Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə313/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   373
innovatsion

 
 
 
 
 
 
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MULOQOT MADANIYATINI 
SHAKLLANTIRISH VA UNING METODIKASINI TANLASH 
Qurbonova Nigina
 
Buxoro davlat universiteti
pedagogika instituti 1-bosqich
magistranti
Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish 
ko‘p jihatdan o‘qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tish 
lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to‘g‘ri tanlangan, 
o‘qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi 
uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi: 
birinchidan, muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik sinf 
jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin 
pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal 
qiladi; 


832 
ikkinchidan, har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatni erkin 
muloqot asosida 
tashkil qilish
, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik 
muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga “kirib 
borish”ga 
yo‘l 
ochadi; 
uchinchidan, pedagogik muloqotda o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy normalari 
muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning 
barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini va 
xotirjamligini ta’minlaydi. 
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqot madaniyati individual 
uslublarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
1-bosqich:O‘quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy 
xususiyatlarini o‘rganishini ta’minlaydi va quyidagi tarkiblardan iborat bo‘ladi: 
•o‘quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish; 
•o‘quvchilar ichki imkoniyatlariga har tomonlama tavsif berish; 
•o‘qituvchining muloqot madaniyatini to‘g‘ri tashkil etishi. 
2-bosqich: Shaxsiy muloqotda ro‘y beradigan kamchiliklarni darhol bartaraf etish 
bo‘lib, quyidagi tarkibga ega: 
•kamchiliklarga barham berish choralarini darhol izlab topish; 
•har qanday vaziyatda o‘quvchilarga qo‘pollik qilmaslik; 
•o‘quvchi shaxsini mensimaslik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish. 
3-bosqich:O‘qituvchi o‘zi uchun muloqot madaniyatining eng qulay bo‘lgan 
uslublarini tanlab olishini talab etadi va quyidagilarni qamrab oladi: 
•pedagogik faoliyatiga monand muloqot madaniyati modelini ishlab chiqishi; 
•o‘z-o‘zini kuzatish bilan muloqotdagi yutuq va kamchiliklarini muntazam 
taqqoslab borishi; 
•muloqotda milliy ma’naviyatimiz, urf-odat va an’analarimiz imkoniyatlaridan 
doimiy foydalanish. 


833 
4-bosqich:Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga 
chiqmaslik va bu o‘z tarkiiga quyidagilarni qamrab oladi: 
•har bir o‘quvchining individual xususiyatlariga mos muloqot tizimini ishlab 
chiqishi; 
•muloqotning tarbiyaviy ta’sirini va samarasini e’tirof etish; 
•muloqot madaniyati asosida pedagogik mahoratni namoyish etish kabilar. 
Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z kasbiy 
mahoratlarini oshirish maqsadida o‘quvchilar bilan muloqot madaniyatini 
shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur. Ta’lim-tarbiyaviy 
jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi va 
o‘quvchilarning bevosita o‘zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari 
hamjihatlikka yo‘naltiruvchi kuchdir. Bu o‘rinda o‘qituvchi quyidagi vaziyatlarni 
e’tiborga olishni alohida ta’kidlash lozim: 
- o‘qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga 
rioya qilishi, bu jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan har kungi 
muomalani vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so‘z ohangiga e’tibor, 
an’anaviy muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zlashtirishi; 
- muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o‘quvchilar 
xatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini 
qiyoslab chiqib baho berish; 
- o‘z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, 
kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so‘z, ovozdagi yoqimli ohang, 
xulq-atvorni vujudga keltirish; 
- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shart-
sharoitlarini bilib olishning o‘zi kifoya qilmaydi, o‘quvchilar bilan o‘zaro 
muomalaning “ustoz-shogird” an’analariga xos boshlanishi va o‘zaro fikr 
almashish asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala ob’ektining 
diqqatini o‘ziga jalb qilish; 


834 
- muloqot ob’ekti, ya’ni o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb qilish deganda 
nimani anglash kerak?degan savolga javob berish kerak. Buning ma’nosi 
o‘qituvchi o‘zining xushmuomalaligi, madaniyati, go‘zal xulqi, muloqotda 
o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olishi bilan o‘z mahoratini namoyish qilib, muloqot 
madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy-psixologik negizni asos qilib 
olishidir. 
Ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlar asosida pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun, 
o‘qituvchining pedagogik muloqot madaniyatiga, etikasi va odob-axloqiga, 
dilkashligiga, muomala odobiga alohida talablar qo‘yiladi. Ushbu fazilatlar 
o‘qituvchining sinf jamoasida, ota-onalar bilan muloqot qila bilishida, o‘quvchilar 
bilan aniq maqsadni ko‘zlagan holda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishida va ularni 
boshqara olishida muvaffaqiyatlar garovidir. 
Kasbiy faoliyatning noyob fazilati bo‘lmish pedagogik muloqot madaniyatiga 
amal qiladigan yosh o‘qituvchi quyidagi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi 
lozim: 
-mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablari va ehtiyojlariga mos bo‘lgan yuksak 
ma’naviyat darajasidagi qarashlar, kuchli va barqaror e’tiqod, davlatimiz ideallari, 
milliy g‘oya va istiqlol mafkurasiga sodiqlik, vatanparvarlik, fidoyilik tuyg‘ulari 
shakllangan ijtimoiy-siyosiy faol shaxs; 
-o‘quvchilarga samimiy mehr–muhabbat, ularning har qanday ehtiyojlari
qiziqishlari, hatti-harakatlari motivlarini, xulq-atvorlarini tushunish ko‘nikmasi va 
malakasining shakllanganligi; 
-jamiyatda ro‘y berayotgan hodisalar, jahonda ro‘y berayotgan voqealar, tabiatga, 
borliqqa, shaxslararo, guruhlararo, millatlararo munosabatlarga nisbatan pedagogik 
kuzatuvchanlik, yangilikka, ijodiy izlanishga nisbatan intilish qobiliyatining 
mavjudligi; 


835 
-pedagogik faoliyatning barcha jabhalarida odamlarning hatti-harakatlari, 
munosabatlaridagi xususiyatlarni oqilona tushunish, o‘z faoliyatiga nisbatan 
refleksiv munosabatni tarkib toptirish; 
-har qanday favqulotda vaziyatlarga, jamiyatda ro‘y berayotgan yangiliklarga 
nisbatan hamda ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlarga omilkorlik va aql idrok bilan 
munosabatda bo‘lish, o‘z oldiga to‘g‘ri maqsad qo‘ya olish, reja tuzish, bevosita 
nazorat qilish, boshqarish va o‘z imkoniyatlarini namoyon eta olish; 
-pedagogik faoliyatlarda, jamoatchilik tizimida muvaqqat guruhiy munosabatlarda 
ommaviy harakatlarda tashkilotchilik va boshqaruvchanlik qobiliyatini namoyish 
etishi; 
-dunyoqarashi va tafakkur ko‘lamining kengligi, dunyoviy bilimlarni bilishga 
nisbatan qiziqishining serqirraligi, ilmiy izlanishlarga moyilligi, muayyan ilmiy 
salohiyat va pedagogik mahorat darajasini muntazam oshirib borishi; 
-o‘quvchilar bilan muloqotda layoqatliligi, nutq madaniyatining mantiqan ixcham, 
ma’noli, ta’sirchan kuchga egaligi, psixologik ta’sir o‘tkazish uslublari bilan 
qurollanganligi. 
Har bir o‘qituvchi uchun o‘quvchilarga to‘g‘ri, omilkor axborot uzatish va 
unga suhbatdoshini ishontira olishi kasbiy zaruriyat hisoblanadi. Bunda 
o‘qituvchining muloqot madaniyati, ma’naviy olamining kengligi muhim 
ahamiyatga ega. O‘qituvchilarning pedagogik faoliyati uzluksizdir, u pedagogik 
muloqot madaniyatini muntazam shakllantirib borishida quyidagi yo‘nalishlarga 
e’tibor berishi lozim: 
1. Yuksak pedagogik faoliyat nuqtai nazaridan o‘z-o‘zini anglashi, 
(muomalada o‘zining o‘zaro fikr almashishga doir sifatlarini, ijobiy va zaif 
tomonlarini bilishi) va shu asosda o‘zaro fikr almashish yo‘li bilan o‘z-o‘zini 
tarbiyalashi. 
2. Kishilar bilan o‘zaro munosabatda kommunikativ iqtidorini shakllantirib 
borishi, muloqot asosida to‘g‘ri bashorat qilish sezgilarini mashq qildirishi, 


836 
muloqotda o‘zining ideal tasavvurlarini, imkoniyatlarini boshqalar (o‘qituvchilar 
jamoasi, 
o‘quvchilar, ota-onalar) qanday baholashi haqidagi refleksiv 
tasavvurlarini tahlil qilishi. 
3. O‘zida muloqot odobining muhim xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan 
ixtisoslashtirilgan mashqlar asosida ishlashi. 
4. O‘quvchilar va ota-onalar bilan tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan 
turli jamoat ishlarini olib borishi, bunda o‘zaro fikr almashish asosida pedagogik 
tashkilotchilik qobiliyatini takomillashtirib borishi. 
5. Muloqot jarayonida paydo bo‘ladigan salbiy holatlarni yengish 
ko‘nikmalarini shakllantirishi, dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlantiradigan 
vaziyatlar tizimini yaratishi. 
O‘qituvchi muloqot madaniyati asosida faoliyat olib borgan taqdirda ham
o‘quvchilar jamoasi orasida turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar paydo bo‘lishi 
tabiiy hol. Har qanday tajribali o‘qituvchining pedagogik muloqoti jarayonida 
o‘ziga xos qiyinchiliklar yuzaga keladi. O‘quvchilar jamoasida sodir bo‘ladigan 
har qanday pedagogik vaziyatga javobgar shaxs o‘qituvchidir. Bu barcha davrlar 
pedagogik faoliyatida namoyon bo‘ladigan tipik hodisa. Ayniqsa, ushbu holat 
endigina o‘z faoliyatini boshlagan yosh o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida 
muammoli vaziyatlarni paydo qiladi. Yosh o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan olib 
boradigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini doimiy nazorat qilish, ularga to‘g‘ri 
yo‘nalish berish, barcha o‘quv muassasalari pedagogik jamoatchiligiga, ustoz 
o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilishi lozim. Pedagogik faoliyatda xato va 
kamchiliklarga yo‘l qo‘yadigan o‘qituvchining yoshiga va ish tajribasi ko‘lamiga 
odatda o‘quvchilar hech qachon e’tibor bermaydilar. Chunki, o‘quvchilar yoshidan 
va tajribasidan qat’iy nazar barcha o‘qituvchilarni ustoz deb ataydilar. 
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya va pedagogik muloqotning o‘ziga xos an’analari, 
milliyligimizga mos shakl va metodlari mavjud. 


837 
Hozirgi zamon o‘qituvchisidan, hayot sinovlariga bardoshli bo‘lish, millat 
qadriyatlarini anglash, jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini topish, yuksak 
ma’rifatli va ulkan salohiyatli bo‘lish, eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni 
mukammal bilish talab etiladi. 
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan 
turli ziddiyatli vaziyatlarni tezda bartaraf etishi uchun, avvalo o‘z iqtidoriga, 
pedagogik mahoratiga tayanishi kerak. Pedagogik muloqot asosida erishiladigan 
yutuqlar o‘qituvchining ijodiy mehnati mahsulidir. Ushbu mehnatning salbiy va 
ijobiy tomonlari bo‘lishi shubhasiz. Har bir vaziyatni oqilona baholash, uni to‘g‘ri 
rejalashtirish, tarbiyaviy jarayonlarda aql-idrok bilan muloqotni tashkil etish zarur. 
O‘qituvchi 
bilan 
o‘quvchilarning 
muloqotda 
bir-birlarini 
o‘zaro 
tushunmasliklari, muloqot vositalarining qashshoqligi, har bir o‘quvchining 
ruhiyatiga qarab muomala qilinmasligi, barchaga bir xil majburiy itoatkorlik 
munosabati, o‘quvchilarni tor doiradagi intizomga chaqiruvchi emotsional jihatdan 
salbiy tus berilgan buyruq shaklidagi muloqot doimiy ziddiyatlarni keltirib 
chiqaradi. Pedagogik muloqot usullari ustida ishlashning asoslangan tizimini tuzish 
uchun, 
har 
bir 
o‘qituvchi o‘zining muammolaridan, yo‘l qo‘yilgan 
kamchiliklaridan kelib chiqib, qiyinchiliklarni tahlil qilish bilan bartaraf etishi 
lozim. 
Pedagogik muloqotga doir barcha mashqlarning umumiy yo‘nalishini mavjud 
pedagogik vaziyatlarda malaka hosil qilish uchun, har bir muloqot 
ishtirokchilarining imkoniyatlarini ochishga ko‘maklashuvchi uning shaxsiy 
hislatlarini rivojlantirib borishni ta’minlovchi vositalardan foydalanish taklif 
qilinadi. Muloqotga ba’zi o‘quvchilarning sub’ektiv qarashlarini aniqlash, shu 
o‘quvchi bilan muloqotni oqilona hal qilinishi uchun zarur bo‘lgan vazifalarni 
belgilash, uning xulqini tuzatish yoki unda shunchaki ishonch kayfiyatini yaratish 
kerak. 


838 
Mazkur vaziyatlarda o‘zaro harakatlarning tizimli vositalari majmuasi 
quyidagicha belgilanishi mumkin: 
• muloqot jarayonida tarbiyalanuvchi ob’ektning javob harakati imkoniyatlarini 
oldindan ko‘ra bilish; 
• ob’yektda psixologik to‘siq va salbiy qarashlarni keltirib chiqaruvchi 
vositalarni qo‘lga kiritish; 
• vaziyatning o‘zgarishiga qarab foydalanish mumkin bo‘lgan muloqotlarning 
bir nechta modeliga ega bo‘lish; 
• o‘quvchilar jamoasi fikrlarini tinglash, ularning mulohazalariga qo‘shilish, 
ularga hamdardlik ko‘nikmasini rivojlantirib borish; 
• o‘zaro muloqot natijalarini baholash va erishilgan yutuqlar hamda 
kamchiliklarni pedagogik-psixologik vositalar asosida taqqoslash. 
Pedagogik faoliyat va pedagogik muloqot xarakteri o‘qituvchining shaxsi, 
uning qarashlari nuqtai nazarlarida va xulqida namoyon bo‘ladigan g‘oyaviy 
siyosiy saviyasi, professional tayyorgarligi va bilishga intilishi bilan uzviy bog‘liq. 
Bu asosiy xislatlardan tashqari o‘qituvchining umumiy va boshqa qobiliyati, uning 
moyilligi xarakteri, muvaqqat psixik holatlari, shuningdek, to‘plangan tajribasi 
muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi shaxsining professional jihatlarini va o‘z-o‘zini 
tarbiyalash yo‘llaridan biri o‘zining sifat va hislatlarini, shuningdek pedagogik 
faoliyat va muloqotlarining barqaror xususiyatlariga, o‘qituvchi bilimining saviyasi 
va tarbiyalanganligi natijasida erishilgan natijalarini tahlil qilishga doir mashqlarda 
ham namoyon bo‘ladi. Shuningdek, bugungi davrda har bir o‘qituvchi bugungi 
kunda muloqot madaniyatiga e’tibor berish maqsadga muvofiq. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin