Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   373
innovatsion

hid, barg, termoq, xushbo‘y
so‘zlari bilan bog‘lang (yalpiz 
hidi, yalpiz bargi, yalpiz termoq, xushbo‘y yalpiz). 
2-sinfda izohli lug‘at bilan ishlashning vazifasi o‘quvchida lug‘at 
maqolasining tuzilishi tushunish, ko‘p ma’noli va shakldosh so‘zlarni ajrata olish 
ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. 
Shuni qayd qilish kerakki, izohli lug‘at bilan ishlashni ham so‘z darajasida, 
ham so‘z birikmasi, gap va matn darajasida tashkil qilish lozim.
Misol uchun, so‘z darajasida ishlaganda so‘z ma’nosini aniqlashtirishga 
qara-tilgan topshiriqlarni berish mumkin. 
1-topshiriq. Lug‘atdan 
randa, ufurmoq, hashamatli
so‘zlarini topib, lug‘at 
maqolasiga qarab har birining ma’nosini izohlang. 
Izohlai lug‘at bilan ishlashda o‘quvchilarni so‘z ma’nosini izohlashning 
turli usullariga o‘rgatish mumkin. Izohli lug‘atda so‘z ma’nosi quyidagi usullarda 
izoh 
lanadi: 
1) jins ma’nosini bildruvchi so‘z va tur belgilarini bildiruvchi so‘zlar 
orqali; 


548 
2) ma’nodosh so‘z keltirish orqali. 
Ko‘pchilik so‘zning ma’nosi jins ma’nosini bildruvchi so‘z va tur 
belgilarini bildiruvchi so‘zlar orqali izohlanadi. Masalan, beqasam so‘zi lug‘atda 
shunday izohlanadi: 
Ipakdan to‘qiladigan yo‘l-yo‘l gulli pishiq gazlama
[ 9,19]. 
Bu izohdagi 
gazlama 
so‘zi beqasamning qaysi jinsga kirishini, 
ipakdan 
to‘qiladigan yo‘l-yo‘l gulli pishiq 
so‘zlari bu gazlamaning o‘ziga xos belgilarini 
anglatadi. Shuning uchun topshiriqlar izohdagi jins ma’nosini bildiruvchi yoki 
asosiy, umumlashtiruvchi va tur belgisini bildiruvchi yoki ikkinchi darajali 
so‘zlarni aniqlashga qaratilishi lozim. Buning uchun quyidagi topshiriqdan 
foydalanish mumkin: 
2-topshiriq. So‘zning izohini o‘qing. Izohdagi asosiy va ikkinchi darajali 
so‘zlarni topib, tagiga chizing. 
Shundan so‘ng mustaqil ravishda so‘z ma’nosini izohlashga o‘rgatishga 
o‘tish mumkin. Buning uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin. 
3-topshiriq. (O‘quvchilarga ayrim so‘zlar yozdiriladi.) So‘zlarni izohlang. 
Izo-hingizdagi asosiy so‘z va ikkinchi darajali belgilarni ayting. Izohingizni 
lug‘atdan tekshiring. 
4-topshiriq. Lug‘atdan so‘zlarning izohini o‘qing. Namunaga qarab 
berilgan so‘zlarning izohini yozing. 
a) Obod ‒ ko‘rkam binolar, chiroyli ko‘chalar, bog-u rog‘lar bilan 
go‘zallashgan. (Sarishta ‒ ...) 
b) Sumalak ‒ undirib yanchilgan bug‘doy va undan tayyorlanadigan 
holvaytar-simon ovqat. (Lag‘mon ‒ ...). 
d) Do‘l ‒ yumaloq muz holida yog‘adigan yog‘in. (Jala ‒ …). 
5-topshiriq. So‘zning ma’nosini ma’nodosh so‘z orqali izohlang. 
Yozganingizni lug‘atdan tekshiring. Masalan, armug‘on [9, 11], baxil [9, 16], 
betinim [9, 19]. Bunda ma’nodoshi bo‘lgan har qanday so‘zni aytish mumkin. 


549 
Lug‘at bilan gap darjasida ishlaganda ko‘p ma’noli so‘zlar ishtirok etgan 
gaplarni tanlash kerak. 
6-topshiriq. Quyida berilgan gaplarni 
mol 
so‘zi ma’nolarining lug‘atda 
berilgan tartibiga ko‘ra yozing. 
Mol (lug‘at) 
1. Yirik shoxli uy hayvoni. Qoramol. 
2. Bisotdagi buyum, boylik. 
3. Sotiladigan narsa, buyum, tovar.
Gaplar: 
1. Yigit moli yo‘lida. (Maqol) 
2. Bu do‘konda oziq-ovqat mollari sotiladi. 
3. Nodir mollarga o‘t terib keldi. 
7-topshiriq. 
O‘lja
so‘zi ishtirokida uning lug‘atda berilgan ma’nolari 
tartibiga ko‘ra gaplar tuzing. 
O‘lja (lug‘at) 
1. Dushman ustidan g‘alaba qilish tufayli qo‘lga kiritilgan narsa. 
2. Ovda qo‘lga tushiriladigan, tutib yoki otib olinadigan narsa. 
3 ‒ 4-sinflarda o‘quvchilarni lug‘at bilan mustaqil ishlashga o‘rgatuvchi 
topshiriqlardan foydalanish lozim. Shunday topshiriqlarga misollar: 
1-topshiriq. (3-sinf “O‘qish kitobi” darsligi[11]dagi “Mehrjon sayli” 
matniga) Matnni o‘qing. O‘zingiz uchun tushunarsiz so‘zlarni yozib oling. Shu 
so‘zlarning izohini lug‘atdan topib, daftaringizga ko‘chiring.
Matn quyidagicha:
Mehrjon bilan Navro‘z o‘zbeklarning eng go‘zal, eng tarovatli bayram 
sayillaridan hisoblanadi. Chunki ular xalqchil, hayotiy an’analardir.
 Navro‘z bahor kirishi, qishning ayozli kunlaridan uzil-kesil qutulib, yangi 
kun, yangicha hayotning boshlanishini nishonlash bayramidir.


550 
Mehrjon esa hosil ko‘tarib, qishga tayyorgarlik ko‘rishdir, to‘kin-
sochinlikka shukronalik, hayotga muhabbat ramzidir.
Xalq kuzgi bayram sayilining nomini “Mehrjon” deb bilib qo‘ygan. U 
dehqon yil bo‘yi qilgan mehnatining lazzatini totib ko‘rayotgan paytda – 25-
sentabrga o‘tar kechasi nishonlanadi. 
Abu Rayhon Beruniy so‘zi bilan aytganda, Quyosh va Oy falakning ikki 
ko‘zi bo‘lganidek, Navro‘z bilan Mehrjon ham zaminning ikki ko‘zidir. 
O‘quvchilar matndagi taxminan quyidagi so‘zlarni yozib olib, izohli lug‘at 
orqali ma’nosini bilib oladi: 
tarovatli, sayil, xalqchil, hayotiy, an’ana, uzil-kesil, 
shukronalik, falak, zamin. 
Bunday topshiriqlarni bajarish orqali o‘quvchida izohli lu‘g‘at bilan 
mustaqil ishlash ko‘nikmasi shakllanadi. 
Izohli lug‘atdan faqat so‘z ma’nosini aniqlash emas, o‘quvchi lug‘atini 
faollashtirish maqsadida ham foydalanish mumkin. Bunda o‘quvchilarga ma’nosi 
izohlangan so‘z ishtirokida so‘z birikmasi va gap tuzdiriladi. 
2-topshiriq. (3-sinf “Ona tili” darsligidagi 40-mashqqa) 
Ma’naviyat, 
ma’rifat, da’vogar, ta’sirchan, ma’murchilik, mas’uliyat, ta’minot, e’tiqod, 
ma’yuslanmoq
so‘zlarining ma’nosini lug‘atdan foydalanib izohlang. Shu 
so‘zlardan foydalanib gap tuzing. 
Mashqda berilgan mazkur so‘zlar ma’nosini 3-sinf o‘quvchisi bilmaydi. Bu 
so‘zlar ustida lug‘at ishi o‘tkazilmasa, ular hatto o‘quvchining nofaol lug‘atiga 
ham kirmay qoladi. 
3-topshiriq. 3-sinf “Ona tili” darsligidagi 42-mashqqa. Lug‘atdan 
foydalanib 
qur’on, qo‘rg‘on, mo‘jiza, da’vat, so‘na, mas’ul, me’mor, qit’a, so‘gal, 
sa’va, to‘ng‘iz 
so‘zlarining ma’nosini izohlang. 
Shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi tuzing. Foydalanish uchun so‘zlar: 
mustahkam, tabiat, hushyorlik, shaxs, o‘qimoq, bino, olti, g‘adir-budur, mitti, 
ovlamoq. 


551 
Xulosa sifatida quyidagilarni aytish mumkin. 
Kuzatishlarimiz ko‘rsatadiki hozirgi kunda boshlang‘ich va yuqori 
sinflardagi ona tili va adabiyot darslarida lug‘atlardan foydalanish darajasi juda 
past. Bunday hodisaning sabablaridan biri o‘quvchilarda bolalikdan lug‘atdan 
foydalanish ehtiyoji va ko‘nikmasi shakllantirilmaganligidir. Shuning uchun 
lug‘atlar bilan ishlashni boshlang‘ich sinfdan boshlash lozim. 
O‘qituvchilar tajribasini o‘rganish natijasida ona tili darslarida lug‘at ishi 
yetakchi o‘rin egallamog‘i lozim degan xulosaga kelish mumkin. Bu ishning 
samaradorligi o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq. Yangi texnologiyalardan 
foydalanish bolalarning darsga qiziqishini oshiradi. Lug‘at bilan ishlash esa ‒ ona 
tilini o‘rgatishdagi yangi texnologiyalardan biri ‒ madaniyatni o‘stirish 
texnologiyasidir. 
O‘quvchilarda lug‘atning barcha turidan foydalanish 
ko‘nikmasini shakllantirish lozim. Bu shubhasiz ularning madaniy va nutqiy 
saviyasini oshiradi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisida u yoki bu lug‘atga (muammoga bog‘liq 
ravishda) murojaat qilish odat tusiga kirsa, lingvistik masalalarni o‘z oldiga 
qo‘yib, ularga ongli ravishda javob topishga tayyor bo‘lgan va bu ishni qila 
oladigan madaniyatli odamni tarbiyalashga asos yaratildi deb hisoblash mumkin. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin