859
“Iroda” tushunchasining falsafa, psixologiya, huquqshunoslik va
tibbiyotdagi o‘rganilishida qisman moslik bo‘lsada,
ammo ushbu sohalardagi
“so‘zlar ustidagi muzokaralar”ning paydo bo‘lishi muammolarning chuqurlashib
borishiga sabab bo‘lmoqda, – deya iroda muammosiga qo‘yilgan chegara
yuzasidan deyarli bir to‘xtamga kelinmaganligini taʼkidlaydi V.А.Ivannikov. –
Iroda haqidagi sodda tasavvurlar va har bir tadqiqotchining shaxsiy tajribalari
xulqning hissiy irodaviy boshqaruvi haqida psixologik aspektlarni o‘rganib
chiqishda qo‘shimcha muammolarni hosil qiladi”. Rossiya psixologlarining
ko‘pgina eksperimental va amaliy tadqiqotlaridan irodaning har xil aspektlariga
doir muammoga bo‘lgan qiziqishining susayganligiga guvoh bo‘lamiz.
Xorijiy psixologiyada esa o‘tgan asrning 30-yillaridan boshlab,
aksincha
iroda haqidagi tushunchalarning susayganligi bois, shu muammoga bo‘lgan
qiziqishlar ortib bormoqda. Dunyo psixologiyasidagi bunday ahvol ushbu
muammoga doir savollarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni ko‘payishiga
undaydi. Bunga javoban psixologik kategoriyalar tizimida iroda haqidagi
tasavvurlarning rivojlanish tendentsiyasi, iroda tushunchasi tarkibidagi o‘zgarishlar
uning o‘rni va rolini aniqlashni talab qiladi. Odamning xulq-atvori haqidagi
tasavvurlar kontekstida iroda tushunchasi vujudga kelgan bo‘lib, uning
o‘rganilishida umumiylikning mavjudligi tabiiy
edi va shuning uchun iroda
tushunchasi inson harakatlarining vujudga kelishi haqidagi tasavvurlarni
(determinatsiya, maqsadlar, tanlovi, harakatlar regulyatsiyasi va qo‘zg‘alish va shu
kab.) qamrab olishi kerak edi.
Zamonaviy psixologiyada harakatlarning paydo bo‘lishi va amalga oshishi
jarayonlarini to‘g‘riroq tushunish iroda tushunchasini boshlang‘ich aloqasini
boshqa tushunchalar bilan aloqasini bir xilligini aniqlashni talab qiladi. Birinchi
galda mavjud jarayonlarda qatnashuvchi innitsiatsiya – o‘z fikrini bildirish–
harakatlarni amalga oshirish jarayonlari ko‘rsatadi. Yaʼni, motivatsiya,
regulyatsiya,
harakatlar tanlovi, shuningdek, shaxsiy bilish differentsiatsiyasi
860
bo‘lib, bular har xil harakatlar harakteristikasini aniqlab keladi. Masalan, qatʼiylik,
yechimlilik, bir so‘zlilik kabilar.
Iroda muammosi tarixiga bag‘ishlangan maxsus ishlar deyarli yo‘q. Rossiya
psixologiyasida ayni muammo bo‘yicha umumiy tahlil va obzorlar V. I. Selevanov
ishlarida va M.G.Yaroshevskiy, S.L.Rubinshteyn qo‘llanmalarida yoritilgan.
“Iroda” atamasi antik falsafada reallik sifatida tushuntirilib, Аristotelning
qo‘lyozmalarida aniq keltirilgan. Uning fikricha,
bunday tushuncha, harakatning
tug‘ilishi, inson xohishlariga emas, uning bajarilishini ongli yechimini amalga
oshirilishini tushuntirish uchun kerak edi. Bilimlarning o‘zigina qo‘zg‘atuvchi
kuchga ega emas, lekin insonning real axloqiy harakatlari bilan to‘qnash kelib,
uning shunday qilishni xohlagani uchun emas, shunday qilish shart bo‘lganligi
uchun bajarilayotganiligi bizga maʼlumdir.
Аristotel esa bunday xulq
initsiatsiyasini tashkil etuvchi kuchni qidirishga majbur bo‘ldi.
Uning fikricha, ongli harakatni bilim emas, boshqa kuch chaqiradi va ushbu
kuch ruhiyatning ongli qismida, ongli yechimning intilishi bilan birlashuvi orqali,
yechimga qo‘zg‘atuvchi kuch bilan taʼsir qiladi, aniqrog‘i yechimga qo‘zg‘atuvchi
kuch berish paytida vujudga keladi. Buning imkoniyati shundaki, odam xatti-
harakatini “intilish predmeti harakatga keltirib, bu orqali yechimga keladi, chunki
intilish predmeti uning uchun boshlanish hisoblanadi”.
Dostları ilə paylaş: