Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə361/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   373
innovatsion

Tadqiqotning maqsadi: 
turli yoshdagi o‘quvchilar bilan olib boriladigan 
yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil qilish metodikasini takomillashtirish. 
Tadqiqotning vazifasi: 
Ushbu maqsadga erishish quyidagi asosiy 
vazifalarni hal qilish bilan ta’minlanadi: 

mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish; 

yengil atletika turlari bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy 
tayyorgarligini aniqlash; 

ishlab chiqilgan metodikani qo‘llash samaradorligini pedagogik tajribada 
tekshirish.
 
Tadqiqotning usullari. 
Ishda ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik 
115
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо 
этамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017. 28 б.


966 
kuzatuv, pedagogik testlash, instrumental metod, pedagogik tajriba va 
matematikstatistik tahlil metodlaridan foydalanildi. 
Sport to‘garaklari oldiga bolalar bilan tanlangan sport turi (yengil atletika) 
bo‘yicha o‘quv-trenirovka va tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish vazifasi qo‘yilgan. 
Sport to‘garaklari o‘quvchilari uchun rejimni to‘g‘ri rejalashtirish sport bilan har 
kuni shug‘ullanish, iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda esa, kuniga ikki marta 
shug‘ullanish imkoniyatini beradi[3,4]. 
O‘quv-tarbiyaviy va mashg‘ulot ishlari uslubiyatini ishlab chiqish va tashkil 
qilish bo‘yicha biz tomondan o‘tkazilgan dastlabki tadqiqotlar, yengil atletika 
turlari bo‘yicha shug‘ullanuvchi o‘quvchilarining son jihatdan biroz kam ekanligi 
va mashg‘ulotlarni erta tark etish xolatlari ko‘payligi, salomatligi holatini o‘rtacha 
ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu sharoitlarda, trenerlarni bolalarning ota-onalari va 
maktab o‘qituvchilari bilan mahsuldor aloqani o‘rnatishlari oson bo‘lmasligini 
hisobga olish kerak[8,9,11]. 
Hozirda respublikamizda mingdan ortiq ixtisoslashtirilgan sport to‘garaklari 
tuzilgan, lekin sport to‘garaklarida issiq iqlim sharoitida bolalar bilan ishlashning 
aprobatsiya qilingan uslubiyati va tashkil qilinishi hozirgi vaqtga qadar etarlicha 
ishlab chiqilmagan[11,12]. 
Yuqoridagi muammolar va ularning echimini ishlab chiqish uchun biz bir 
qator tajriba va so‘rovnomalar olib bordik. Jumladan, olib borilgan dastlabki 
so‘rovnomalarimizda tajriba guruhiga 5-9-sinf o‘quvchilaridan 40 nafari jalb etildi. 
Dastlab, umumiy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. So‘ngra 
sportning har xil turlaridagi vositalardan foydalangan holda, bo‘lajak sportchilarni 
tayyorlash bo‘yicha istiqbolli o‘quv-mashg‘ulotlar rejasi, shuningdek o‘smir 
sportchilarni intelektual salohiyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy 
ishlar rejasi ishlab chiqildi[5,6,7,11].
Bolalarning 
salomatligini 
mustahkamlashga 
yo‘naltirilgan 
tadbirlar 
belgilandi. Rejada o‘quvchilarning salomatliklari holatini kuzatish uchun doimiy 


967 
vrachlik kuzatuvi nazarda tutilgan. Bolalarning ma’naviy o‘sishi ham e’tiborsiz 
qolmagan. 
Ekskursiyalar, 
badiiy 
havoskorlik 
konsertlari, 
o‘qish 
va 
mashg‘ulotlarning yakunlarini muhokama qilish – tayyorgarlik dasturi tarkibiga 
kiritilgan[4,9,11]. Tadqiqotlar davomida, biz, quyidagi savollarga obyektiv 
javoblar olishga intildik: 

ta’lim muassasalarining sport to‘garraklarida yengil atletika bo‘yicha 
bolalar bilan tashkiliy va uslubiy ishlarni qanday o‘tkazish kerak?; 

o‘smir sportchilar bilan ishlashda tayyorgarlikning qanday hammabop 
vositalarini qo‘llash maqsadga muvofiq?; 

respublikamizning issiq iqlim sharoitidagi hududlarini hisobga olgan 
holda yengil atletika turlaridan olib boriladigan mashg‘ulotlarning borishi va dam 
olishini muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlovchi kun tartibi qanaqa bo‘lishi kerak? 
O‘tkazilgan so‘rovnomadan olingan natijalar tahlil qilinib, navbatdagi 
tajribalar tashkil qilindi. Tajribalarni muvaffaqiyatli o‘tkazilishi maqsadida, 
o‘quvchilar, testlash natijalariga ko‘ra, har biri 20 nafardan iborat bo‘lgan ikkita (A 
va B) o‘quv-mashg‘ulot guruhlariga ajratildi. O‘quvchilarning yoshini hisobga 
olgan holda testlash natijalari, ularni u yoki bu guruhga kiritish uchun dastlabki 
ko‘rsatkich sifatida olindi (1-jadval). "A" guruhida o‘quv mashg‘ulotlari biz ishlab 
chiqqan uslubiyat bo‘yicha, "B" guruhida esa BO‘SM dasturi asosida o‘quv 
mashg‘ulotlar olib borildi. O‘quv mashg‘ulotlar dasturlaridagi asosiy farq shundan 
iborat ediki, "A" guruhida yengil atletika turlarini o‘rganishga ajratilgan vaqt "B" 
guruhidagiga nisbatan 40-50% kamroq bo‘ldi. Guruhlardagi qolgan vaqt umumiy 
jismoniy tayyorgarlik vositalariga va sportning boshqa turlariga: suzish, 
gimnastika, akrobatika, sport va harakatli o‘yinlarga va umumiy rivojlantiruvchi 
mashqlarga ajratildi. Bunda, "A" guruhida umumiy jismoniy tayyorgarlik 
vositalarining yillik xajmidan 5-6-sinflarga – 50%, 7-8-sinflarga – 40%, 8-9-
sinflarga – 30%, "B" guruhida esa ikki marta kam xajmdagi vaqt ajratildi (2-3-
jadval). 


968 
Tashkillashtirilgan o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari yiliga 48 hafta davomida 
o‘tkazildi. Qolgan 4 hafta faol dam olishga ajratildi. Mikrotsikldagi mashg‘ulotlar 
soni yildan-yilga qarab 1-2 martagacha oshirildi[10,11,12,13]. 
O‘quv mashg‘ulotlarining miqdorini va yuklamalar xajmini oshirish, tibbiy 
ko‘rik natijalarini va musobaqalar sharoitida o‘tkazilgan nazorat sinovlari 
ko‘rsatkichlarini hisobga olish bilan amalga oshirildi. 
Yil davomida 5-sinfda 312 ta, 6-sinfda – 339 ta, 7-sinfda – 356 ta, 8-sinfda – 
424 ta va 9-sinfda – 502 ta o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi[3,4]. 
1-jadval 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin