisda kompetensiya, innovatsiya, texnologiya so‘zlari 
mohiyati ochib berilgan. O‘quvchilar nutqini shakllantirishda nimalarga ahamiyat 
berilishi haqida ayrim izohlar keltirilgan. Innovatsion texnologiyalar tarixi haqida 
ma’lumotlar, ularni qo‘llashga doir fikrlar mavjud.
Kalit so‘zlar
: nutq, kompetentlik, texnologiya, innovatsiya, pedagogik 
texnologiya, uslub, natija. 
Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, 
 ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi
(Mirziyoyev Sh.M.). 
Boshlang‘ich sinflarda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish juda muhim 
vazifalardan biridir. Bugungi kunda o‘quvchilar nutqini turli usullar bilan 
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy, yangilangan darsliklarda 
innovatsion texnologiyalar asosida ish olib borayotgan pedagoglarimiz talaygina. 
Biz shu asosida avvalo, bu tushunchalarning mazmuniga kirib boramiz va ilmiy 
jihatdan ochib beramiz. Nutq, kompetensiya, nutqiy kompetensiya, innovatsiya, 
texnologiya, innovatsion texnologiya tushunchalari mohiyatini tushunmay, uni 
amalda qo‘llab natija ololmaymiz.
Nutq – bu kishi faoliyatining turi, til vositalari ya’ni so‘z, so‘z birikmasi, gap 
asnosida tafakkurni ishga sola olishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar, o‘z fikrlarini 
his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish kabi vazifalarni bajaradi. 


867 
Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha 
shartga rioya qilish zarur: 
1.
Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini 
o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki yoki yozma 
bayon qilish xohishini va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyatni yarata olish 
hisoblanadi.
2.
Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik 
to‘liq, boy va qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi. 
Shunday ekan o‘quvchilar nutqini o‘stirishning ikkinchi sharti nutqqa oid 
mashqlarning materiali haqida bo‘lib, o‘quvchi nutqi mazmunli bo‘lishi uchun 
g‘amxo‘rlik qilish hisoblanadi. 
3.
Fikr tinglovchiga tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq yordamida 
ifodalansagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli 
o‘stirishning uchinchi sharti - nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. 
O‘quvchilarga til namunalarini berish, ularga yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. 
Nutqni eshitish va undan o‘z tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta’lim 
metodikasi asoslanadigan ongli ravishda “tilni sezish” shakllanadi.
Nutq o‘stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish, 
ya’ni, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o‘rgangan til vositalaridan 
foydalanib, o‘z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi. Maktabda 
o‘quvchilar nutqini o‘stirishga ona tili o‘qitishning asosiy vazifasi deb qaraladi. 
Nutqni shakllantirish faqat ona tili va o‘qish darslarinigina emas, balki o‘quv 
rejadagi barcha predmetlarning (matematika, tabiatshunoslik, texnologiya, tasviriy 
san’at, musiqa va boshqa), shuningdek sinfdan va maktabdan tashqari olib 
boriladigan ishlarning ham asosiy vazifasidir. 
Kompetensiya ~ (lotincha: compete – erishyapman, munosibman, loyiqman. 
U yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba, ta’lim. Kompetensiya iborasi zamonaviy 
ta’limda keng qo‘llaniladigan termin bo‘lib, ta’lim, mehnat natijasini baholash, 


868 
ta’limning muvaffaqiyatligi, professional yo‘naltirilganlik va shu kabi masalarni 
o‘z ichiga qamrab oladi. Bugungi kunda ma’no nuqtai nazaridan oxirigacha 
aniqlashtirilmagan, xulosalanmagan deb hisoblanadi. Kompetentlik ~ biror bir 
ishni samarali qila olish qobiliyati, ma’lum bir kasbda qo‘llaniladigan standartlar 
bo‘yicha bajara olish qobiliyati. Nutqiy kompetensiya bevosita tinglab tushunish, 
so‘zlash, o‘qish, yozish kabi talablardan tarkib topadi va darsga qo‘yilgan 
maqsadni amalga oshiradi. Nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish qadimdan 
ma’lum qoidalar, metodlar, vositalar yordamida amalga oshirilgan. Bugungi kun 
yangicha yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar asosida shakllantirishni, 
rivojlantirishni nazarda tutmoqda.
“Innovatsiya” so‘zi lotin tilidan kelib chiqqan bo‘lib “yangilik kiritish”
degan ma’noni bildiradi. Ta’limda innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion 
pedagogika, innovatsion texnologiyalar, innovatsion jarayonlarni boshqarish kabi 
tushunchalar XX asrning 60-yillarida dastlab AQSh va G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlarida “ta’lim texnologiyasi” tushunchasi e’tirof etilgan vaqtda paydo 
bo‘ldi. O‘sha vaqtdayoq Yevropada pedagogik innovatsiyalar markazi va instituti
tashkil etildi. Innovatsion faoliyatning umumiy va alohida jihatlarini 
K.Angelovskiy, G.I.Gorskaya, V.A. Kan-Kalik, S.L.Kuzmina, V.A.Slastenin, 
L.M.Fridman kabi olimlar o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarida yoritib berganlar. 
Mamlakatimizda pedagogik innovatsiyani rivojlantirish muammolari ustida 
pedagog olimlardan N.Azizxo‘jayev, B.Farberman, R.Mavlonova, U.Nishonaliyev, 
N.Sayidahmedov, M.Ochilovlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Innovatsiyalar 
dolzarb muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha 
yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta’lim 
mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘ladi, shuningdek, umuman ta’lim 
tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsiya ~ ma’lum bir faoliyat 
maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni 
yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo‘llash 


869 
muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi ma’lum bo‘lgan oxirgi natijadir. 
Innovatsiyaning maqsadi ~ sarflangan mablag‘ yoki kuchdan eng yuqori natija 
olishdan iboratdir. Boshqa turli-tuman o‘z -o‘zidan paydo bo‘ladigan 
yangiliklardan farqli o‘laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qiluvchi 
mexanizmlarni o‘z ichiga oladi. Innovatsion texnologiya tushunchasi ta’lim 
sohasida ma’lumotlarni yangicha uslubda, yangicha metodda berib, natijaviylikni 
bir necha marta oshirishni nazarda tutadi.
Texnologiya grekcha: “techne” – hunar, san’at mohirlik, uquv, usta va 
“logos”-fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Innovatsion texnologiyalarni 
hozirgi kunda darsda qo‘llash dars samaradorligini bir necha marta orttiradi. 
Bugungi yangi bilimlarni o‘quvchilar yaxshi o‘zlashtirishi, tushunib amalda 
qo‘llay olishi uchun barcha yangi usullarni qo‘llab ko‘rish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. O‘quvchilar nutqiy kompetensiyalarini shakllantirishda innovatsion 
texnologiyalarni qo‘llab o‘quvchilar fikr doirasini kengaytirish, har bir o‘quvchini 
bugungi xalqaro baholash dasturlariga muvofiq bilimga ega qilib tarbiyalashni 
nazarda tutadi. Zero, zamonaviy yoshlar bizga kerak, ular bilan jahon 
hamjamiyatida o‘z o‘rnimizni yaratamiz.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin