546
kam. Izohli lug‘at bilan ishlashda lug‘at ishining quyidagi umumiy metodik
tamoyillariga rioya qilish kerak:
1.O‘quvchilar lug‘atini boyitish, ya’ni yangi so‘zlarni, shuningdek, bolalar
lug‘atida bo‘lgan ayrim so‘zlarning yangi ma’nolarini o‘zlashtirish. Ona tilining
lug‘at boyligini bilib olish uchun o‘quvchi o‘z lug‘atiga har kuni 8 ‒10
ta yangi
so‘zni, shu jumladan, ona tili darslarida 4 ‒ 6 so‘zni qo‘shishi, ya’ni shu so‘zlar
ma’nosini o‘zlashtirishi lozim.
2. O‘quvchilar lug‘atiga aniqlik kiritish. Bu o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1) o‘quvchi puxta o‘zlashtirmagan so‘zlarning ma’nosini to‘liq o‘zlashtirtirish,
ya’ni shu so‘zlarni matnga kiritish, ma’nosi yaqin so‘zlarga
qiyoslash, antonim
tanlash yo‘llari bilan ularning ma’nosiga aniqlik kiritish; 2) so‘zning kinoyali
ma’nosini, ko‘p ma’noli so‘zlarni o‘zlashtirish; 3) so‘zlarning sinonimlarini,
sinonim so‘zlarning ma’no qirralarini o‘zlashtirish; 4)
ayrim frazeologik
birliklarning ma’nosini o‘zlashtirish.
3. Lug‘atni faollashtirish, ya’ni o‘quvchilar ma’nosini tushunadigan, ammo
o‘z nutqiy faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug‘atidagi so‘zlarni faol lug‘atiga
o‘tkazish. Buning uchun shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi va gaplar tuziladi,
ular o‘qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so‘zlarni o‘quvchilar faol lug‘atidan
nofaol lug‘atiga o‘tkazish. Bunday so‘zlarga bolalarning nutq muhiti ta’sirida
o‘zlashib qolgan adabiy til me’yoriga kirmaydigan,
ayrim adabiy asar va
so‘zlashuv tilida qo‘llanadigan sodda so‘z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga
oid so‘zlar kiradi.
Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarida F. Safarov va S.
Safarov
tomonidan tuzilgan “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun izohli lug‘at”dan [9]
foydalanish maqsadga muvofiq. Bu lug‘atda boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish
kitobi darsliklaridagi o‘quvchilar uchun tushunarsiz bo‘lgan 2000 dan ortiq so‘z
o‘quvchiga mos tarzda izohlab berilgan.
547
1-sinfda izohli lug‘at bilan ishlashning vazifasi o‘quvchida lug‘atdan
kerakli so‘zni topish va lug‘at maqolasining tuzilishini tushunish (asosan bir
ma’noli so‘z-larda) ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. Lug‘at maqolasini topish
va sahifa raqamini aytish musobaqa, o‘yin shaklida amalga oshiriladi.
Bolalarning lug‘at maqolasini o‘zlashtirish jarayoni alohida ahamiyatga
ega. Masalan,
yalpiz
so‘zini o‘rganishda quyidagi
savol va topshiriqlardan
foydalanish mumkin:
1. Lug‘atda
yalpiz
so‘zi qanday izohlangan?
2. Izohdan keyin berilgan gaplarni o‘qing. Bu gaplardagi
yalpiz
so‘zining
ma’nosi izohga to‘g‘ri keladimi?
3.
Yalpiz hidi gupurdi
gapining ma’nosini izohlang.
4. Yalpiz so‘zini
Dostları ilə paylaş: