Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   373
innovatsion

Imlo lug‘ati” bilan ishlash.
“Imlo lug‘ati” faqat o‘quvchilarning imlo 
savodxonligini emas, balki so‘z boyligini oshirishda ham muhim qo‘llanmadir. 
O‘zbek tilining barcha bo‘limlarini o‘rganishda “Imlo lug‘ati” dan unumli 
foydalanish kerak. Masalan, “Fonetika, orfoepiya, grafika va orfografiya” 
bo‘limini o‘rganishda 
a, i, u, o‘
harflari ishtirok etgan so‘zlar topish, 
u – o‘, i – u, 
a – i
va h.k. juftlar bilan farqlanuvchi so‘zlar tanlash, birinchi bo‘g‘inida 
u, o‘

ikkinchi bo‘g‘inida 
u
yoki 
i
kelgan so‘z juftlari (urush – urish, tushum - tushim va 
h.k.) ustida ishlash, 
i-u
tovushlari (harflari)ning tushib qolishi, bu tovushlar tushib 
qolgan so‘zlar ro‘yxatini tuzish: 
o–a
bilan farqlanuvchi so‘z juftlar (ana – ona, ata 
–ota va h.k.)tanlash, 
i-e
bilan farqlanuvchi so‘z juftlarini topish (ish –esh, bil –bel, 
tish 
– 
tesh 
kabi) 
ishlarini 
bajarishda 
“Imlo 
lug‘ati” 
zarurdir. 
“Ot” so‘z turkumini o‘rganishda otlarning ma’no guruhlariga misollar tanlash, juft 
shaxs otlari, qo‘shib va ajratib yoziladigan qo‘shma otlar ro‘yxatini tuzish, “sifat 
+turdosh ot”, “son + turdosh ot”, “ot +fe’l + - ar” qolipli hosilalar ustida ishlash 
kabi 
mustaqil 
ishlar 
shu 
lug‘at 
yordamida 
bajariladi. 
Xullas, “Imlo lug‘ati”dan ona tilining barcha bo‘limlarini o‘rganishda unumli 


558 
foydalaniladi. U o‘quvchining doimiy yo‘ldoshi, darslik materilallarini to‘ldiruvchi 
zarur qo‘llanma sanaladi.
Ensiklopediya va izohli lug‘atlar bilan ishlash
. Ensiklopediya ilm-
fanning hamma sohalarini o‘z ichiga olagan yoki biror soha bo‘yicha keng, to‘liq 
ma’lumot beradigan lug‘at tarzidagi ilmiy to‘plam yoki qomusdir. O‘quvchi bu 
qomusdan barcha jumboqlarga javob topadi, istagan bir tushuncha haqida keng va 
atroflicha ma’lumot oladi. Ayniqsa, o‘quvchilar lug‘atini yangi tushunchalar bilan 
boyitishda, bu tushunchalarni ularning iste’moliga ko‘chirishda entsiklopediya 
lug‘atlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tili mashg‘ulotlarida maktab 
o‘quvchilari uchun ixtisoslashtirilgan “U kim – bu nima” (ikki tomlik) 
entsiklopediyasidan unumli foydalanish mumkin. O‘quvchilar ushbu qomusdan 
foydalanib, ma’lum bir sohaga taalluqli tushunchalar ro‘yxatini tuzishlari, bu 
tushunchalarning ma’nosini aniqlashlari, tushuncha va so‘z orasidagi farqni bilib 
olishlari kerak.
Izohli lug‘atlar ona tili mashg‘ulotlarida tez-tez kerak bo‘ladigan 
qo‘llanmalardir. Ulardan unumli foydalanish o‘quvchilar nutqini ko‘p ma’noli 
so‘zlar, ma’nodosh, uyadosh va qarama – qarshi ma’noli so‘zlar, tasviriy ifoda va 
iboralar, frazeologik birikmalar bilan boyitish, ma’nosi har xil, shakli bir-biriga 
yaqin so‘zlar (paronimlar)ni farqlash, so‘zlarning ma’no nozikligi va qaysi uslubga 
xosligini aniqlashga yordam beradi. Ayniqsa, lug‘atdan foydalangan holda ayni bir 
so‘zning ham turli ma’nolarini, ham ma’nodoshlarini, ham uyadoshlarini aniqlash 
maqsadga muvofiqdir. Shu bois, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga lug‘at bilan 
ishlash texnikasini o‘rgatish, Ona tili darslarida bu ko‘nikmani shakllantirib borish 
lozim. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin