Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə364/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   373
innovatsion

 
YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH 
TIZIMINI SHAKLLANTIRISH ISTIQBOLLARI SIFATIDA 
Abdullayev Yo‘lchi Ziyayevich
,
zaxiradagi mayor, dotsent, 
BuxDU Harbiy ta’lim fakulteti boshlig‘ining 
 yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbos
ari 
Annotatsiya. 
Maqolada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talaba-
yoshlarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda nazariy va amaliy bilimlariga 
ega bo‘lishi, ularni har taraflama harbiy xizmatga tayyorlash, Mustaqil O‘zbekiston 
ravnaqini himoya qilish va milliy vatanparvarlik ruhida o‘z Vatani himoyasiga 
qo‘lida qurol bilan chiqishga doim tayyor bo‘lishga tarbiyalash to‘g‘risida fikr 
yuritilgan. 
Tayanch so‘zlar: 
axloq, tarbiya, ilmiy, ma’rifat, qadriyat, Vatan, taqdir, 
metodologiya, vatanparvarlik, me’yor, qadriyat, mafkura. 
Mamlakatimiz mudofaasini mustahkamlash masalalarini muvaffaqiyatli hal 
etish yoshlar tarbiyasi, siyosiy ongi, mehnat faoliyati va ilmiy-texnika rivojlanishi 
tezligi bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Yoshlarni tarbiyalash - bu o‘spirin yoshdagi farzandlarimizni jamiyat uchun 
jismoniy - aqliy mehnatga yoki boshqa foydali faoliyatga yo‘naltirish, shu bilan 
birga ko‘p qirrali ijtimoiy vazifalarni bajarishga tayyorlashning obyektiv 
asoslangan jarayonlardan iborat tashkil etishdir. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi esa 
uning ajralmas qismi hisoblanadi. 
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining metodologiyasi va ilmiy asoslari 
insoniyat omiliga nisbatan qo‘llaniladi. Bu tushunchaga insonning g‘oyaviy-
mafkuraviy, ma’naviy jismoniy va boshqa fazilatlari yig‘indisi kiradi. 
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining nazariy va amaliy asoslarida 
O‘zbekiston 
Konstitutsiyasi, 
O‘zbekiston 
Respubikasi 
Prezidentining 


975 
Vatanparvarlik va mustaqil Vatan himoyasi haqida g‘oyalari, Oliy Majlis qonun va 
qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Halq ta’limi vazirligi, Mudofaa 
vazirligining buyruq va ko‘rsatmalari, harbiy pedagogika va psixologiya, harbiy 
fanlar va boshqa qoida hamda me’yoriy hujjatlar o‘rin olgan. 
Vatan himoyasi haqidagi asosiy hujjat davlatimizning “Mudofaa 
to‘g‘risida”gi Qonunida aks etgan. Ushbu Qonun mudofaani tashkil etishning 
hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarni boshqarishning huquqiy 
asoslarini belgilab, mamlakat mudofaasini ta’minlashda davlat organlarining 
vakolatlarini, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona, 
muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar ishtirokini aniqlab beradi. 
“Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunida alohida mamlakat mudofaasi 
xususiyatiga ega bo‘lib, Qurolli Kuchlarni tajavuzkorliklarni bartaraf etish va 
qaytarishga tayyorlash, Vatan himoyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
fikrlar tizimini tashkil etadi. Harbiy xavf potensial manbalari mavjud ekan 
O‘zbekiston zaruriy yetarlilik darajasida davlat mudofaa qudratini mustahkamlashi 
zarur. 
Xalqning tinch hayoti va mamlakat havfsizligi kafolati, mustaqil rivojlanish 
va ijtimoiy munosabatlarni yangilash yo‘liga qadam qo‘ygan yosh mamlakat 
mustaqiligini qo‘riqlaydigan Qurolli Kuchlarimizning tarixiy vazifasi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasida yozilgan: 
“O‘zbekiston Respublikasini himoya kilish har bir O‘zbekiston fuqarosning 
burchidir”. Shuning uchun 9-yanvar 2018-yilda tasdiqlagan O‘RQ-458-sonli 
“O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Doktrinasi to‘g‘risida” iqtisod, mintaqa va 
aholini mudofaa, qilishga tayyorlashning asosiy yo‘nalishlarini aniqlaydi. 
Jumladan aholining harbiy tayyorgarligi: 
O‘quv muassasalar va boshqa o‘quv yurtlari, "Vatanparvar" Mudofaaga 
ko‘maklashuvchi tashkilot (MKT) o‘quv to‘garaklarida, chaqiriqqacha va chaqiriq 
yoshidagi yoshlarning harbiy tayyorgarlik tizimida


976 
Qurolli Kuchlarda shaxsiy tarkibning muddatli harbiy xizmatni o‘tashi 
davomida; 
Harbiy litseylar, Respublika fuqarolik oliy o‘quv yurtlarining harbiy fakultet 
va kafedralarida; 
Qurolli Kuchlarga tegishli bo‘lgan maxsus tuzilmalarda. 
Mamlakat fuqarolarni Vatan himoyasiga tayyorlash ta’lim-tarbiya tizimining 
barcha shakllarida olib boriladi. 
Vatan, yerga bo‘lgan muhabbat – xalqimiz qalbiga singib ketgan, azaliy 
milliy xususiyatga ega bo‘lgan xislatdir. Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh 
Qo‘mondoni ta’biri bilan aytganda: "Ma’naviyat sohasida eng asosiy vazifamiz 
insoniy qadriyatlarimizni asrash va rivojlantirish, bolalarimizni ozod demokratik 
O‘zbekistonning komil o‘g‘il- qizlari qilib tarbiyalashdir" degan edilar. 
Tarbiyaning siyosiy, g‘oyaviy, mafkuraviy, e’tiqodiy, estetik va boshqa 
turlari har bir O‘zbekistonlikda yangi jamiyatning barkamol avlodi, yuqori 
ma’naviy-siyosiy xislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda, vatanparvar-yoshlarga 
mamlakat sarhadlari daxlsizligini ta’minlash borasidagi eng dolzarb vazifalardan 
biri ekanligini anglatishdir. 
Davlatimizning asosiy vazifalaridan biri harbiy vatanparvarlik tarbiyasining 
metodlari va shakllari yordamida inson ongiga har qanday tajovuzkorliklarga 
qarshilik ko‘rsatishda doimiy tayyorlikni shakllantirish, o‘z Vatani himoyasi uchun 
shaxsiy javobgarlik hissiyoti ruhida tarbiyalashdir. 
Talaba - yoshlarni harbiy vatanparvarlik tarbiyasida pedagogika va 
psixologiya qoidalaridan keng foydalanilanish katta ahamiyat kasb etadi.
Harbiy ta’lim murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayon bo‘lib, unda asosan 
quyidagilarini anglash lozim: talaba – yoshlarni bilim, ko‘nikma va malakalar 
bilan qurollantirish; ularda o‘z Vatanining qurolli himoyachisi uchun zarur shaxsiy 
xislatlarni tarbiyalash; komil inson sifatida rivojlantirish, yuzaga kelgan turli 
vazifalarni hal qilishga ijodiy yondashish malakalarini rivojlantirish va ular oldida 


977 
turgan vazifalarni bajarishga va har xil vaziyatda muvaffaqiyatli harakat qilishga 
ruhiy tayyorlikni shakllantirishdan iboratdir. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin