561
Lafontenning masallari ham mashhur. A. Navoiy dostonlarining bir qancha
epizodlari, “Sher bilan Durroj”, “Kabutar” singari masallari yaxshi xislatlarni
tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi.
O‘zbek adabiyotida Sayido Nasafiy, Maxmur, Gulxaniy kabi shoirlar ham
Navoiy an’analarini davom ettirganlar, bolalarbop ko‘pgina masallar
yozganlar.Hayvonlar, parrandalar, hasharotlar, gullar haqidagi majoziy asarlarni
bolalar qiziqib o‘qiydilar. Mana shu nuqtai nazardan Sayido Nasafiyning
“Bahoriyot” (“Hayvonotnoma”) asari ahamiyatlidir. Nasafiyning masallari, axloqiy
va tarbiyaviy masalalarga doir fikr hamda qarashlari bolalarning o‘qish va
tarbiyasida katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, ularning kitobxonlik doirasini
ham kengaytiradi.
Mashhur masalnavis Gulxaniyning “Toshbaqa bilan Chayon”, “Maymun
bilan Najjor” masallari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshiga mos keladi.
Ularda do‘stlik, rostgo‘ylik, qo‘lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g‘oyalar
ilgari suriladi.Ma’lumki, tarbiya ko‘proq ta’lim jarayonida berib boriladi.
Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg‘usi
shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo‘ladi va bu orqali
o‘quvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish,
orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-
muhabbat, fidoyilik, milliy g‘urur, matonat, mehr-oqibat, do‘stlik, ezgulik kabi
yuksak hislar paydo bo‘ladi.
Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo‘pollik, qo‘rslik,
yolg‘onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi.
Lekin amaldagi boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi” darsliklarida masal janriga kam
o‘rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o‘rni beqiyosdir. Masaldagi
qissadan hissa o‘quvchi matndagi e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o‘qib o‘tib
ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o‘rinni, bo‘shliqni to‘ldiradi.3-sinf
“O‘qish kitobi”dan o‘rin olgan
Dostları ilə paylaş: