Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə351/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Mirziyoyev SH.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini 
birgalikda barpo etamiz. -T.: O‘zbekiston, 2016, 14-bet 
2. Z.Qurbaniyazova “Tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiyalanuvchilarda milliy 
o‘zlikni anglashni shakllantirishning pedagogic asoslari” nomzodlik dissertasiyasi. 
Т., 2002. 
3. Y.Abdullayev. “Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi asoslari”. Durdona. 2018-y. 


938 
OILА VA TA’LIMNING O‘ZARO HAMKORLIGIDA MADANIYATNI 
RIVOJLANTIRISH 
 Otaboyeva Zulfiya G‘ofurovna,
Andijon qishloq xo‘jaligi va
agrotexnologiyalar instituti assistenti
Gʼaniyeva Kumush, Turgʼunova Barchinoy,
Erkinova Surayyo, 
 
Andijon qishloq
xo‘jaligi va agrotexnologiyalar 
 instituti 2-kurs talabalari

Аnnotasiya

Inson bolasi uchun oila asosiy go‘sha , hayotga tayyor bo‘lib
chiqadigan qutlug‘ va mo‘tabar dargoh . Uning xosiyatu fazilatlarini , odam 
jismonan va ruhan quvvatu tarbiya olishini oila bilan bog‘lasak , turmush 
kechirishdagi hissasi g‘oyat ulug‘ ekanini his etamiz .
 
 
Kalit so‘zlar:
Oila, dono, huquq, nikoh, balog‘ot, kodeks,xamkorlik 
Oila –jamiyatning bir bo‘lagi , binobarin , u qancha mustahkam va har 
tomonlama barkamol bo‘lar ekan , demak , jamiyat ham tez rivojlanadi . Inson 
bolasining ruhiyatida shunday bir xislat borki , u oilada olganlarini bir umr 
unutmaydi va har qachon o‘shanga taqlid qilib yashaydi. Shunuing uchun xalqda 
“Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan naql bor. Shunday ekan, bolaga juda katta 
e’tibor kerak.
Ma‘lumki, millatimiz bolajon bo‘lib, ko‘p bolalik har biz o‘zbek oilasining 
alohida belgisidir .Bizda ko‘p bolali oilalar soni boshqa mintaqalardagi nisbatan 
ancha ziyod, jami oilalarning o‘n ikki foizdan ko‘prog‘i besh va undan ortiq 
bolalidir. Qishloq joylarida esa bu yigirma besh foizni tashkil etadi. Respublika 
rahbariyati , shaxsan Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 
mamlakatimiz aholisi tarkibiga xos bu xususiyatni teran anglagan xolda , mustaqil 
milliy siyosatining besh tamloyillaridan biri aholining ehtiyojmand qismini , 


939 
jumladan, ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy himoyalash ekanini mudom ta‘kidlab 
kelmoqda. Ayniqsa , yutboshimizning oila haqidagi mana bu fikrlari e’tiborga 
loyiqdir:
«Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor qaerda 
ishlashidan qatʼi nazar, kim boʼlishidan qatʼi nazar agar oilada tarbiya, oilada 
muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida eʼtibor bermasa, hech qachon 
natija boʼlmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta 
eʼtibor beraman. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham alohida oʼzimning 
munosabatim bor. Har bir nevaramning alohida xarakterini bilaman, orzusini, 
istagini bilaman», — dedi u.«Odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Аgar 
oilang bilan sen baxtli boʼlsang, baxtliman deyishga haqqing bor. Faqat oilam 
emas, xalqim baxtli boʼlsa men oʼzimni baxtli deb bilaman», — deya taʼkidladi 
prezident.[1]
O‘zbekiston Resbuplikasining аsosiy qonunida davlatning oilaga munosabati 
aniq va lo‘nda ifodasini topgan. Xususan, asosiy qonunning 63-moddasida “Oila 
jamiyatning asosiy bo‘g‘imidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish 
huquqiga ega” degan qoida bor. Binobarin, olia to‘g‘risida g‘amxo‘rlik 
insonparvar huquqiy demokratik davlatning muhim xususiyatlaridandir.[4] 
Istiqbol sharofati o‘laroq , keyingi yillarda mamlakatimizda ko‘plab oilalar 
moddiy-iqtisodiy yordam oldi, jumladan , ikki yarim million olia ilk bor yer 
uchastkalari bilan ta’minlandi, tomorqalarining o‘rtacha hajmi yigirma sotixdan 
oshdi, kelgusida uni chorak gektarga yetkazish nazarda tutilmoqda.

Har bir oilada bolaga tarbiya berishning o‘ziga xos va mos qaror muxim 


qonon-qoidalari borki, unda qatiy amal qilish tarbiya ishining samarali bo‘lishini 
taʼminlaydi. Shuning xam aytish lozimki, bu qonun-qoidalarni nisbiy ravishda 
umuiy deyish mumkin, chunki xar bir bola bir olam ular xar birining o‘ziga xos 
shaxsiyati ruxiyati va xulq –atvori bor, shu boisda shunga qarab muomal qilish 
darkor.Tarbiyada ota-onaning maʼsuliyati, maxorati, ziyrakligi, obro‘-eʼtibori 


940 
muximdir. Ota-ona qaʼtiy ravishda bola tarbiyasini maktabgacha tarbiya 
muassasalari, maktab va jamoatchilik bilan xamkorlikda olib borishi, xamma 
bolalarni teng koʼrishi, ularda nisbatan adolatli mvunosabatda bo‘lishi, bolaning 
yoshi, o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini xisobga olishi va ayni paytda bola 
shaxsini xurmat qilishi, unga nisbatan talabchan bo‘lishimuximdirki, bu yo‘l-
yo‘riqlar, qonun-qoidalar oilada tabiiyravishda muntazam qo‘llansa, juda yaxshi 
natijalar beradi.[4] 
Bolalalarda chiroyli xulq-atvor ko‘nikmasini, malakalarini tarbiyalashning 
o‘ziga xos ko‘pgina usil va vositalari borki, ota-ona kundalik hayotda ularni yaxshi 
bilish,bevosita har bir qaysisidan o‘z o‘rnida foydalanish zarur. Ibrat-namuna usuli
yaxshi xulq-atvorga o‘rgatish, o‘rni kelganda nasihat qilsh , qat’iy tanbeh berish, 
bola 
bilan 
vaqtincha 
gaplashmaslik, 
ularda 
munosabatni 
o‘zgartirish, 
rag‘batlantirish va qoralash vositalar shunday uslublar hisoblanadi. [2] 
Har bir ota-ona bola tarbiyasining ijobiy, salbiy tomonlarini o‘zgarishiga 
e’tibor berib, bu kabi nazariy hamda amaliy o‘zgartirib va amal qilsa ayni muddao 
bo‘ldi. Oilada bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyaning 
birlikdir. Bunda ota-ona, oiladagi katta-yu kichik, hamma bir yoqadan bosh 
chiqarishdir, harakat qilish. Hamma narsada: 
- Bolalarga muomalada 
- rag‘batlantirish
- jazolashda 
Tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning boshqa vositalarini qo‘llashda hammada 
yakdillik bo‘lishi lozim .Odatda, ko‘pincha bolaning onasi yoki buvisi ruhsat 
bergan narsani otasi taqiqlab qo‘yadi yoki buni aksi, bunday vaziyatlarda ularni 
koyiydilar. Kattalar orasida beqarorlik va kelishmovchilikni sezgan bola 
mug‘ambirlik, aldamchilik,tilyo‘lamachilik, xushomatgoylikka o‘rganadi. 
Bolani aql va talabchanlik bilan sevganda, uning qiziqishlariga diqqat-e’tibor 
berganda, mazkur yoshidagi talab va e’tiyojlarini bilganda, bu harakat ota-onaga 


941 
ruhan va jismonan barkamol insonni tarbiyalab etishtirish bolani qo‘rqituvchi 
qattiqqo‘llik bilan ham unig hamma narsani qilishda yo‘l qo‘digan, har qanday 
sho‘xligini kechitadigan muloyimlik va marhamatlik bilan ham qo‘lga kiritib 
bo‘lmaydi. ,,Chinakam obro‘yingiz fuqorolik faoliyatingizga , fuqorolik 
tuyg‘ularingizga, bola hayotini bilishingizga, sizning unga bergan yordamingiz va 
uning tarbiyasi uchun o‘zingizni javobgar deb bilishingizga asoslanadi’’, deb 
uqtiradi allomalardan biri.
O‘quvchining darsga ulgurmasligining asosiy sabablaridan biri har bir 
yumushni o‘lda-jo‘lda bajarishga odatlanganidir. Ma’lumki, o‘quv mashg‘uloti 
bola uchun mehnatning eng murakkab turi hisoblanib, bu ish undan faollikni, 
diqqat-e’tiborni chidam va irodani talab etadi. O‘quvchining o‘qishdagi 
muvaffaqiyati avvalo, uning mehnatsevarligiga hamda oilada har bir yumushni o‘z 
vaqtida bajarishga odatlanganiga bog‘liq.
Tarbiya ishi maktab bilan oila hamda jamoatchlik hamkorligida amalga 
oshiradigan murakkab, ma’suliyatli va sharafli vazifadir. Bu vazifaning to‘g‘ri
bajarilishi ota-onalarni ham maktabni ham jasmoatchilikni ham xursand etadi, 
bundan keladigan tarbiya samarasi har tomonlama manfaatli bo‘ladi. Shuni nazrda 
tutib, ota-ona farzandining o‘qituvchisini ustoz bilib, u bilan tarbiyada bamaslahat 
ish tutishi, o‘z navbatida o‘qituvchi ham o‘quvchining ota-onasi g‘oyat samimiy va 
hurmat bilan qalbiga yaqin tutishi kerak, shunda aloqa mustahkam bo‘ladi.
O‘qituvchi o‘quvchisining uyiga qarindoshdek kirib borishi ayni muddao. 
Ba’zida o‘quvchining uyiga o‘qituvchi birinchi marta boraganida ota-onalar yaxshi 
kutib olmasliklari mumkin, ko‘pincha b holat xulqi yomon, o‘zlashtirishi past 
bo‘lgan o‘quvchilarning oilasida yuz berishi mumkin. O‘qituvchi bunday 
vaziyatga tayyor turishi va uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Bunda 
o‘qituvchi o‘quvchininh dars tayyorlaydigan xonasi uyidagi xo‘jalik ishlariga 
ishtiroki, kattalarga hurmat munosabati, ukalariga mehribonligi, nimalarga
ko‘proq qiziqishi, kun tartibi bilan qiziqishi kerak. Agar ota-ona o‘qituvchining 


942 
bunday savollarga qoniqarli javob qaytarishni istamasa bu holatga qaramay, 
o‘qituvchi bolalarning yaxshi o‘qishi, tartib-intizomli bo‘lishi uchun ular nimalrga 
e’tibor qarashlari haqida do‘stona maslahatlar berishga urinib ko‘rsa o‘quvchidagi 
ijobiy tomonlarni, yaxshi xislatlarni yo‘qolib borishi mumkinligi haqida gapirish 
kerak. Bunday gapda ota-onalar xursand yoki qayg‘uga tushish holatlarini kuzatib 
o‘quvchining taqdiri uchun e’tiborsizlikda emasligini namoyish qilish 
o‘qirtuvchida ota-onalarning oldida ma’sullik hisini yanada oshiradi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin