Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


TALABALAR FUQAROLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə350/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   373
innovatsion

TALABALAR FUQAROLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH 
TIZIMIDA NUTQ MADANIYATI, MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH, 
ADOLATLILIK
A.N.Abdullayev
BuxDUPI Harbiy fakultet 
O‘quv bo‘lim boshlig‘i-katta o‘qituvchisi 
O‘zbekistonning to‘la mustaqil bo‘lishida fuqarolarning ruhiy va fikriy 
mustaqilligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham jamiyat a’zolarini, 
ayniqsa, yoshlarni mastaqil fikrlay olishga o‘rgatish bugungi kunda o‘ta dolzarb 
masala bo‘lib turibdi. Yoshlarni tashabbuskor kishilar sifatida tarbiyalash, ularni 
nostandart fikrlaydigan fuqaro sifatida tarbiyalash ta’lim tizimi alohida o‘rin tutadi. 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning: 

Yoshlarimiz
 
mustaqil 
fikrlaydigan, 
yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqiyosida o‘z 


933 
tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, 
baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini 
safarbar etamiz”, - degan fikrlari ham mustaqil O‘zbekistonimiz yoshlarini erkin 
fikrlashni tarkib toptirishga qaratilayotgan e’tibordan darak beradi [1, 14]. Erkin 
fikrlashga o‘rgatish zarurati qolaversa, mustaqillikni mustahkamlash ehtiyojini 
ko‘zlab, ruhimizga singib qolgan mute’lik, jur’atsizlik kabi illatlarni tugatish, 
shuningdek ser’andishalik, kattalarga ko‘r-ko‘rona itoat qilish, sabr-toqatlilik kabi 
fazilatlarni ongidan chiqarish lozim bo‘ladi. Mustaqillik sharofati ila erkinlik
Vatan, millat, davlat oldida mas’ullik, ma’naviyatga intilish, shaxsiy fikrga ega 
bo‘lish singari bobokalonlarimizdan o‘tib kelayotgan fazilatlar qayta jumbushga 
kela boshladi. Bu holatni ta’lim-tarbiyaga bevosita aloqador shaxslar hisobga olib, 
tarbiyalanuvchiga bo‘lgan munosabatni o‘zgartira boshladilar va ta’lim 
jarayonining pirovard maqsadi – erkin fikrlash va ma’naviyat ekanini tushunib 
yetdilar. 
Ma’naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron 
xalqimiz qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o‘z mustaqilligini tushunib 
etish va ozodlikni sevish tuyg‘usi bilan birgalikda etilgan. Ma’naviyat insonga ona 
suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi. Ona tilining buyuk ahamiyati 
shundaki, u ma’naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi. 
Tabiatga yaqinlik, jonajon o‘lkaning benihoya go‘zalligidan bahramand bo‘lish 
ma’naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi. Ma’naviyati yuksak shaxslar yurtni 
tanitadi. Shaxsni esa uning ma’naviy qiyofasi tanitadi. Ma’naviyat – tarbiyadan 
boshlanadi. Ta’lim-tarbiyasiz ma’naviyatning bo‘lmasligi barchaga ayon 
haqiqatdir [2]. 
Har bir fuqaroning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish, huquqiy 
madaniyatini qaror toptirish – fuqarolik jamiyatining asosiy talabi sanaladi. 
Fuqarolik tuyg‘usini qaror toptirish murakkab jarayon. Bunda dastlab insonga 
yoshlikdan fuqarolikning mohiyati va me’yoriy qoidalar mazmuniga oid bilimlar 


934 
beriladi, fuqarolik odobi va madaniyati haqida tushunchalar singdiriladi, bu xildagi 
xatti-harakatlarga oid namunalar keltiriladi, so‘ngra faoliyat uyushtiriladi.
Darhaqiqat, huquqiy ta’lim-tarbiya o‘zaro bir-biriga bog‘liq jarayon bo‘lib,
shaxs fuqarolik madaniyatini shakllantirish asosi hisoblanadi. O‘quvchilik 
davridan boshlab ularga huquqiy me’yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy 
munosabatlar mohiyati to‘g‘risida oddiy, sodda, tizimlangan bilimlarni berib 
borish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltiradi.
Fuqarolik madaniyati talabaning ijtimoiy-siyosiy faolligi, madaniy-ma’rifiy 
tayyorgarligi, ruhiy-individual sifatlaridan iborat bo‘lib, u mustaxkam ijtimoiy-
siyosiy bilimlarga ega bo‘lish, madaniy ko‘nikma va malakalar birligiga 
erishish, fuqa r o li k hu qu ql ari , mu n o sab at la ri ni eg al l ash, j a m i y a t
t o m o n i d a n
q a b u l
q i l i n g a n
f u q a r o l i k
kodeksi, 
qoida 
va 
prinstiplariga kundalik hayotda rioya qilishga, oilada, maxallada, 
jamiyatda insoniy xulq-odob, intizomi asosida faoliyat ko‘rsatish, mamlakatni, 
millatni ravnaq toptirishga o‘z xissasini qo‘shish, mas’uliyat, iymon, 
e’tiqod kabi fazilatlarga ega bo‘lib, insonparvarlik, vatanparvarlik, intelektual 
salohiyatni o‘zida tarkib toptirish demakdir. 
To‘g‘ri, aniq, ifodali va shirin so‘zlash har qanday shaxsn in g 
fa o liy a tin i u nu ml i q il ad i. S o‘z ni to‘ g‘ri q o‘ ll a sh , u ni ng o‘ziga xos 
mezonlari va me’yorlariga rioya kilish, nutqda maqollardan, ibratli so‘zlardan 
unumli va o‘rinli foydalanish so‘zlovchi fikrlarining tinglovchiga aniq etib 
borishini ta’minlashi bilan birga insonlarda xushmuomalalik va muloyimlikni 
tarbiyalaydi. Shu bois oliy o‘kuv yurti talabalarining bo‘lajak mutaxasis 
sifatida nutq madaniyatini yuqori darajada egallashi ularda fuqarolik madaniyati 
shakllanishi uchun zamin tayyorlaydi, Zero, nutq fuqaroning madaniyat ko‘zgusi 
sifatida, insonning ko‘rki, akl-zakovati, nafosatini ziynatlaydi. 
Shuning uchun ham nutq madaniyati jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish, 
talaba-yoshlarda aql, idrok, ong, tafakkur, iroda, bilim, adolatni shakllantirishda 


935 
muhim vosita xisoblanadi. Zero, til, so‘z, tafakkur nutq shaklida namoyon bo‘lib 
fukarolar o‘rtasida muomala munosabatini o‘rnatish va shu asosda insonlarda 
xushmuomalalik, shirinso‘zlik, ezgulik, donolik, notiqlik, bilimdonlik. xulq-
atvor kabi fazilatlarni kamol toptiradi. U talabalarda fuqarolik madaniyatini 
oshirishga xizmat qiladi. Nutq madaniyati talabaning madaniy saviyasi bilan 
bog‘liq holda, so‘z boyligi, lug‘at boyligi orfografiya, grammatika, 
orpoepiya, nutq uslublarining o‘ziga xos xususiyatlari va me’yorlarini yukori 
darajada, bo‘lishini talab qiladi. 
Talaba uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o‘zlashtiradi, 
fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi
shuningdek, o‘zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida ma’naviy-axloqiy sifatlarni 
tarbiyalab boradi. Talabada o‘zlashtirilgan bilim, faoliyat ko‘nikmalari va hayotiy 
tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma’naviy-axloqiy 
sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo‘lish uchun talaba o‘z oldiga 
muayyan maqsadni qo‘ya olishi hamda unga erishish yo‘lida tinimsiz izlanishi, 
o‘qib-o‘rganishi lozim. Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr 
bo‘lib shakllanadi. 
O‘z-o‘zini anglash tuyg‘usiga ega bo‘lish, ta’lim sohasidagi xizmatlardan 
to‘laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta 
o‘zlashtirishga erishish talabaga etuk mutaxassis bo‘lishi uchun poydevor yaratadi. 
Inson kamoloti, eng avvalo, uning o‘ziga bog‘liq. Shu bois milliy dasturda talaba 
va uning kamolotini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Talaba kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi 
uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak ma’naviyatga 
ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi. Respublika ta’lim tizimida davlat va 
jamiyat talabaning har tomonlama shakllanishi, o‘zligini namoyon eta olishi uchun 
etarli darajada shart-sharoit yaratib berish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oluvchi 
sub’ekt sifatida namoyon bo‘ladi. 


936 
Fuqarolik madaniyati insonning ma’naviy etukligi va ma’naviy ta’lim-tarbiya 
ko‘rganligini anglatadi. Shu sababli talaba fuqarolik madaniyati ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot uchun, xususan fuqarolik jamiyati uchun e’zozlidir. Zero, fuqarolik 
madaniyati talabadagi insoniy fazilatlarni, qadr-qimmatni, iymon-e’tiqodni 
oshiruvchi ta’lim-tarbiyaning mevasi va aql suyanchig‘i sifatida vatanga, 
jamiyatga, mehnatga tilga, urf-odatga, tarixga bo‘lgan munosabatlarda, xatti-
harakatlarga, xulq-me’yorlari va qoidalarda ifodalanadi.
Fuqarolik madaniyatini shakllantirishda suhbat, munozara, trening, ma’ruza, 
bahslardan foydalanish, mashq, test, anketa savollariga javoblar olish kutilgan 
natijani qo‘lga kiritishga yordam beradi.
Fuqarolik madaniyatining tamal toshini tashkil etgan vatanparvarlik va 
milliy o‘zlikni anglash fuqarolik madaniyati tizimida muhim mezon 
hisoblanadi. Yoshlar ning ajdodlari ruhiga, o‘zining kindik koni to‘kilgan 
muqaddas dargohga hurmat hissini tarbiyalash, shu dargohga fidoyiligini, 
vatanning har bir qarich tuprog‘ini muqaddas bilib uni ko‘z qorachig‘iday 
asrash lozimligi haqida ma’lumot berilsa, ularda milliy o‘zlikni anglash ona 
tili ona-Vatan tarixi, madaniyati, milliy qadriyatlarini asrash, milliy axloq-
odob, milliy his-tuyg‘u, urf-odatlardan g‘ururlanish kabi insoniy 
fazilatlar shakllanishiga turtki b o‘ladi, yoshlarning barkamol fuqaro 
bo‘lib shakllanishiga yordam beradi. Ularni jamiyat k on unl ari g a h ur ma t 
k o‘ zi b il an qara sh , ul ar nin g ij ti mo iy n e’ ma t ekanligini anglash, obro‘-
e’tiborini qadrlashni tushunib etish, ularga nisbatan ongli munosabatda 
bo‘lish, qonunlarni mukammal o‘zlashtirish, barcha moddalariga itoat 
qilish, ularni og‘ishmay bajarish, qonunbuzarlikka murosasiz bo‘lishiga 
odatlantirib borish kerak. Bu esa o‘z navbatida xalq, millat, Vatan oldidagi 
burchini tushunib etishida ko‘maklashadi. Pedagogik jarayonda huquqiy ta’lim-
tarbiyaning samaradorligini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Talabalarning 
huquqiy jihatdan tarbiyalanganligi quyidagi holatlar bilan o‘lchanadi: 


937 
Shaxsda huquqiy sifatlarni qaror topishi uning ijtimoiy – huquqiy 
munosabatlar jarayonidagi ishtiroki darajasi va sifatiga bog‘liq. Doimiy ravishda, 
maqsadli tarzda huquqiy munosabatlarga kirishish talabada huquqiy madaniyat 
unsurlarining shakllanishiga olib keladi. Shu bois jamiyat mafkurasi, ijtimoiy 
tuzumda qaror topgan huquqiy munosabatlar mazmuni, uning g‘oyalari yoshlar 
huquqiy madaniyatini shakllantirishda etakchi o‘rin tutadi. Huquqiy tarbiyani 
tashkil etish davrida yoshlar faoliyati mazmunini tahlil etish, ularda o‘z 
faoliyatlariga nisbatan tanqidiy yondashuvni qaror toptirish, shuningdek, o‘z 
faoliyatlarini real baholashga o‘rgatib borish talab etiladi. 
Har bir pedagog ta’lim bilan tarbiya birligiga ta’lim berib tarbiyalash va 
tarbiyalab ta’lim berishga jiddiy e’tibor berishi lozim. 
Xususan, yoshlarga huquqiy tarbiya berishda, ularda yuksak fuqarolik his-
tuyg‘ularini, sifat va xislatlarini tarkib toptirishda ta’lim va tarbiya birligi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Oliy ta’limda o‘qitiladigan har bir fanning o‘ziga xos 
tarbiyaviy ahamiyati va imkoniyatlari bor. Ana shu imkoniyatlardan o‘z o‘rnida 
to‘g‘ri foydalanish o‘qituvchining bilim, tajriba va mahoratiga, ijodiy ishlashi, 
izlanishiga bog‘liqdir. 
Zero, jamiyat tizimi, uning amal qilishi uchun asos bo‘lgan g‘oya va 
qarashlar o‘z navbatida huquqiy g‘oya va qarashlarning vujudga kelishida, hamda 
shaxs fuqarolik madaniyatining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin